1. Savol: Barbotaj nima? Javob: Bu fransuzcha so‘z bo‘lib «aralashtiraman»
Download 257.08 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32. Savol: Desorbsiya nima
31. Savol: Adsorbsiya nima?
Javob: Gaz aralashmalari gaz yoki bug‘larni yoki eritmalardan erigan moddalarni qattiq, g‘ovaksimon jism yordamida yutish jarayoni adsorbsiya deb nomlanadi. Yutilayotgan modda adsorbtiv, yutuvchi modda esa – adsorbent deb ataladi. Adsorbsiya jarayonining o‘ziga xosligi shundaki – u selektiv va qaytar jarayondir. Jarayonning qaytar bo‘lishligi tufayli adsorbent yordamida bug‘ – gaz aralashmalaridan bir yoki bir necha komponentlarni yutish, so‘ng esa maxsus sharoitda ularni adsorbentdan ajratib olish mumkin. Kimyo, oziq-ovqat va boshka sanoatlarda faollangan ko‘mir, silikagel, alyumogel, seolit, sellyuloza, ionitlar, mineral tuproq (bentonit, diatomit, kaolin) va boshqa materiallar adsorbent sifatida ishlatiladi. Albatta, adsorbentlar maxsulot bilan bevosita ta’sirda bo‘lgani uchun zararsiz, mustaxkam, zaxarlimas va maxsulotni iflos qilmasligi kerak. Majmuada quyidagi turdagi adsorbentlardan foydalaniladi: Silikagellar – bu kremniy kislota gelini suvsizlantirilgan maxsuloti xisoblanadi. Aktivlashtirilgan kumir- tarkibida uglerod bor yog‘och, torf, toshko‘mir kabi maxsulotlarni quruq xaydash yo‘li bilan olinadi. Okis alyuminiya(alyuminiy oksid) – tuproqlar va tabiiy tuproqsimon adsorbentlar qatoriga kirib, murakkab kimyoviy metall oksidlaridan biri. Seolit – tabiiy va sun’iy mineral holatda bulib, alyumosilikatning suvli birikmasi xisoblanadi. 32. Savol: Desorbsiya nima? Javob: Absorbsiyaga teskari jarayon, ya’ni yutilgan komponentlarni suyuqlikdan ajratib olish desorbsiya deb ataladi. Agar yutib olingan modda (masalan, gaz, suyuqlik) qattiq jism tarkibidan ajralib chiqsa, ya’ni qattiq jism ―terlasa, unda bu jarayonni desorbsiya deyiladi. Amalda desorbsiyani 2 yo‘l bilan amalga oshirish mumkin: 1. Haroratni oshirish yo‘li bilan. 2. Yutadigan moddaning bosimini kamaytirish yo‘li bilan. Download 257.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling