31. Savol: Adsorbsiya nima?
Javob: Gaz aralashmalari gaz yoki bug‘larni yoki eritmalardan erigan moddalarni qattiq, g‘ovaksimon jism
yordamida yutish jarayoni adsorbsiya deb nomlanadi. Yutilayotgan modda adsorbtiv, yutuvchi modda esa –
adsorbent deb ataladi.
Adsorbsiya jarayonining o‘ziga xosligi shundaki – u selektiv va qaytar jarayondir. Jarayonning qaytar
bo‘lishligi tufayli adsorbent yordamida bug‘ – gaz aralashmalaridan bir yoki bir necha komponentlarni
yutish, so‘ng esa maxsus sharoitda ularni adsorbentdan ajratib olish mumkin.
Kimyo, oziq-ovqat va boshka sanoatlarda faollangan ko‘mir, silikagel, alyumogel, seolit, sellyuloza,
ionitlar, mineral tuproq (bentonit, diatomit, kaolin) va boshqa materiallar adsorbent sifatida ishlatiladi.
Albatta, adsorbentlar maxsulot bilan bevosita ta’sirda bo‘lgani uchun zararsiz, mustaxkam, zaxarlimas va
maxsulotni iflos qilmasligi kerak.
Majmuada quyidagi turdagi adsorbentlardan foydalaniladi:
Silikagellar – bu kremniy kislota gelini suvsizlantirilgan maxsuloti xisoblanadi.
Aktivlashtirilgan kumir- tarkibida uglerod bor yog‘och, torf, toshko‘mir kabi maxsulotlarni quruq xaydash
yo‘li bilan olinadi.
Okis alyuminiya(alyuminiy oksid) – tuproqlar va tabiiy tuproqsimon adsorbentlar qatoriga kirib, murakkab
kimyoviy metall oksidlaridan biri.
Seolit – tabiiy va sun’iy mineral holatda bulib, alyumosilikatning suvli birikmasi xisoblanadi.
32. Savol: Desorbsiya nima?
Javob: Absorbsiyaga teskari jarayon, ya’ni yutilgan komponentlarni suyuqlikdan ajratib olish desorbsiya deb
ataladi.
Agar yutib olingan modda (masalan, gaz, suyuqlik) qattiq jism tarkibidan ajralib chiqsa, ya’ni qattiq jism
―terlasa, unda bu jarayonni desorbsiya deyiladi. Amalda desorbsiyani 2 yo‘l bilan amalga oshirish mumkin:
1. Haroratni oshirish yo‘li bilan.
2. Yutadigan moddaning bosimini kamaytirish yo‘li bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: |