10. Kamerali qizdirish va eritish pechlari belgilanishi?
Kamerali pech sanoatda ko‘p tarkalgan bo‘lib, bu pechda bir turdagi jismni to‘xtovsiz oqimda xarakterlanib bo‘lmaydi yoki tashkil qilish mumkin. Pechning pastki qismining markaziga Yoqish qurilmasi joylashtirilgan rekuperativ hovuzning sxemasi.
1 - ishchi bo‘shlig‘i; 2 - pechning qopqog‘i; 3 - qopqog‘i xarakatlantiruvchi kran; 4 - gaz Yoqish qurilmasi; 5 - tutun chikish quvuri; 6 - keramik rekuperator.
Material yoki bir turdagi jismlarni to‘xtovsiz oqimda xarakatlanishini tashkil qilish yoki umuman xarakatlantirib bo‘lmaydigan qizdirish kamerali pechda xajmi bo‘yicha harorat teng tarkaladi, shuning uchun bu pech yirik po‘lat kuymalarni qizdirish hamda eritishda ishlatiladi. Kamerali pechning tuzilishi rekuperativ hoviz bo‘lib, uning pastki qismining o‘rtasiga Yoqish qurilmasiga o‘rnatilgan. Bu hovuzlar bir gruppa birlashadi va jismning ko‘rinishini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Quyma kran yordamida pechning ishchi bo‘shlig‘iga joylashtiriladi va qizdiriladi. Gaz Yoqish qurilmaiga sovuk holatda beriladi, lekin havo rekuperatorda 600-8000S qizdirilib uzatiladi. Pechning ishchi bo‘shlig‘ida Yoqish qurilmasidan chiqayotgan tutun gazi hamma teng bo‘linadi, bu esa kuymani tekis qizishini ta’minlaydi.
11. Metall erituvchi Marten pechi qayerlarda ishlatiladi?
Metall erituvch marten pechi. Yallig' pechlar
Po‘lat eritish uchun muljallangan marten pechi (2.10-rasm) kamerali eritish pechlariga misol bo‘ladi . Eritiladigan shixta pechga ag‘darish mashinalari yordamida yuklanadi. Eritish bo‘shlig‘ining shipi yuqori darajada utga chidamli: xromomagnezitli yoki dinasli g‘ishtlar bilan qoplangan.
Pechning oldingi va orqa devorlari alohida shaklga ega bo‘lib, u yuqori mustahkamlikni va erigan metall hamda toshqol (shlak) ni vannaga oqib tushishini ta’minlaydi. Bu pechlarning tag qismi vanna ko‘rinishida yasalgan, uning eng quyi nuqtasida chiqish teshigi bo‘lib, u orqali eritilgan pulat futerlangan cho‘michlarga quyiladi.Quyiladigan po‘latning harorati juda yuqori buladi (t”m= 1550-16500C) va shixtaga issiqlikning jadal berilishini ta’minlash uchun alanganing harorati undan
ham yuqori (ta= 1850-19000C) bo‘lishi zarur. Uglerod va boshqa aralashmalarning oksidlanishini tezlashtirish uchun vannadagi eritmaga bosim ostida kislorod beriladi, buning natijasida eritilgan mahsulotni tayyorlash vaqti kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |