1-savolga javobim


Qishloq xo'jaligida mahsulot ishlab chiqaruvchilar erkinligini ta'minlash hamda bozor munosabatlarini shakilllantirishda agrar islohotlarning tutgan o'rni


Download 64.04 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2020
Hajmi64.04 Kb.
#120727
1   2   3
Bog'liq
Yakuniy nazorat(1-u)


Qishloq xo'jaligida mahsulot ishlab chiqaruvchilar erkinligini ta'minlash hamda bozor munosabatlarini shakilllantirishda agrar islohotlarning tutgan o'rni.
Mamlakatimizda olib borilgan iqtisodiy islohotlar agrar soha rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatib:

• xo’jalik yurituvchi subyektlarning imkoniyatlarini oshiruvchi, xususan, raqobat muhitini shakllantiruvchi, kooperasiyani rivojlantiruvchi mulkchilikning yangi shakllari va yerga bo’lgan yangicha munosabatlar rivojlanishiga;

• qishloq xo’jaligi tovar mahsulotlari ishlab chiqaruvchi xo’jalik subyektlarini
moliyalashtirish, kreditlash, narx belgilash, moddiy-texnika ta’minoti va boshqa yo’nalishlarda bozor tamoyillariga mos mexanizmlar joriy qilinishiga;

• respublikamiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini ichki imkoniyatlar hisobiga qondirish, eng asosiysi, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga;

• qishloq xo’jaligi tovar mahsulotlari yetishtiruvchi xo’jalik subyektlarini davlat tomonidan iqtisodiy qo’llab-quvvatlashning bozor munosabatlariga mos mexanizmlari joriy qilinishiga;

• agrar sohada ko’p ukladli iqtisodiyotning va unga mos qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari tarkibining shakllanishi, boshqarishning egiluvchan usullarini izlash imkoniyatlarining yaratilishiga;

• fermerlik harakatining rivojlanishi natijasida qishloqlarda fermer xo’jaliklarining o’rni va ahamiyatining o’zgarib borishiga;

• ishlab chiqaruvchidan kasbiy mahorat, malaka darajasining oshishini talab qiluvchi bandlik tarkibining transformasiyalashuviga;

• qishloq oilasining demografik ko’rinishi o’zgarishi va daromadlarining oshishi hamda yangi ijtimoiy tarkibning vujudga kelishiga olib keldi.
Respublikamiz qishloq xo’jaligida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bugungi kunda o’zining natijasini namoyon etib, qisqa vaqt ichida mamlakat aholisini qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ta’minlanishi, qishloqda aholi daromadining oshishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish, paxta bozori faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo’lga kiritildi.

Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq qishloq xo’jaligini tubdan yangilash va rivojlantirish, paxta yakka hokimligiga barham berish, o’z-o’zini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash sohasidagi ishlarni yaxshilash, qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish masalalariga respublika hukumati agrar siyosatida katta e’tibor qaratildi.

Agrar sektor O’zbekiston iqtisodiyotining muhim sohasi hisoblanib, qishloq xo’jaligi bozori uchun zarur bo’lgan barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda sanoatga xomashyo yetkazib berish bilan birga, qishloq xo’jaligi mashinasozligi, kimyo sanoati va boshqa sanoat mahsulotlarining kafolatli bozori bo’lganligi sababli, qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va chuqurlashtirishda tarmoqning barqaror rivojlanishini ta’minlash va qishloq aholisining turmush darajasini oshirish ustuvor vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlar strategiyasi, xo’jalik yuritish shakllarining samaradorligi va mehnat unumdorligini oshirish iqtisodiyotning institusional va tashkiliy tuzilmalarini qayta qurish, huquqiy-me’yoriy, tarkibiy, moliya-kredit, soliq va narx tizimida chuqur o’zgarishlar orqali amalga oshirilishini taqozo etdi.

Respublikamizda qishloq xo’jaligida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bugungi kunda o’zining natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida mamlakat aholisini ekologik toza va sifatli qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ta’minlanishi, qishloqda aholi daromadining oshishi, samarali tashqi savdo hamda investisiya jarayonlarini kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish, bank-moliya tizimi, paxta bozori faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo’lga kiritildi. Izchil yuqori o’sish sur’atlari bilan birga, yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmida qishloq xo’jaligi mahsulotlari ulushining kamayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Masalan, 2000 yilda bu boradagi ko’rsatkich 30,1 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2014 yilda 16,8 foizni tashkil etdi. Bu avvalambor iqtisodiyotimizda amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy o’zgarishlarning tasdig’idir. O’zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar qishloq xo’jaligini tubdan diversifikasiya qilish va aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’liq ta’minlash, ularni katta miqdorda eksport qilishni yo’lga qo’yish imkonini berdi.

O’tgan asrning 90-yillari boshida O’zbekistonda yetishtirilayotgan 6 million tonna paxtaning atigi 8-10 foizi mamlakatimizda qayta ishlangan, qolgan qismi esa boshqa davlatlarda qayta ishlanganligi sababli foydaning asosiy qismi paxta xomashyosini qayta ishlagan mamlakatlarga kelib tushgan. Paxta yakkahokimligi va qishloq xo’jaligini biryoqlama rivojlantirish natijasida O’zbekistonni oziq-ovqat bilan to’la ta’minlashning imkoni yo’q edi. Shu sababli asosiy oziq-ovqat tovarlari chetdan olib kelingan. O’zbekistonda aholi jon boshiga go’sht va sut mahsulotlari, g’alla va meva-sabzavot hamda kartoshka iste’mol qilish sobiq Ittifoqning boshqa respublikalariga qaraganda ikki barobar kamayib ketgan edi.

Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab agrar islohotlarni chuqurlashtirish, qishloq aholisining turmush darajasini yaxshilash O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati diqqat markazidagi ustuvor vazifalardan biri bo’ldi. Natijada, so’nggi yillarda respublikada yalpi ichki mahsulot va qishloq xo’jaligi mahsulotini ishlab chiqarishning barqaror o’sish sur’atlari kuzatilmoqda

Bu natijalarga iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish va modernizasiyalash, uning muhim tarmoqlarini texnik va texnologik yangilash jarayonlarini jadallashtirish, qishloq xo’jaligida chuqur islohotlar va yangi samarali xo’jalik yuritish shakllariga o’tish orqali erishildi.

Bu borada ko’rilgan chora-tadbirlar tufayli g’o’za ekiladigan maydonlar ikki barobarga qisqartirildi va paxta yetishtirishni 6 million tonnadan 3 million 400 ming tonnadan sal ko’proq bo’lgan darajagacha kamaytirildi. Paxtadan bo’shagan yerlar oziq-ovqat ekinlari uchun ajratib berildi.Mamlakatimizda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini isloh qilishning asosiy negizini keng ko’lamli institusional o’zgarishlar tashkil etdi, ularning mazmun-mohiyati ma’muriy va rejalitaqsimot tizimidan voz kechish va bozor munosabatlariga o’tishdan iborat edi. Qishloq xo’jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanmish yerlarni haqiqiy egalari bo’lmish fermer va dehqonlarga berilganligi tufayli qishloqda mulkchilik shakllari o’zgardi, mahsulot ishlab chiqarish barobarida ularning sifati hamda raqobatbardoshlik darajasi oshdi, yangi ishchi o’rinlari yaratildi, pirovardida mazkur xo’jaliklarda mehnat qilayotganlarning moddiy manfaatdorligi yaxshilandi. Shu nuqtai nazardan ham, mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning natijasi fermer xo’jaliklarining samaradorligini yaqqol namoyon etdi.Fermer xo’jaliklariga barcha turdagi zarur xizmatlar ko’rsatadigan ishonchli bozor infratuzilmasining tashkil etilgani qishloq xo’jaligi samaradorligini oshirishda muhim rol o’ynamoqda. Ayni paytda qishloq joylarda 1,5 mingdan ziyod minibank, qariyb 2 mingta mashinatraktor parki, yonilg’i va mineral o’g’it sotish bo’yicha 2,5 mingga yaqin punkt xizmat ko’rsatmoqda. Bundan tashqari, 1,5 mingta Suv iste’molchilari uyushmasi, 350 dan ortiq konsalting markazlari tashkil etildi. O’zbekistonning ko’plab mintaqalari qisqa muddatda jahon bozorida xaridorgir bo’lgan meva va sabzavot mahsulotlari yetishtiradigan va eksport qiladigan hududlarga aylandi. Yurtimizda yuqori hosil beradigan intensiv bog’lar tashkil qilindi, tomchilatib sug’orish tizimi joriy etildi. O’tgan yillar davomida qishloq xo’jaligida amalga oshirilgan tub islohotlar natijasida g’alla yetishtirish hajmi 1 million tonnadan 8 million tonnaga yetdi va ilgari mamlakatimiz aholisini boqish uchun 5 million tonna bug’doy chetdan sotib olingan bo’lsa, endilikda O’zbekiston g’alla eksport qiladigan mamlakatlar qatoridan joy egalladi.

2013 yilda 2000 yilga nisbatan don ishlab chiqarish hajmi 2 marta, kartoshka - 3,1 marta, poliz

- 3,4 marta, sabzavot -3,2 marta, meva va rezavorlar- 2,9 marta, uzum- 2 marta, tuxum- 3,4 marta, sut- 2,1 marta ortdi.


Mamlakatimiz aholisining qariyb 10 million kishiga yoki 30 foizdan ortiq ko’payishiga qaramasdan, jon boshiga to’g’ri keladigan go’sht iste’molini 1,3 barobar, sut va sut mahsulotlarini

1, 6 marta, kartoshkani 1,7 barobar, sabzavotlarni 2 martadan ziyod, mevalarni qariyb 4 barobar oshirish imkonini berdi.


Mamlakatimizda har yili 16 million tonnaga yaqin meva va sabzavot yetishtirilmoqda. Aholi jon boshiga qariyb 300 kilogramm sabzavot, 76 kilogramm kartoshka va 43 kilogramm uzum to’g’ri kelmoqda. Bu optimal, ya’ni maqbul deb hisoblanadigan iste’mol me’yoridan uch barobar ko’pdir

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda jami 630 ming tonna mahsulotni saqlash quvvatiga ega bo’lgan 1300 dan ziyod ombor mavjud. Ularda har yili meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy turlari saqlanmoqda. Bu esa ichki bozorda narx-navoni barqaror ushlab turish va kuzgi-qishki mavsumda ushbu mahsulotlarni eksport qilishni kafolatli ta’minlash imkonini bermoqda.

Ajratilgan moliyaviy mablag’lar bilan birga, birinchi navbatda, ilg’or agrosanoat texnologiyalarini jalb etish, qishloq xo’jaligi infratuzilmasi, irrigasiya va meliorasiya tizimlarini rivojlantirish va rekonstruksiya qilish, marketing va jahon bozorlariga chiqish bo’yicha yangi texnologiyalarni joriy qilish borasida amaliy yordam ko’rsatildi.

Iste’mol qilinadigan ovqatning tarkibi va rasionini yaxshilash boshqa omillar bilan birga aholi, avvalo, bolalar salomatligini tubdan yaxshilashga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Masalan, so’nggi 10 yilda vazni tibbiyotda ko’zda tutilgan me’yordan kam bo’lgan bolalar soni ikki barobardan ziyod (4 foizdan 1,8 foizga) qisqardi, ularning bo’yi o’rtacha 3 santimetrga o’sdi, bizning mintaqamizga xos bo’lgan jiddiy kasallik, ya’ni xotin-qizlarda kamqonlik darajasi 2,5 marta pasaydi.

Bugungi kunda dunyoda kamdan-kam davlatlar bunday ko’rsatkichlarga erishgan.

Keng ko’lamli islohotlar yo’lida hozirgi vaqtda umumiy qiymati qariyb 5 milliard dollar bo’lgan oziq-ovqat, birinchi navbatda, meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinayapti. Mamlakatimizda o’tgan 10 yil davomida meva va sabzavot, poliz mahsulotlari va uzum yetishtirish bo’yicha yuqori o’sish sur’atlariga erishildi. Jumladan, 2004-2013 yillarda sabzavot yetishtirish dollar hisobida 7,7 barobar, meva yetishtirish 5,1 karra, poliz mahsulotlari 7,8 marta, uzum 8,7 barobar o’sdi. So’ngi uch yilda eksport qilinayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 3 barobardan ziyod oshdi.

Mamlakatimizning mahsulot yetkazib beradigan korxonalari xalqaro ko’rgazma va ixtisoslashtirilgan yarmarkalarda faol ishtirok etmoqda. Dunyoning 80 ta davlatiga 180 turdan ortiq meva-sabzavot va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlar eksport qilinmoqda. O’zbekiston o’rik, olxo’ri, uzum, yong’oq, karam va boshqa ko’plab meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmi bo’yicha dunyoda shunday mahsulotlarni yetkazib beradigan o’nta yetakchi davlat qatoriga kiradi.

Shunday qilib, islohotlarning barcha yo’nalishlari mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor iqtisodiyotiga o’sib o’tishiga qaratildi. Bu islohotlar O’zbekistonning mustaqilligini iqtisodiy jihatdan ta’minlash, uni iqtisodiy jihatdan rivojlangan va xalqaro miqyosda obro’e’tiborli mamlakatga aylantirishga xizmat qildi.


2-savolga javobim.

Savol: Yalpi milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulot.

Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko'rsatkichlari.

Hammaga ma'lumki, o'tmishda O'zbekiston iqtisodiyoti sobiq sovet ittifoqi iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo'Imas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakka hokimligiga, xom-ashyo ishlab chiqarishga va boy mineral - xom-ashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg'i, g'alla va boshqa ko'pgina ishlab chiqarish resurslari hamda iste'mol tovarlarining ta'minlanishi bo'yicha markazga qaram bo'lgan iqtisodiyot meros bo'lib qolgan edi. Mamlakatimiz 1-Prezidenti I.A. Karimov qisqa qilib aytganlaridek, «0'zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga - markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo'lgan» mamlakat' edi. 1991 yil sentyabridan buyon o'tgan qisqa davr mobaynida iqtisodiy mustaqillikni qo'lga kiritib, mamlakatimiz hududidagi barcha tabiiy, mineral xom ashyo boyliklaridan mamlakatimizdagi butun iqtisodiy resurslar va quvvatlardan o'z xalqimiz va uning kelajagi manfaatlari yo'lida foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldik*. Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi, ko'plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg'I va g'alla mustaqilligiga erishilganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar, izchil o'sish sur'atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni mustahkamlash sari harakat natijalaridir. Shunday qilib, O'zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o'z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllanib bormoqda. Milliy iqtisodiyot, barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro va makro

iqtisodiyotlami, funktsional iqtisodiyotni, ko'plab infratuzilmalarni o'z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir.

Makroiqtisodiyot bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy xo'jalik darajasidagi iqtisodiyotdir. Milliy xo'jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi. Makroiqtisodiyot o'z ichiga xalq xo'jaligining moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko'rsatish sohalarini oladi.

Milliy iqtisodiyot me'yorida faoliyat qilish va barqaror o'sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o'zaro bog'liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish hajmi va ularning

o'sishi bir qator ko'rsatkichlar tizimi orqali, mikro va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Ko'pgina mikro ko'rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib va ular iqtisodiyotining rivojlanish tamoyillari aniqlansa,

makroiqtisodiy ko'rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o'sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o'z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Bu tizimga kiruvchi turli xil ko'rsatkichlar, birinchidan, bizga ma'lum vaqt oraligidagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodiy ko'rsatkichlar tizimi, YaMM ni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya'ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko'rgazmali shaklda aks ettirishga

imkon beradi. Nihoyat mazkur ko'rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi. Butun milliy iqtisodiyotining holatini xarakterlovchi muhim makroiqtisodiy ko'rsatkichlar - yalpi milliy mahsulot (YaMM), ichki milliy mahsulot (IMM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyatsiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi. Bu ko'rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat ko'rsatish sohalaridagi barcha xo'jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi.



Yalpi milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari.

Yalpi milliy mahsulot (YaMM) - milliy xo'jaliklarda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita iste'molchilarga borib tushishi mumkin bo'lgan tayyor pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxidagi qiymatidan iborat bo'ladi.

Demak, YaMM milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard mahsulot (xizmat)larning bozor narxidagi summasi. Biz bilamizki, joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zahiralarni to'ldiradi. Ya'ni YaMM hajmini hisoblab topishda zahiralarning har qanday o'sish hisobga olinishi zarur, chunki YaMM yordamida joriy yildagi barcha mahsulotlar (sotilgan va sotilmagan) hisobga olinadi.

Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to'g'ri hisoblab chiqish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YaMM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko'p marta hisobga

olishlarni bartaraf qilish uchun, xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida yaratilgan qo'shilgan qiymatlar yig'indisi olinadi.

Qo'shilgan qiymat - bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan etkazib beruvchilardan sotib olingan va iste'mol qilingan xom ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolganining bozor qiymati.

Boshqacha aytganda qo'shilgan qiymat - bu korxona yalpi mahsulotidan yoki ishlab chiqargan mahsulotining bozor narxidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng.

YaMM yopdamida milliy iqticodiyotda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish yillik hajmini hicoblashga harakat qilinadi.

YaMM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor narxidagi summasi bo'lganligi uchun tovarning o'zi, uning nafliligi ko'paymagan holda baholar oshishi evaziga uning hajmi oshib ketishi mumkin. Baho ishlab chiqarish umumiy hajmining har xil elementlarini yagona umumiy asosga keltirishning eng keng tarqalgan ko'psatkichi sifatida foydalaniladi. Shuning uchun yalpi milliy mahsulotga baho berishda nominal va real milliy mahsulot hisobga olinadi. Joriy bozor baholarida hisoblangan milliy mahsulot nominal milliy mahsulot, oʻzgarmas baholarda hisoblangan milliy mahsulot esa real milliy mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillarda ishlab chiqarilgan YaMM qiymatini faqat narx o'zrarmagan taqdirda o'zaro taqqoclash mumkin bo'ladi. Bundan tashqari narx darajasi bizga iqtisodiyotda inflyatsiya (narx darajasining o'sishi) yoki deflyatsiya (narx darajasining kamayishi) o'rin tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish imkonini beradi.

Narx darajasi indeks shaklida ifodalanadi. Narx indekci joriy yildagi ma'lum guruh tovarlar va xizmatlar to'plami narxlari summasini, xuddi shunday tovarlar va xizmatlarning miqdorining bazis davrdagi narxlar summasiga taqqoslash orqali hicoblanadi. Taqqoslashning boshlang'ich davri "bazis yil" deyiladi. Agar aytilganlarni formula shakliga keltirsak, u quyidagi ko'rinishni oladi:


Narx indeksi=( joriy yildagi tovarlarning narxi / bazis yilidagi tovarlarning narxi)*100
Amaliyotda qator har xil tovar va xizmatlar to'plami yoki iste'mol savatining narx indeksi hisoblanadi. G’arb mamlakatlari va xususan AQShda bu indekslar ichida eng keng qo'llaniladigani iste'molchilik tovarlari savati narxlari indeksi hisoblanadi.

Uning yordamida tirik shahar aholisi sotib oladigan, icte'molchilik tovar va xizmatlarning 300 turini o'z ichiga oluvchi bozor savatining qayd qilingan narxlari hisoblanadi. Ammo narxning umumiy darajasini hisoblash uchun YaMM narx indeksidan foydalaniladi. YaMM narx indeksi ancha keng tushuncha bo'lib, u o'z ichiga nafaqat iste'molchilik tovarlari, balki investitsion tovarlar, davlat tomonidan sotib olinadigan hamda xalqaro bozorda sotilgan va sotib olingan tovarlar va xizmatlar narxlarini ham oladi. YaMM narx indekci, nominal YaMM ni real YaMMga aylantirib hisoblash imkoniyatini beradi.

Nominal YaMM shu mahsulot ishlab chiqarilgan davrda amal qilib turgan narxlarda ifodalangan ishlab chiqarish hajmini bildiradi.

Ma'lum yil uchun YaMM narx indeksini qanday qilib hisoblash mumkinligini ko'rsatuvchi oddiy shartli misol keltiramiz. 2003 yil Respublikamiz xalq xo'jaligida 3104,5 mlrd. so'mlik YaIM ishlab chiqarilgan. 2000 yil YaIM qiymati 2128,7 mlrd.

so'mni tashkil qilgan.

2003 yilga YaMM narx indeksini aniqlash uchun, 2003 yildagi mahsulotlar narxlari summasini xuddi shu hajmdagi va turdagi tovarlarning 2000 yil narxlari summasiga bo'lish zarur, ya'ni 3194,5:2128,7=1,5 yoki 150,0%.

Agar biz YaMM narx indeksini qator yillar uchun hicoblacak, olingan indekslar bizga ularni solishtirib tahlil qilish imkonini beradi.

Jopiy yildagi nominal YamMni real YaMMra aylantirishning ancha oddiy va to'g'ridan to'g'ri usuli nominal YamMni narx indekciga bo'lishdir, ya'ni,

Real YaMM=nominal YaMM/NI

Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining ko'rsatkichi YaMM bilan birga, uning tarkibiy qismlari sifatida hisoblanish mumkin bo'lgan bir qator o'zaro bog'liq ko'rsatkichlar mavjud bo'lishini bildiradiki, ular milliy iqtisodiyotning turli

tomonlarini xarakterlab beradi.

YaMM ko'rsatkichiga sof eksport (eksport va import o'rtasidagi farq) kiradi. Ammo turli mamlakatlarda tashqi savdo faoliyatining salmog'i keskin farqlanadi. Shu sababli milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun ichki milliy mahsulot (IMM) ko'rsatkichidan foydalaniladi.

IMM ma'lum vaqt davomida (bir yilda) mamlakat hududida ishlab chiqarilgan va iste'mol qilishga tayyor pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymatidir. U barcha ishlab chiqarish sub'ektlarida qo'shilgan qiymatlar yig'indisi sifatida chiqadi.

YaMM va IMM ishlab chiqarish yalpi hajmining ko'rsatkichi sifatida bitta muhim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan, asosiy kapitalning o'rnini qoplash uchun zarur bo'lgan qiymatni ham o'z ichiga oladi.

YaMMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan asosiy kapital qiymati yoki yillik moddiy xarajatlar summasi ayirib tashlansa sof milliy mahsulot (SMM) ko'rsatkichi hosil bo'ladi.

YaMM - moddiy xarajatlar yillik summasi = SMM

Shunday qilib, SMM moddiy xarajatlar amortizatsiya ajratmasi summasiga kamaytirilgan YaMM sifatida chiqadi.

SMM qiymatiga davlat tomonidan o'rnatiladigan egri soliqlar summasi kiradi. Egri soliqlar davlat tomonidan o'rnatiladigan narxga qo'shiladigan xarajat hisoblanadi. Bunday soliqlar og'irligi iste'molchi zimmasiga tushadi va uning hisobiga o'zlarining daromadining bir qismini sarflaydi. Shuning uchun hozirgi davrda hisob tizimida SMMdan egri soliqlar chiqarib tashlansa milliy daromad (MD) ko'rsatkichi hosil bo'ladi deb ko'rsatiladi.

SMM - biznesga egri soliq=milliy daromad.

Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan MD farqlanadi. Ishlab chiqarilgan MD - bu yangidan yaratilgan tovar va xizmatlar qiymatining butun hajmi. Foydalanilgan MD - bu ishlab chiqarilgan MDdan yo'qotishlar (tabiiy ofatlar, saqlashdagi yo'qotishlar va h. k. ) va tashqi savdo qoldig'i chiqarib tashlangan miqdorga teng.

Bizning amaliyotda MD iste'mol va jamg'arish fondiga ajratiladi. Iste'mol fondi – bu milliy daromadning jamiyat a'zolarining moddiy va madaniy ehtiyojlarini hamda butun jamiyat ehtyojlarini (ta'lim, mudofaa va h. k. ) qondirishni ta'minlashga

ketadigan qismi. Jamg'arish fondi - bu milliy daromadning ishlab chiqarishni rivojlantirishga sug'urta rezervlarini ko'paytirishga sarflaydigan qismini ta'minlaydigan qismi.

Milliy daromadni, daromadlar barcha turlarini (amortizatsiya ajratmasi va biznesra egri coliqlardan tashqari) qo'shib chiqish yo'li bilan ham aniqlash mumkin.

Shaxsiy daromad ko'rsatkichini topish uchun milliy daromaddan uy xo'jaliklari qo'liga kelib tushmaydigan daromadlarning yuqoridagi uchta turini (ishlab topilgan) chiqarib tashlashimiz hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan daromadlarni unga qo'shishimiz zarur.

Milliy daromad - ijtimoiy sug'urta ajratmasi - korxona foydasiga soliqlar - korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi + ijtimoiy to'lovlar (davlatning transfert to'lovlari) = shaxciy daromad.

Shaxsiy daromaddan daromad soliqlrpi to'langandan keyin, uy xo'jaliklarining to'liq tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi.

Soliqlar to'langandan keyingi daromad shaxsiy daromaddan shu daromad hisobidan to'lanadigan soliqlar miqdorini chiqarib tashlash yo'li bilan hicoblanadi. Soliqlari to'langandan keyingi daromad uy xo'jaliklari eng oxirida ega bo'ladigan

daromad hisoblanib, alohida shaxs va oilalar o'z tasarrufida bu daromadlarning bir qismini iste'mol uchun srpflaydi va boshqa qismini jamg'armaga yo'naltiradi.

Makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning qarab chiqilgan tahliliga asoslanib, bu ko'rsatkichlar butun tizimi nisbatini ko'rgazmali tasavvur qilishimiz mumkin bo'ladi.

Ichki milliy mahsulot - moddiy xarajatlar = SMM.

Sof milliy mahsulot - egri soliqlar = MD.

Milliy daromad - ijtimoiy sug'urta ajratmalari - korxona foydasiga soliqlar - korxonada foydani taqsimlagandan keyin qolgan foydasi taqsimlanmaydigan foydasi + ijtimoiy to'lovlar = shaxsiy daromad

Shaxsiy daromad - shu daromad hisobidan daromad soliqlar = soliqlar to'lanandan keyingi daromad deb nomlanadi.

3. Yalpi milliy mahsulotni hisoblash usullari.

Milliy mahsulotni hisoblashda milliy hisob tizimidan foydalaniladi.

Milliy hisoblar - bu YaMM ishlab chiqarish, milliy daromadni hisoblash taqsimlash hamda ulardan foydalanishni xarakterlaydigan o'zaro bog'liq makroiqtisodiy ko'rsatkichlar tizimidir. Milliy hisoblar tizimi deganda mamlakatdagi xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda sarflangan xarajatlarni va ishlab chiqargan mahsulot va xizmatlarni hisoblash (buxgalteriya) majmuini tushunish zarur.

Bunday hisoblar xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953 yildan boshlab qo'llanila boshladi. Hozirgi davrda dunyoning 100dan oshiq mamlakatlarida, shu jumladan o’zbekistonda mazkur tizim keng qo'llaniladi.

Milliy hisoblar asosini yig'ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo'lishi mumkin. Daromadlar xo'jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya)

summasini aks ettiradi. Xarajatlar to'rtta guruhdan iborat bo'ladi: iste'mol, investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me'yoridagi – muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi. YaMM (IMM) uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin:

Birinchi usul - bu YaMMni hisoblashga qo'shilgan qiymatlar bo'yicha yondashuv. Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo'yicha yaratilgan qo'shilgan qiymatlar qo'shib chiqiladi (YaIM tarmoq va ishlab chiqarishlar bo'yicha). Bu usul bilan hisoblangan YaMM (IMM) alohida tarmoqlarning shu mahsulotini yaratishdagi o'rnini va hissasini aniqlash imkonini beradi. Masalan, O'zbekistonda IMM (YIM) 2002 yil xalq xo'jaligining sohalari bo'yicha: 100 foiz bo'lsa'.

Shu jumladan:

moddiy ishlab chiqarish sohalarida - 49,8%

xizmat ko'rsatish sohalarida - 38,5%

sof soliqlar - 11,7%

Respublikada YaIM ning tarmoqlar bo'yicha tuzilishi shu yili quyidagi ma'lumotlar bilan xarakterlangan foizda:

YaIM jami - (100,0%)

shu jumladan: sanoatda - 14,1%

qurilishda - 4,9%

qishloq xo'jaligida - 30,6%

savdo va umumiy ovqatlanishda: -9,9%

transport va aloqada - 8,3%

boshqa sohalarda - 18,2%

sof soliqlar - 1,7%

Ikkinchi usul - bu YaMM (YaIM)ni hisoblashga sarf-xarajatlar bo'yicha yondashuv.

Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini sotib olishga qilingan butun sarflar qo'shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo'jalikning uchta sub'ekti – uy

xo'jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda tashqaridan chet ellik iste'molchilar sotib olishi mumkin.

Uy xo'jaliklarining iste'molchilik sarflari. Bu kundalik tovarlarga, xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste'mol buyumlariga va boshqalarga qilinadigan sarflardir.

Investitsion sarflar tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi jamg'arishga qiladigan sarflardir. Investitsion sarflar asosan uchta qismdan iborat: a)tadbirkorlar tomonidan mashina, uskuna va stanoklarning barcha xaridi; b)barcha qurilishlar; v) zahiralarning o'zgarishi.

Birinchi guruh elementlarning "investitsion sarflar” tarkibiga kiritilish sababi aniq, qurilishlarning uning tarkibiga kiritilishi, o'z-o'zidan aniqki, yangi fabrika, ombor yoki elivator qurilishi investitsiyalar shakli hisoblanadi.

YaIM tarkibiga zahiralarining ko'payishi, ya'ni ishlab chiqarilgan, lekin mazkur yilda sotilmagan barcha mahsulotlar kiritiladi. Boshqacha aytganda YaIM o'z ichiga yil davomidari zahiralar va ehtiyotlar barcha o'sishining bozor qiymatini

oladi. Zahiralarning by o'cishi Ya Mga joriy ishlab chiqarish hajmi ko'rsatkichi sifatida qo'shiladi.

Zahiralar kamayganda, u YaIM hajmidan chiqarilishi zarur. Zahiralarning kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgandan ko'proq mahsulot sotilganligini bildiradi. Boshqacha aytganda jamiyat mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotni va bunga qo'shimcha oldingi yillardan qolgan zahiralarning bir qismini iste'mol qilgan bo'ladi.

Milliy hisoblar tizimida YalMni hisoblashda yalpi, xususiy va ichki investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki investitsiyalar mos ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga oshiradigan investitsion sarflarni bildiradi. Yalpi investitsiyalar o'z ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan mashina, uckuna va qurilmalarning o'rnini qoplash uchun mo'ljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni, hamda iqtisodiyotda kapital qo'yilmalar hajmiga har qanday sof qo'shimchalarni oladi. Yalpi investitsiyalar mohiyatiga ko'ra iste'mol qilingan asosiy kapitalni qoplash

summasidan va investitsiyalarning o'sgan qismidan iborat bo'ladi. Boshqa tomondan sof xususiy ichki investitsiyalar tushunchasi joriy yil davomida qo'shilgan investitsion tovarlar summasini xarakterlash uchun ishlatiladi. Ularning farqini oddiy misolda ancha aniq tushuntirish mumkin. Faraz qilaylik, Pespublikamiz iqtisodiyotida 2003 yil 500 mlrd. so'mlik, investitsion tovarlar (ishlab chiqarish vositalari) ishlab chiqarilgan bo'lsin. Ammo YaIMni ishlab chiqarish jarayonida shu yili 400 mlrd. so'mlik mashina, uskuna va boshqa investitsion tovarlar iste'mol qilingan. Natijada bizning iqtisodiyotga 100 mlrd.

so'mlik jamg'arilgan kapital qiymati qo'shiladi. Shu yili yalpi investitsiyalar 500 mlrd. so'mni sof investitsiyalar faqat 100 mlrd, so'mni tashkil qiladi. Ikki ko'rsatkich o'ptasidagi farq, 2003 yilgi YaIM hajmini ishlab chiqarish jarayonida qo'llanilgan va iste'mol qilingan kapital qiymatini ifodalaydi.

Yalpi investitsiyalar va amortizatsiya (shu yili ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan asosiy kapital hajmi) o'rtasidagi nisbat, iqtisodiyot yuksalish, turg'unlik yoki tanazzul holatida joylashganligini xarakterlab beruvchi ko'rcatkich (indikator) hisoblanadi.

Yalpi investitsiyalar amortizatsiyadan ortiq bo'lsa, iqtisodiyot yuksalish bosqichida joylashadi, uning ishlab chiqarish quvvatlari o'sadi. Masalan, bizning yuqoridagi misolda ta'kidlanganidek, 2003 yil yalpi investitsiyalar 500 mlrd. so'mni, ishlab chiqarishda iste'mol qilingan investitsiya tovarlari hajmi 400 mlrd. so'mni tashkil qilgan. Bu iqtisodiyotda shu yil oxirida 100 mlrd. so'mlik investitsion tovarlar ko'p bo'lganini bildiradiki, investitsion tovarlar taklifining ko'payishi, iqtisodiyotning ishlab chiqapish quvvatlarini ko'paytirishning asosiy vocitaci hicoblanadi.

Turg'un iqtisodiyot yalpi investitsiyalar va amortizatsiya teng bo'lgan vaziyatni aks ettiradi. Bu iqtisodiyotda mazkur yilda YalMni ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan vositalapni qoplash uchun zarur bo'lgan miqdorda asosiy kapital ishlab chiqarishni bildiradi. Boshqacha aytganda, sof investitsiyalar taxminan nolga teng bo'ladi, ishlab chiqarish quvvatlari kengaymaydi.

Yalpi investitsiyalar amortizatsiyaga qaraganda kam bo'lsa, ya'ni iqtisodiyotda ishlab chiqarilganga qaraganda kapital ko'proq icte'mol qilinsa, noqulay vaziyat vujudga keladi. Bunday sharoitda iqtisodiyotda investitsiyalarning qisqarishi ro'y beradi. By yil oxirida kapital hajmi yil boshida mavjud bo'lgandan kam bo'lib qolishga olib keladi. Masalan, "Buyuk turg'unlik" davrida, aniqrog'I 1933 yil AQShda yalpi investitsiyalar hammasi bo'lib 1,6 mlrd. dol. ni, yil davomida iste'mol qilingan kapital - 7,6 mlrd. dol. ni tashkil qilgan. Shunday qilib, investitsiyalarning sof qicqarishi 6 mlrd. dol. ga teng bo'lgan.

Davlat sarflari bu mahsulotlarni va iqtisodiy pesupslarni, xususan ishchi kuchini sotib olishga davlatning (boshqaruvning quyi va mahalliy organlari bilan birga) qilgan barcha sarflarini o'z ichiga oladi.

Chet elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari xuddi mamlakat ichidagi iste'molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog'liq. Shu sababli YalMni sarflar bo'yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklarning sarflari, ya'ni eksport qiymati ham qo'shiladi. Boshqa tomondan, iste'molchilik va investitsion sarflar hamda davlat mablag'larining bir qismi import qilingan, ya'ni chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflanadi. Milliy ishlab chiqarish umumiy hajmi asossiz oshib ketmasligi uchun import hajmi YaIMdan chiqariladi. Buning uchun eksport va import miqdorlari o'rtasidagi farq aniqlanadi. Bu farq tovar va xizmatlarning sof eksporti yoki oddiy qilib sof eksport deyiladi. Sof eksport ijobiy va salbiy bo'lishi mumkin. Agar eksport importdan ortiq bo'lsa, bu ijobiy, eksportdan import ortiq bo'lsa salbiy bo'ladi.

Qarab chiqilgan sarflarning to'rt toifasiga notijorat muassasalar (kasaba uyushmalar, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar va ijtimoiy tashkilotlar) sarflari va moddiy aylanma vositalari zahirasidagi o'zgarishlarni qo'shib chiqish yo'li bilan

YaIM(IMM) hajmi aniqlanadi.

2002 yil O'zbekistonda YaIMM nominal qiymatda 7469,3 mlrd. so'mni tashkil qilib, u tarkiban quyidagicha bo'lgan.

Pirovard iste'molga sarflar -5712,9 mlrd. so'm (76%)

Yalpi jamg'arma - 1756,4 mlrd. so'm (23,5%)

Uchinchi usul – bu YaMM (YaIM) ni daromadlar bo'yicha hisoblash.

Mazkur yilda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot hajmidan olingan barcha daromadlar uy xo'jaliklari ixtiyoriga ish haqi, renta to'lovlari, foiz va foyda shaklida kelib tushadi. Shu sababli bu usulda YaMM (YaIM) pirovard mahsulot hisobidan

olingan ana shu barcha daromadlarni qo'shib chiqish orqali aniqlanadi.

YaMM (YaIM)ni daromadlar bo'yicha hisoblashda uy xo'jaliklari, korxona va davlat muassasalarining dastlabki, ya'ni taqsimlangan daromadlarini mehnat haqi va yalpi foydaga (renta, ssuda foizi va tadbirkorlik foydasi va h. k. ) ajratish mumkin.

YaMM (YaIM)ni mazkur usul bo'yicha hisoblashda daromadlarning barcha summasiga iste'mol qilingan asosiy kapital qiymati (amortizatsiya ajratmasi) va biznesga egri soliqlar summasi ham qo'shiladi.

Agar YamMni hisoblashning oxirgi ikki usulini oddiy tenglik shaklida tasvirlasak:

Mazkur yilda ishlab chiqarilgan IMMni sotib olishga sarflar hajmi = Mazkur yilda ishlab chiqarilgan IMMdan olingan pul

daromadlari summasi.

Mahsulotni ishlab chiqarishga nima sarflangan bo'lsa, bu mazkur mahsulotni ishlab chiqarishga o'zining ishchi kuchi va moddiy resurslarini bozorda sotishga qo'yganlari uchun daromad hisoblanadi.


Download 64.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling