1. Sanoat pechlari haqida umumiy tushuncha


Yuqori haroratli jarayonlar qanday sanoat sohalarida amalga oshiriladi?


Download 129.95 Kb.
bet9/18
Sana17.02.2023
Hajmi129.95 Kb.
#1206568
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Yuqori harorat javobi full

18. Yuqori haroratli jarayonlar qanday sanoat sohalarida amalga oshiriladi?
Insoniyat hayoti davomida tabiat tomonidan minglab yillarda to‘plangan energiyadan foydalanib kelinmoqda. Bunda ushbu energiyadan foydalanish usullari, undan maksimal samaradorlik
olish maqsadida doimo takomillashib bormoqda. Energetika insoniyat hayotida muhim rol o‘ynaydi. Inson faoliyatining barcha turlari energiya sarfi bilan chambarchas bogiiqdir. Masalan, inson o‘zining evolyutsion rivojlanishining boshida faqat o‘z tanasi miishaklarining energiyasidan oydalangan. Keyinchalik esa u olov energiyasini olishni va undan foydalanishni o‘rgandi. Insoniyat
jamiyati evolyutsion rivojlanishining navbatdagi o'ram i shamol va suv energiyasidan foydalanishga olib keldi, natijada birinchi suv va shamol tegirmonlari, suv charxpalaklari, o‘z harakati uchun shamol kuchidan foydalanuvchi yelkanli kemalar paydo bo'ldi. XVIII asrda o‘tin yoki ko'm irni yoqish natijasida hosil bo‘lgan issiqlik energiyasini mexanik harakat energiyasiga aylantiruvchi bug1
mashinasi ixtiro qilindi. XIX asrda volt yoyi, elektr yoritish kashf qilindi. Elektrodvigatel. undan keyin esa elektr generator ixtiro qilinishlari elektr asri boshlanishiga olib keldi. XX asr insoniyat
tomonidan energiya ishlab chiqarish va undan foydalanish usullarini o‘zlashtirish bo‘yicha haqiqiy inqilobni amalga oshirish asri boldi.
19. Past haroratli jarayonlar qanday sanoat sohalarida amalga oshiriladi?
Past haroratli jarayonlar quritish, rektifikasion, distsillyasion, sublimasion qurilmalarda, bug'latish va chuchuk suv olish stansiyalarida amalga oshiriladi. Bu qurilmalarning xususiyatlaridan biri shuki, ularda issiqlik manbai sifatida suv bug'i, qizitilgan gaz, issiq suv va shunga o'xshash oraliq issiqlik
tashuvchilaridan foydalaniladi. Yoqilg'i - energetik manbalarning asosiy iste'molchilaridan biri sanoat hisoblanadi. Masalan, MDH mamlakatlarining sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 60 %i va organik yoqilg'ining 30 %i iste'mol qilinadi. Sanoatdagi yoqilg'i - energetik manbalarning eng yirik iste'molchilari qora va rangli metallurgiya, kimyo va neftni qayta ishlash va boshqa sohalar hisoblanadi. 3.1-jadvalda ba'zi texnologik ishlab chiqarishlardagi energiyaning solishtirma iste'moli keltirilgan. Yuqori haroratli texnologik qurilmalar tomonidan organik yoqilg'ining iste'mol qilinishini issiqlik elektr stansiyalari (IES) ning iste'moli bilan
tenglashtirish mumkin. Ammo 3.2-jadvaldan ko'rinadiki, yuqori haroratli tizimlarning asosiy texnologik bo'g'ini bo'lgan sanoat pechlarining yoqilg'i bo'yicha FIK i IES qozon qurilmalarining FIK idan 2,5-6,0 barobar kamdir. Texnologik qurilmalarning FIK ini oshirish yoqilg'i - energetik manbalardan foydalanish samaradorligini oshirish muammosini hal qilishning asosiy yo'llaridan
biri hisoblanadi.

20. Energiya tejamkorligi deganda nimani tushunasiz?


Bugun kunda xohlaymizmi yo‘qmi, jahon iqtisodiyotidagi global o‘zgarishlar, moliyaviy inqiroz bilan bog‘liq qaltis vaziyat o‘z ertasini o‘ylagan har bir mamlakat oldiga uning taraqqiyoti yo‘lida tez va puxta qarorlar qabul qilishni dolzarb vazifa etib qo‘ymoqda. Mamlakatimizda ham bu borada Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotimiz tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilishni ko‘zda tutuvchi muhim hujjatlar ishlab chiqilmoqda va ular amaliyotga izchil joriy etilmoqda. Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish hamda bozor mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan 2015-2019 yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilish dasturi ushbu islohotlarning mantiqiy va uzviy davomidir. Dastur, yettita muhim yo‘nalishni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, ulardan biri - energiya sarfini kamaytirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish hisoblanadi. Ma'lumki, so‘nggi yillarda respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali va tejamli foydalanish masalalariga ustuvor vazifalardan biri sifatida qarab kelinmoqda. Boisi, bir tomondan, respublikada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga energiya sarflarini kamaytirishda bizda hali ishlatilmagan zahiralar ko‘p bo‘lib, ulardan unumli foydalanish imkoniyatlari mavjud bo‘lsa, ikkinchidan, yalpi ichki mahsulotning ishlab chiqarishga sarflanadigan energiya miqdori boshqa rivojlangan davlatlarga nisbatan yuqoriligicha qolmoqda.


Download 129.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling