1 savol Замонавий маълумот узатиш тизимларининг роли ва аҳамияти
Download 1.98 Mb.
|
mua
84.
86. Циклли синхронизациялаш қурилмаларининг классификацияси ва вазифалари Bu guruhli sinxronizatsiyaning o‗zginasi. Faqat farqi shundaki, guruhdagi birlik elementlar bitta ma‘lumotga (bitta yo‗nalishdagi) tegishlidir. Sikl esa turli yo‗nalishdan kelgan turli ma‘lumotlarni birlik elementlarning vaqt bo‗yicha tartibli joylashishi natijasida hosil qilinadi. Demak bu usulda sinxroimpulslar orqali sikllar bir - biridan ajratiladi. SSning uzatish tizimlari ikkita turdan iborat: 1. Sinxron (boshlanishi va uzunligi aniqlangan); 2. Asinxron (boshlanishi fiksirlangan, blok uzunligi aniqlangan). SSning qurilmasining o‗ziga xos xususiyatlari quyidagilardan tashkil topgan: 1. Sikl bo‗yicha sinxronizm mezonlari, ya‘ni axborot elementlarida kodli kombinatsiyaning boshlanish va tugash momentlari bo‗lmaydi. 2. Fazalashning mahsus signalini diskret kanaliga shakllantirish va uzatish zaruriyati tuzilmasi SS mezonlarini qabul qilishga xizmat qilishi mumkin. 3. SS jarayoni faqat SS buzilish vaqtida amalga oshiriladi. 4. Faza bo‗yicha maksimal farqi εmax = (n-1) τ0 ifodani tashkil etadi, bu yerda τ0 – birlik elementining davomiyligi, modulyatsiya tezligiga bog‗liqligi, n - blok uzunligi. SS qurilmasi quyidagi belgi bo‗yicha tasniflanadi: – fazali kombinatsiyani uzatish usuli bo‗yicha; – ortiqchalikga, uzatkich tomonidan kiritilishiga bog‗liqligi bo‗yicha; – uzatkich va qabul qilgichning ishlash rejimiga bog‗liqligi bo‗yicha; – qabulda SSni ajratib olish usuli bo‗yicha; – xalaqit bo‗yicha himoyalanganlik bosqichi bo‗yicha; – jarayonlarni avtomatlashtirish bosqichi bo‗yicha. 1. Fazali kombinatsiyani uzatish usuli bo‗yicha ikki turdan iborat: a) maxsus ajratilgan kanal fazali kombinatsiyani uzatish bilan SS qurilmasi; b) axborot uzatiladigan kanal bo‗yicha fazali kombinatsiyani uzatish bilan SS qurilmasi. 2. Ortiqchalikga, uzatgich tomonidan kiritilishiga bog‗liqligi bo‗yicha ikki turdan iborat: a) doimiy ortiqchalik bilan SS qurilmasi. Bunda fazali kombinatsiya tizimning butun ishlash vaqti davomida doimo uzatiladi; b) o‗zgaruvchan ortiqchalik bilan SS qurilmasi. Bunda fazali kombinatsiya SS uchun kerak bo‗lgan vaqt kesimida vaqti-vaqti bilan uzatiladi. 3. Uzatkich va qabul qilgichning ishlash rejimiga bog‗liqligi bo‗yicha uch turdan iborat: a) uzatkich va qabul qilgichning (sinxron tizimlar) uzluksiz ishlash bilan SS qurilmasi; b) uzatkich va qabul qilgichni bir marta ishga tushirish (start-stop) bilan SS qurilmasi. c) farqlarning yo‗nalishi va kattaligini aniqlash bilan siklli sinxronizatsiya qurilmasi. 4. Xalaqit bo‗yicha himoyalanganlik bosqichi bo‗yicha ikki turdan iborat: a) fazali kombinatsiya elementlarining aloqa kanalidagi xatolardan himoya qilinmagan sK qurilmasi; b) fazali kombinatsiya elementlarining aloqa kanalidagi xatolardan himoya qilingan SS qurilmasi. 5. Jarayonlarni avtomatlashtirish bosqichi bo‗yicha uch turdan iborat: a) qo‗lda ishga tushirish bilan SS qurilmasi; b) yarim avtomatlashgan holda ishga tushirish bilan SS qurilmasi; c) avtomatik tarzda ishga tushirish bilan siklli SS qurilmasi. Barcha SS qurilmalari ikki turga bo‗linadi: – markersiz; – markerli 87. Циклли синхронизациялаш қурилмаларига қўйиладиган талаблар SS qurilmalariga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat: 1. SSning talab qilinadigan aniqligini ta‘minlash; 2. Birinchi ulanishida hamda qisqa vaqtli tanaffuslardan so‗ng sinxronizmga kirish vaqti kichik bo‗lishi lozim; 3. Sinxronizmga kiruvchi avtomatlar va aloqa vaqtida sinxronlash davom etilishini ta‘minlash; 4. Axborotga sinxronlanuvchi ma‘lumotlarni kiritish hisobiga aloqa kanalining o‗tkazish qobiliyatini eng kam yo‗qotishlari (talofatlari); 5. SS qurilmasining soddaligi va ishlash puxtaligi 88. Циклли синхронизациялашда маркерсиз усуллари Markersiz usulni 4.18-rasmdan foydalangan holda tavsiflash mumkin, ushbu rasmda n elementlarga P taqsimlagichlarga ega sinxron tizim keltirilgan. Fazali kombinatsiyaning elementlari qabul qilishda fazali kombinatsiya deshifratoriga kelib tushadi, o‗z navbatida u ushbu kombinatsiyaga ta‘sir etadi. Agar taqsimlagich fazada bo‗lmasa, ro‗yhatga olinadigan kombinatsiya fazalidan farqlanadi va deshifrator ishga tushadi. Har bir sikl oxirida fazali kombinatsiya deshifratorining ishga tushmasligi siklli fazadagi farqni ko‗rsatadi. Bunda boshqaruvchi sxemadan impuls uzatiladi, ushbu impuls qabuldagi taqsimlagich fazasini siljitadi. Har bir siklning oxirida qabul qilishdagi taqsimlagichning bunday siljishi to‗g‗ri faza o‗rnatilmagunga qadar davom etadi SSning markersiz usulidan faqat uzatishning sinxronli usulidan foydalanish mumkin. Bunda qabul qilgich taqsimlagichini sozlash odatda, birlik elementining davomiyligiga teng kattalikda amalga oshiriladi. SS ushbu usulda qabul qilinadigan kodli kombinatsiya uzunligi oldindan ma‘lum bo‗lganligi sababli ta‘minlanadi, kodli kombinatsiyaning boshlanish va tugash momentlari axborot uzatishning barcha seanslarida sinxronizm kiritilgandan keyin aniqlanadi 89. Циклли синхронизациялашда маркерли усуллари. Markyorli usul 4.19-rasmda keltirilgan. Rasmda marker datchigi (fazali kombinatsiya) ulanadigan mexanik taqsimlagichlar ko‗rgazmali qilib tasvirlangan. Taqsimlagichning har bir sikli uchun markerning kodli kombinatsiyasining bitta elementi uzatiladi. Agar kombinatsiya n elementlarni tashkil etsa, uni uzatish uchun taqsimlagichning n+1 ishlash sikli talab etiladi. Fazali kombinatsiya uzunligi va uning ko‗rinishi yolg‗on fazaning minimal ehtimolligiga erishish uchun tanlanadi. Boshqacha aytganda, fazali kombinatsiya elementlarning shunday ketma-ketligini keltirish kerakki, bunda taqsimlagichning har qanday boshqa kontaktidan paydo bo‗lish ehtimolligi nolga teng bo‗ladi. Taqsimlagichning tegishli kontaktiga qabul qilishda chiqish boshqariluvchi sxema bilan bog‗lanadigan deshifrator markeri ulanadi. Faza taqsimlagichning farqi bo‗lganda deshifrator markerni aniqlay olmaydi. Shuning uchun boshqariluvchi sxemaning har bir n sikllari taqsimlagichni bitta kontaktga siljitadi. Bunday siljish deshifrator markerni ro‗yhatga olinmagunga qadar davom etadi. Shundan keyin boshqariluvchi sxema blokirovkalanadi. Taqsimlagichlar ushbu momentdan sinfazali ishlaydi. Sinfazalik rejimida deshifratorning chiqishidan har bir n sikllar orqali to‗g‗ri siklli faza mavjudligini tasdiqlaydigan impuls kelib tushadi. Sinfazalik yo‗qolishida fazalovchi impuls kelib tushishi to‗xtatiladi. Vaqt o‗tishi bilan, masalan, (3-5) n sikllar, boshqariluvchi sxemadan blokirovka olib tashlanadi va tizim izlash rejimiga o‗tadi. Markerli usulning afzalligi SSni doimiy nazorat qilish hisoblanadi. Markerli usulning kamchiligi marker (fazali kombinatsiya)ni muntazam uzatish zaruriyati sababli aloqaning o‗tkazish imkoniyatining kamayishi hisoblanadi Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling