113-savol
Analitik-sintetik tovush metodi savod o‘rgatishga tashkiliy tomondan qanday yondashadi?
- Tashkiliy tomondan 2 davrga bo‘linadi, alifbegacha tayyorgarlik davri, alifbe davri, yozuvga va o‘qishga o‘rgatish parallel olib boriladi.
- Tashkiliy tomondan, 3 davrga bo‘linadi, oldin o‘qishga, so‘ng yozuvga o‘rgatiladi, oldin kichik, so‘ng bosh harf yozdiriladi.
- Savod o‘rgatish yakka tartibda olib boriladi.
- Tashkiliy tomondan savod o‘rgatish aprelgacha davom etadi, 3 bosqichga bo‘linadi, harf-tovush o‘rganilmaydigan bosqich, unli tovush va harf o‘rganiladigan bosqich alifbo bosqichlariga bo‘linadi.
114-savol
Bolalarning savod o‘rgatishga tayyorgarligini hisobga olish qaysi javobda batafsil bayon qilingan?
- O‘qish ko‘nikmasi, yozuv ko‘nikmasi, og‘zaki bog‘lanishli nutqi.
- Yozuv ko‘nikmasi, o‘qish ko‘nikmasi.
- Og‘zaki bog‘lanishli nutqi, kam yo ko‘p she’rni yod biladi, 2 yoki 3 ertakni biladi, tortinib yoki tortinmay ayta oladi, matnga yaqinlashtirib aytib beradi, harflarni yoki so‘z va gapni o‘qiy oladi.
- Yozuv ko‘nikmasi: harflarni bosma shakli yoki yozma shaklini yoza oladi, o‘z ismini yoza oladi, barcha gaplarni yoza oladi, so‘z va gapni o‘qiy oladi.
115-savol
Savod o‘rgatish mashqlarining turlari qaysilar?
- Analiz mashqlari. Sintez mashqlari, artikulyatsiya va burro talaffuz mashqlari.
- To‘g‘ri va burro tallafuz mashqlari.
- Matnni gaplarga ajratish mashqlari, bo‘g‘inlarni tovushlarga ajratish mashqlari.
- Tovush harf tahlili mashqlari
116-savol
Savod o‘rgatish jarayonida o‘quvchilar amaliy o‘zlashtiradigan bilimlar sistemasi berilgan javobni belgilang.
- Grammatika va imlodan ayrim materiallarni amaliy o‘zlashtiradilar. Gaplarni atoqli otlarni bosh harf bilan yozishni. So‘zlarning talaffuzi bilan yozilishini taqqoslash orqali ayrim harflar imlosini o‘zlashtiradilar. O‘quvchilar jarangli va jarangsiz undoshlar”, “o‘zakdosh so‘zlar” mavzusini o‘zlashtirishga tayyorlanadi.
- So‘zlarni ajratib, qo‘shib yozishni, chiziqcha bilan yozishni o‘zlashtiradilar.
- To‘g‘ri yozuvga o‘rgatuvchi imloviy bilimlarni amaliy o‘zlashtiradilar.
- So‘zlarni, gaplarni, matnni orfoepik to‘g‘ri o‘qiy olishi, tahlil qilingan 2-3 ta gapni yoddan yoza olishni
Do'stlaringiz bilan baham: |