166-savol
Pedagogikada dilkash insonlar sifatida e’tirof etiladigan o‘qituvchilarni belgilang?
- Ekstravert tipdagi shaxslar.
- Quvnoq, xushchaqchaq kishilar.
- Intravert toifasidagi shaxslar.
- Melanxolik insonlar.
167-savol
O‘qituvchining pedagogik nazokatga erishish yo‘llari?
- O‘zini tuta bilishi, sabr-toqat, sezgirlik, vijdon, oriyat kabi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirishi bilan.
- Milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni chuqur o‘rgangan holda o‘quvchilar bilan yaxshi muomalada bo‘lishi.
- O‘qituvchi ijodiy faoliyatida bilimlarni o‘zlashtirishi, notiqlik san’ati va qobiliyatini shakllantirishi orqali.
- Pedagogik texnikani bilishi asosida o‘qituvchi pedagogik mahoratida sayqallanadigan tuyg‘ulari
168-savol
“Mudarrislarning barcha qobiliyatlaridan eng yaxshisi nutq qobiliyatidir” so‘zlari qaysi alloma asarida berilgan?
- Shayx Sa’diy: “Guliston”.
- Kaykovus “Qobusnoma”.
- Alisher Navoiy: “Mahbub ul-qulub”.
- Forobiy: “Fozil odamlar shahri”.
169-savol
Shaxsning bilimlar tizimiga, dunyoqarashiga, xulq-atvoriga, hatti-harakatiga ta’sir eta olish va uni qisman o‘zgartirish nima?
- Kreativlik
- Empatiya
- Relaksatsiya
- Ishontirish
170-savol
Individual pedagogik texnikani shakllantirishda nimalar e’tiborga olinadi?
- Pedagogik mahoratni mukammal egallash uchun mehnat ko‘nikmasi va malakalarini shakllantirish
- Ustozlarning mehnat tajribasini o‘zlashtirishi, ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri yo‘naltira olishi
- O‘qituvchining o‘z-o‘zini boshqarishda erishadigan yutuqlari, pedagogik mahorati
- O‘qituvchining yoshi, jinsi, mijozi, fe’l-atvori, salomatligi, anatomik va fiziologik xususiyatlari
171-savol
«Interfaol» so‘zining lug‘aviy ma’nosi…..
- Fikrlash qobiliyatini faollashtirish
- Faollikka undash
- O‘zaro birgalikdagi harakat
- O‘quvchi-talaba faoliyatini faollashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |