1-savolga javobim


YaMM (IMM)ni hisoblashga sarflar va daromadlar bo'yicha yondashuv


Download 64.04 Kb.
bet3/3
Sana20.06.2020
Hajmi64.04 Kb.
#120727
1   2   3
Bog'liq
Yakuniy nazorat(1-u)


YaMM (IMM)ni hisoblashga sarflar va daromadlar bo'yicha yondashuv.
Milliy mahsulot hajmini sarflar Milliy mahsulot hajmini daromadlar summasi bo'yicha hisoblash summasi bo'yicha hisoblash

1.Uy xo'jaliklarining iste'molchilik 1. Daromad bilan bog'liq bo'lmagan sarf|

sarflari va to'lvlar a) amortizatsiya, b) cgri soliqlar

+ +


2. Tadbirkorlarning investitsion sarflari 2. Ish haqi

+ +


3. Tovar va xizmatlarni davlat xarid 3. Renta to'lovlari

qilish


+ +

4.Chet elliklar sarfi 4. Foiz

+ +

5.Notijorat muassasalari sarfi 5. Foyda



+

6.Moddiy aylanma

zahirasidagi o'zgarishlar

YaMM (YaIM) YaMM (YaIM)

YaMM (YaIM)ni hisoblashda uning tarkibiga kirgan daromadlar va daromad bilan bog'liq bo'lmagan sarflar (amortizatsiya va egri soliqlar) ning alohida turlarini to'laroq qarab chiqamiz.

Asosiy kapitalning ko'pchilik turlarining foydali xizmat muddati uzoq davrni tashkil qiladi. Investitsion tovarlarni sotib olishga qilinadigan sarflar va ularning unumli xizmat muddati amalda bir davrga to'g'ri kelmaydi. Shu sababli korxonalar

investitsion tovarlarning foydali xizmat muddatini hicoblaydi va ularning umumiy qiymatini butun xizmat muddatiga teng taqsimlaydi. Asosiy kapitalning yil davomida ishlab chiqarish japayonida iste'mol qilingan va yaratilayotgan mahsulotga ko'chgan qiymati amortizatsiya ajratmasi deyiladi. Amortizatsiya ajratmasi asosiy kapital turlari bo'yicha har yili ajratib topiladi. Masalan, to'quv dastgohining qiymati 5 mln. so'm, xizmat muddati 10 yilga teng. Yillik amortizatsiya ajratmasi 0,5

mln. so'mni (5:10) tashkil qiladi.

Amortizatsiya ajratmasi shu yil ishlab chiqarilgan mahsulot (YaMM) qiymati tarkibiga ishlab chiqarish xarajatlari sifatida kirib, mahsulot sotilishi natijasida pul shaklida qaytib keladi va amortizatsiya fondi hisobida to'planib boradi. Bu fond

mablag'laridan iste'mol qilingan asosiy kapitalni qayta tiklash, ya'ni yangi investitsion tovarlar sotib olish va amal qilib turganlarini kapital remont qilish va ta'mirlash uchun foydalaniladi. U ishlab chiqarishni kengaytirish va kredit pesupslarining manbai ham hisoblanadi.

Korxona xarajatlarning boshqa turi egri soliqlar korxonalar uchun ishlab chiqarish xarajatlari sifatida chiqadi va shu sababli mahsulot narxini oshiradi.

Bunday soliqlar o'z ichiga aktsiz to'lovlari, sotishdan olinadigan soliqlar, mulk solig'i, litsenziya va bojxona to'lovlarini oladi.

Daromadlarning eng muhim turi ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan ishchi kuchini taqdim qilganlarga to'lanadi. Daromadlarga ko'plab qo'shimchalar, ijtimoiy sug'urta to'lovlari va nafaqa ta'minotining har xil xususiy fondlari, ishsizlik nafaqalari va boshqa har xil mukofot hamda imtiyozlarlarni o'z ichiga oladi. Ish haqiga br qo'shimchalar ish kuchini yollash bilan bog'liq bo'lgan xarajatining bir qismi sifatida chiqadi va shu sababli korxonaning ish haqi to'lashga umumiy sarflarining tarkibiy qismi sifatida qaraladi.
3-savolga javobim.

Milliy bozorning to’yinganlik darajasi.

Iqtisodiyotni o’rganishda va uni hayotga tatbiq etishda biz avvalambor uning eng muhim bo’lgan qirralarini anglashga kirishamiz. Bozor munosabatlari, <> garchi sharqona mazmunga ega bo’lsada, uning hozirgi mohiyati butinlay boshqacha.To’g’ri, bozorlar (bizning an’anaviy tushunchamizga ko’ra) dastavval sharqda vujudga kelgan. Keyinchalik u O’rta Osiyo va Yaqin sharq, so’ngra O’rta dengiz, u orqali Pireney yarim oroliga-Ispaniya va Portugaliyaga o’tgan. Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin <> so’zi Atlantika okeanidan o’tib, Janubiy va Markaziy Amerikaga borib yetdi. Ana shunday evolyutsiya va geografiyaga ega bo’lgan bozor o’zimizga yangi ma’no kasb etgan holda <>.

Qadim-qadimda ham xalqlarimiz bozorni pul, pul muomalasi bilan uyg’unlashtirishgan.Darhaqiqat, hozirgi kunda bozor, bozor munosabatlari bu pul demakdir. Ammo bugungi sharoitda pul doimo harakatda, muomalada bo’lishi, qo’shimcha qiymat yaratishi, aylanishi kerak(<
>, deyishadi).

Demak, pul harakatda bo’lishi shart. Bundan bozor munosabatlarining yana bir xususiyati kelib chiqadi, ya’ni vaqt. Bozor sharoitida vaqtning iqtisodiy qiymati nihoyatda oshadi, davr zichlashadi, intensivlashadi, chunki <>, deb bejiz aytishmagan.



Bozorning turli asnolarda tuzilishi.

Hozirgi davrdagi bozor murakkab tuzilishga egadir.Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga har xil me’zonlar asos qilib olinadi. Bular bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor subyektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar. Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, klassik (erkin) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlariga bo’linadi.Rivojlanmagan, shakllanmagan bozor ko’proq, tasodifiy tavsifga ega bo’lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash usuli (barter) ko’proq qo’llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul kelib chiqmagan davrga to’g’ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo’qotgan, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin. Firma koraxona

Resurslar bozori

Iste’mol tovarlar bozori

Uy xo’jaliklari

Davlat


resurslar

xarajatlar

Iste’molchilik sarflari

Tovarlar va xizmatlar

Erkin(klassik) bozor-tovar va xizmatlarning har biri turi bo’yicha juda ko’p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, ya’ni sotuvchilar va sotib oluvchilardan iborat bo’lib, pul orqali ayirboshlash jarayonida ular o’rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o’rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo’llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanadi.

Hozirgi zamon rivojlangan bozori – bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo’lib, bozor ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo’ladi, raqobat kurashlari aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o’rtasidagi farqlar kamayadi.

Iste’mol tovarlari bozori va resurslar bozori hamda bozor subyektlari o’rtasida resurslar, mahsulot va daromadlar harakati.

Bozor hududiy jihatdan ham turlicha bo’lishi mumkin. Bular mahalliy bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Nyu-York bozori, Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O’zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqalar); hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G’arbiy Yevropa bozori) va nihoyat jahon bozori.

Bozorning barcha subyektlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar iste’mol tovarlari va resurslar bozori orqali ancha to’liq va yorqin nomoyon bo’ladi. Shu sababli bozorning ikki turi va uning subyektlari o’rtasida amalga oshiriladigan oldi-sotdi bitimlarining ko’rgazmali tavsifini keltiramiz.

Rasmda ko’rib turganingizdek bozorning turli asnolarda bog’liqligi keltirilgan.

Bozor iqtisodiyoti va uning umumiy tasnifi.

Kishilik jamiyati taraqqiyoti bozor iqtisodiyotini umuminsoniy iqtisodiyot ekanligini ko’rsatdi. Bozor iqtisodiyoti ko’p asrlardan buyon mavjud bo’lib, taraqqiyotning xozirgi bosqichidagina umuminsoniy qadtiyat darajasiga ko’tarildi.

Bozor iqtisodiyoti o’z rivojlanishida quyidagi bosqichlarni bosib o’tdi.Dastlabki, <>, erkin, tartibga solinuvchi, deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti.

1. Dastlabki, <> bozor iqtisodiyoti. Bu bosqichda bozor iqtisodiyoti endigina shakllana boshlaydi.Bozor munosabatlari, aloqalari tasodifiy yuz berib, bir tovarni ikkinchi tovarga ayirboshlash tarzida yuz beradi.Lekin shu paytdanoq bozor katta ro’l o’ynay boshlagan.Jamiyat a’zolarining tabaqalanishiga, u yoki bu tovarni ishlab chiqarishni rivojlantirishga axamiyat berish boshlangan.

2. Erkin, stixiyali rivojlanuvchi bozor iqtisodiyoti. U tarmoq, bir-biridan ajralgan, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar maqsadi va xarakati bir-biri bilan oldindan mutlaqo kelishilmagan faoliyatdan iborat. Albatta, erkin-stixiyali bozor iqtisodiyotining xam dastlabki bosqichi bilan keyingi klassik bosqichi o’rtasida farq bor. Lekin, umuman olganda, klassik bozor iqtisodiyoti qator xususiyatlari bilan ajralib turadi:

1. Bozor munosabatlari qatnashchilarining miqdori cheklanmagan, ular o’rtasida erkin raqobat kurashi mavjud.

2. Jamiyatning barcha a’zolari xoxlagan xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin.

3. Ishlab chiqarish omillarining yuqori darajada safarbarlik imkoniyati mavjudligi : kapitalning ko’chib yurishiga to’sqinliklar yo’q.

4. Bozordagi o’zgarishlar to’g’risidagi axborotlarni olish imkoniyatining kattaligi.

5. Bir turdagi tovarlarning absalyut darajada o’xshashligi (savdo markasi yo’q).

6. Monopoliyalar yo’q, bozorga, uning faoliyatiga davlat aralashmaydi.

7. Noma’lum bozor uchun ko’r-ko’rona ravishda tovar ishlab chiqarish, ularning sotilish-sotilmasligi noma’lumligi.

8. U o’z navbatida iqtisodiyotni qiyinchiliklarga, iqtisodiy tanglik va buxronlar, iqtisodiy talafotlar orqali rivojlanishiga olib keladi.
9. Yakka, individual xususiy mulkning xukmron bo’lishi, mulkning ozchilik qo’lida to’lanishi, natijasida:

a) Odamlarni o’ta boy va o’ta kambag’al tabaqalarga ajralishiga olib keladi;

b) G’irrom raqobat olib borish uchun muxit yaratadi.

Erkin, stixiyali rivojlanuvchi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarilgan tovarlar miqdori, sifati jihatidan talabga mos kelishi yoki kelmasligi, ularga sarflangan xarajatlar bergilangan narx bilan qoplanib, foyda ko’riladimi yoki yo’qmi bozorda aniqlanadi.

Bozor iqtisodiyoti rivojlanishi bilan ishlab chiqaruvchilar xaridor talabiga moslashish yo’llarini qidiradilar.

Lekin, umuman olganda, erkin bozor bu abstraksiya.Xaqiqatda to’liq erkinlik yo’q, bo’lishi mumkin xam emas.Faqat iqtisodiyot yutuqlarini anglash, mavjud yuridik qonunlarni bilish asosidagina o’z faoliyatini eng ko’p foyda oladigan tarzda yo’lga qo’yish mumkin.

To’liq iqtisodiy erkinlikning bo’lishi mumkin emas, lekin iqtisodiyot rivojlanishini ta’minlaydigan darajada yetarli erkinlik mavjud.

3. Kishilik jamiyati uzoq tarixiy taraqqiyot natijasida erishgan iqtisodiyot – bu sivilizatsiyalashgan iqtisodiyotdir.


Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotida davlat kutilmaganda yuz beradigan tangliklarni yumshatish uchun chora-tadbirlar belgilash orqali ta’sir ko’rsatadi. Albatta, bu chora-tadbirlar xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyat erkinligini, ijodiy mehnat va tashabbuskorlikni cheklashga olib kelmasligi kerak.

Sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyotining ham o’ziga xos belgilari bor:

1. Xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk shakllari xam mavjud bo’ladi.

2. Ishlab chiqarish bozor talabini xisobga olgan xolda olib boriladi. Marketing muhim ro’l o’ynaydi.Noma’lumlik kamayadi.

3. Xalol raqobat asosiy o’ringa chiqadi, uning madaniy usullari qo’llaniladi.

4. Iqtisodiyot subyektlari o’rtasida uzoq davrga mo’ljallangan doimiy a’loqalar, o’zaro manfaatli sherikchilik munosabatlari qaror topadi.


5. Davlat iqtisodiy xayotga aralashib, iqtisodiyotni tartiblashda qatnashishi tufayli chuqur iqtisodiy tangliklar yuz bermaydi. Agarda ular yuz bersa xam undan tezda chiqib ketish chora-tadbirlari belgilanadi.

6. Iqtisodiyot yuksak darajaga erishganda jamiyat boy bo’ladi, shuning uchun tadbirkorlar faqat boy bo’lish uchun emas, balki obro’-e’tibor qozonish, xurmatga sazovar bo’lish uchun xam xarakat qiladilar.

7. Iqtisodiyot ijtimoiy yo’naltirilgan, kambag’allarga yordam berish, ommaviy farovonlikni ta’minlashga qaratilgan bo’ladi.

8. Odamlarning iqtisodiy tabaqalanishi cheklanadi. Jamiyatda o’ziga to’q o’rta xol axoli asosiy qatlamni tashkil qiladi.


Sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti sharoitida tartibga solish faqat bozorning salbiy oqibatlarini cheklashga qaratiladi.Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin, bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor, avvalo, o’zini-o’zi tartibga soladi, undan tashqari, davlat xam iqtisodiyotni tartibga solishga ta’sir ko’rsatadi.

Bozorni boshqarishda iqtisodiy, tashkiliy-ma’muriy va nihoyat, ijtimoiy-psiholik usullar qo’llaniladi.

Faqat, iqtisodchi V.Leontev ko’rsatganidek, eng muximi bozorni o’zini-o’zi boshqarish bilan davlat tomonidan tartibga solishning optimal darajasini topishdir.Xozirgacha bu talabga ideal darajada javob beradigan davlat yo’q.

Bozor iqtosodiyotini tartibga solishda davlatning xaddan tashqari aralashuvi bozor iqtisodiyotining deformatsiyalashuviga olib keladi.

4. Deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan totalitar, markaziy rejalashtiriladigan tizim deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyotiga eng yorqin misol bo’la oladi. U o’zining quyidagi jihatlari:

1. Turli mulk shakllariga asoslangan bozor subyektlarining yo’qligi.

2. Resurslarni taqsimlash xaddan tashqari markazlashtirilib, tijorat faoliyatida mustaqillikning yo’qligi.

3. Ishlab chiqarishda monopoliyalarning xukmronligi.

4. Talab va taklif muvozanatining buzilishi, uning borgan sari kuchayib borishi.

5. Milliy ishchi kuchi bozorining yo’qligi.

6. Tovar-pul munosabatlarining deformatsiyalashuvi, nobozor munosabatlarining ustunligi.
7. Samarali xo’jalik faoliyati yurutishga intilishning yo’qligi, barcha subyektlar iqtisodiy manfaatlarining deformatsiyalashuvi va boshqalar bilan xarakterlanadi.
Natijada:

a) Tovar taqchilligi kuchayadi;

b) Iste’molchilarning tanlab olish imkoniyati tobora cheklanib boradi.

c) <
>, chayqov bozori tobora gullab-yashnab boradi.


Bozor iqtisodiyoti deformatsiyalashuvini tugatish orqaligina, bozorning rivojlanishi uchun normal sharoit yaratilgan taqdirdagina uning salbiy oqibatlarini tugatish mumkin.

Bozor iqtisodiyotining ibtidoiy hamda madaniylashgan bosqichlari o’rtasida katta farq mavjud.Bozor iqtisodiyoti yetuklik bosqichiga ko’ra o’zining sifat belgilari bilan farq qiladi.

Bozor iqtisodiyotining moxiyati uning asosiy belgilarida namoyon bo’ladi. Ular quyidagilar:

1. Bozor iqtisodiyoti mulkchilikning turli-tumanligiga asoslanadi. Xar qanday jamiyatning iqtisodiy asosi, iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi.Mulk egasi bo’lish yoki bo’lmaslikka qarab, jamiyatda xar bir kishining mavqei, ya’ni sotsial maqomi yuzaga keladi.


Barcha mulk shakllari tengligini ta’minlash asosida mulk monopoliyasi (yakka hokimligi)ga yo’l qo’yilmaydi. Mulk shakllari cheklanmagan xolda rivojlanadi. Mulk shakllariga xos tarzda xo’jalik yuritish usullari xam turli-tuman bo’lib, bu o’z navbatida birinchidan, xar bir insonning tabiat in’om etgan aql-zakovati, farosati va boshqa xislatlariga ko’ra faoliyat turini erkin tanlash imkonini beradi. Mulkchilik turli shakllarning mavjudligi va ularning tengligi iqtisodiy plyuralizmning asosidir. Ikkinchidan, mulkchilikning turli-tumanligi jamiyatda raqobat kurashi bo’lishi uchun zarur muhit yaratadi.

2. Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyot. Iqtisodiy faoliyat erkinligining asosi ishlab chiqarish omillari va yaratilgan tovarlarning mulk obyekti, mulk egalarining esa mustaqil bo’lishidir.


Xar bir kishi mavjud qonunlarni buzmay xoxlagan iqtisodiy faoliyati bilan shug’ullanishi mumkin. Buning uchun asos mulkchilikning turli-tumanligi va teng xuquqligi qonuniy ravishda ta’minlangan.
3. Bozor iqtisodiyoti yakka xokimlik (monopolizm)ni inkor etuvchi iqtisod. Iqtisodiy monopolizm – korporatsiya, firma, tashkilot yoki davlatning iqtisodiyotda yoki biror soxada tanxo xukmronlik qilinishidir. Monopolizmning asosi iqtisodiyotda muayyan mulk shaklining tanxo xukmronligidir. Monopoliya o’z tabiatiga ko’ra turg’unlikni paydo qiladi, tashabbusni chegaralaydi va xokazo. Shuning uchun xam bozor iqtisodiyoti monopolizm bilan chiqisha olmaydi.U antimonopol yo’nalishga ega.

4. Bozor iqtisodiyotida raqobat asosiy o’rin tutadi. Raqobat bozor iqtisodiyotini xarakatga keltiruvchi, tartibga soluvchi, nazorat qiluvchi kuch xisoblanadi.Raqobat kurashi mehnat unumini oshirishga, ish sifatini yaxshilashga, yangi texnika, texnologiyani joriy qilishga, iqtisodiy resurslarni kam sarflagan xolda ularni samarali ishlatishga undaydi.



Bozor turlari va ular o’rtasidagi bog’liqlik.

1-Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: ,,Faqat uyushgan bozorgina bugungi kunda xalqning ijodiy va mehnat imkoniyatlarini ochib bera oladi, boqimandalikka xotima beradi, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantira oladi, rag’batlantirishni va yo’qotilgan xo’jayinlik tuyg’usini qayta tiklaydi.

Faqat bozorgina ishlab chiqarishni iste’molchining manfaatlariga bo’ysindirish, mahsulotga bo’lgan talabni aniq xisobga olish, konyuktura o’zgarishlariga qarab tezlikda ish tutish imkonini beradi.

Faqat bozorgina tejamli xo’jalik yuritishning kuchli, oqilona jihatlarini yaratadi, xarajatlarni kamaytiradi, talon-taroj va lapashanglikka qarshi kurashadi.

Faqat bozorgina yangiliklarga sezgir qiladi, fan va texnikaning eng so’nggi yutuqlarini dadil va g’ayrat bilan joriy etadi, o’z ishining ustasiga, kasb mahoratiga munosib baho beradi”.

Bozor tizimining salbiy tomonlari ham bor. Chunki dunyoda odamdan bo’lak mukammal narsaning o’zi yo’q.Faqatgina odam bekami-ko’st, mukammal uyg’unlikda yaratilgan.Shu nuqtai nazardan bozor tizimi faqat ijobiy tomonlarga ega deb aytolmaymiz, uni ideallashtira olmaymiz.

,,Bozor iqtisodiyotiga o’tish muammosiga, - deb yozadi Prezidentimiz I.A. Karimov ,- tik ko’z bilan, real qarash kerak. Bozor iqtisodiyotining faqat ijobiy tomonining emas, balki uning salbiy tomonini ham ko’ra bilish kerak”.

Gap, bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida ro’y beradigan salbiy ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar ustida bormoqda. O’tish davri inqirozga uchragan ma’muriy buyruqbozlik tizimi bilan endigina tetapoya bo’lib kirib kelayotgan erkin bozor iqtisodiyoti o’rtasidagi, yoki boshqacha qilib aytganda: inqirozga uchragan, lekin yo’q qilib tashlanmagan buyruqbozlik tizimi bilan endigina tug’ilgan, biroq hali juda zaif bozor iqtisodiyoti o’rtasidagi kurash davri bo’lmay iloji yo’q.

,,Bozorga, - deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov,- ayniqsa uning shakllanish bosqichida:

 Uzoq va chuqur iqtisodiy inqirozlar;

 Ishsizlikning o’sishi;

Pulning qadrsizlanishi;

 Ko’pgina korxonalarning ,,sinish” va ishbilarmonlarning xonavayron bo’lishi;

 Axolining moddiy ta’minot jihatidan keskin tabaqalanishi;

 Xuquqqa zid xatti-harakatlar va jinoyatlarning o’sishi xosdir.
Bozorning bu illatlarini bilish, ularga tayyor turish, ularni bartaraf etish yuzasidan to’g’ri yechimlar topa bilish kerak”.

Buning uchun har birimiz bozorning ijobiy va salbiy tomonlarini yaxshi anglab, aql-zakovat bilan ish tutishimiz lozimdir.

Iqtisodchi P. Samuelson ham bozor iqtisodiyoti tizimining kamchiliklardan holi emasligi va bozorning:

 Keskin tengsizlikni keltirib chiqarishini;

 Fanda ulkan tadqiqotlar o’tkazilishini ta’minlay olmasligini;

 Ijtimoiy zarur tovarlarni ishlab chiqarishga emas, puli bor odamning talabini qondirish uchun zarur bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarishga yo’naltirilgan bo’lishini;

 Inflatsiya jarayonlarini boshidan kechirib turishini ta’kidlaydi.
Shunday qilib, bozor tizimini ideallashtirish, uni hamma davrda davo deb, haddan tashqari olqishlash katta yanglishish bo’lur edi.

Uning o’ziga hos ammo- lekinlarni, muammolari, nobop, zaif tomonlari ham yo’q emas. Bozor iqtisodiyoti millionlardan iborat ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning faoliyati bo’lganidan unga tarqoqlik va xudbinlik ham hos. U o’z-o’zidan davlat va jamoatchilik ishtirokisiz tabiatni muhofaza etish, ekologiya muvozanatini ta’minlashni yuzaga chiqarmaydi.

Jamiyat uchun zarur bo’lgan, lekin harajatlar qaytimi sekin bo’ladigan, katta mablag’ talab qiladigan inshootlar va binolarning

qurilishini rag’batlantirmaydi. Darhol foyda keltirmaydigan nazariy izlanishlarni ham rag’batlantirmaydi.

Bozor o’ziga xos strukturaga ega bo’lgan murakkab tizimdir.Shunga ko’ra u xilma-xil turlarga bo’linadi.

1. Ayirboshlash obektining moddiy shakli jihatidan bozorning quyidagi turlari mavjud:

 Iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori;

 Ishlab chiqarish vositalari bozori;

 Moliya bozori;

 Valyuta bozori;

Mehnat bozori;

 Intellektual tovar bozori;

 Shou-biznes bozori.

2. Ayirboshlash miqyosi jihatidan bozor quyidagi turlarga bo’linadi:

 Mahalliy bozor;

 Regional bozor;

 Jahon bozori.

3. Amal qilish harakteriga qarab bozor 3 hil bo’ladi:

 Tartibsiz (stihiyali) bozor;

 Tartibli bozor;

 Boshqariladigan bozor.

4. Iqtisodiy aloqalarga kirishish darajasiga ko’ra bozor quyidagi turlarga bo’linadi:

 Erkin bozor;

 Monopollashgan bozor;

 Monopol raqobatli bozor;

 Oligopolistik bozor;

 Sof monopoliya bozori.

5. Tovarlarning chetdan kelishiga qarab ochiq va yopiq bozor (ichki bozor) bo’lishi mumkin.


Iste’mol tovarlari va xizmatlar bozori aholi iste’mol uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatlarni ayirboshlash uchun hizmat qiladi. Amalda iste’mol mollar bozori savdo shahobchalaridan iborat bo’ladi.Unga davlat, kooperativ, tijorat savdosi, dehqon bozori, chayqov kabi bozorlar kiradi. Bunga sotuvchilar-tovar ishlab chiqaruvchilar yoki ularning vakolatini olgan korxona yoki tashkilotlar bo’lsa, xaridor esa keng iste’molchilardan iborat bo’ladi.

Bozorda iste’mol tovarlaridan tashqari aholiga har xil maishiy, texnikaviy xizmatlar ham sotiladi.Bu yerda xaridorlar faqat fuqarolardan iborat bo’lmaydi. Ular tarkibiga aholiga bepul xizmat ko’rsatuvchi korxona va tashkilotlar (kasalxona, bolalar bog’chasi, qariyalar uyi, yetimxona va boshqalar) ham kiradi. Ular keng iste’mol buyumlarini sotib oladilar.

Iste’mol bozorining hajmi unda sotilgan tovarlarning yalpi summasi, ya’ni tovar oboroti bilan belgilanadi. Iste’mol tovarlari qat’iy davlat narxlari, nazorat qilinadigan narxlar va erkin bozor narxlarida sotiladi. Iste’mol bozori o’zining xolatiga qarab ikki xil bo’ladi:

 ,,to’yingan bozor”, ya’ni tovarlar talabga yetarli bo’lgan bozor;

 ,,taqchil yoki och bozor”, ya’ni tovarlar surunkali yetishmay qolib, talabga javob bera olmaydigan bozor.
Bozor iqtisodiyotiga to’yingan, istagan tovarlar mavjud bo’lgan bozor xosdir. O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishi tovar ishlab chiqarishni rag’batlantirib, ularni ko’paytirish va doimiy taqchilli bozor o’rniga to’yingan bozorni shakllantirish maqsadlarini ko’zlaydi. Masalan, iste’mol bozori barbod bo’lishiga yo’l qo’ymaslik uchun xukumatimiz hayotiy muhim mahsulotlar eksportini bojxonalar orqali qat’iy nazorat qilish va yuqori boj to’lovlari joriy etish bilan bir qatorda, dastlabki bosqichda kundalik zarur tovarlarning cheklangan turlarini meyorlangan tarzda sotishni tashkil etdi.

Bu tizim o’zini to’la-to’kis oqladi. U bozorni pishiq-puxta ximoya qilibgina qolmay, iste’mol bozori shoxobchalariga barcha zarur oziq-ovqat maxsulotlarini va kundalik xarid mollarini muntazam ravishda chiqarib turishni ta’minlash, ularni iste’mol qilish xajmlarini kamaytirmaslik imkonini berdi.

Ishlab chiqarish vositalari bozori – bu mehnat qurollari hamda xomashyo, yoqilg’i va metallarning oldi-sotdi bozori. Unda sotiladigan tovarlar shaxsiy iste’molga emas, balki asosan ishlab chiqarish iste’moliga mo’ljallangandir.Demak, tovarning sotuvchilari ham, xaridorlari xam tovar ishlab chiqaruvchilardir.

Bozor munosabatlariga o’tgunga qadar ishlab chiqarish vositalarining xarakati (savdosi) asosan moddiy texnika ta’minoti shaklida amalga oshirilardi. Bunda moddiy resurslar odatda erkin savdoga kelib tushmasdi, balki oldindan taqsimlangan fondlar bo’yicha markazlashtirilgan tartibda taqsimlanardi.Ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar bir-biriga biriktirilgan, xo’jalik aloqalari bo’yicha sheriklarni tanlashda esa erkin emas edilar. Bunday yo’sinda ishni tashkil etish tovar muomalasiga zid bo’lgan xolda:

 Ishlab chiqaruvchilar o’rtasida taqobat bo’lishni;

 Iste’molchilarning erkin tanlovi va savdosini;

 Tarmoqlar va korxonalarning zarur bo’lgan ishlab chiqarish vositalari bilan yetarli darajada ta’minlanmasligiga olib kelar edi.
Bozor munosabatlariga o’tish ishlab chiqarish vositalarini barcha iste’molchilarga bozor orqali erkin narxlarda sotish imkoniyatini yaratadi.Endi ushbu aloqalar ulgurji savdo bozorida tovar birjalari orqali amalga oshiriladi. Bu yerda ommaviy bir xildagi tovarlar (paxta, don, metal va boshqa) erkin narxda, nuqd pulsiz, korxonalarning bankdagi maxsus xisob raqami orqali xisob-kitob yuritish yo’li bilan sotiladi. Tovar birjasida sotuvchi:

 Muayyan kelishilgan narxlarda;

 Muayyan o’rnatilgan muddarda;

 Muayyan miqdorda (sonda, xajmda);

 Muayyan maxsulot turini xaridorga yetkazib berish majburiyatini oladi.
Tovar birjalari uni tashkil etuvchilarning pul qo’yishi orqali (aksioner jamiyati singari) tashkil etiladi.

Moliya bozori – bu jamiyatdagi moliya xizmatlari bozoridir.Bu moliya mablag’larini vaqtincha xaq to’lab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan bo’lgan munosabatlardir. Moliya bozori banklarda, fond birjasida va auksionlarda o’tkaziladi. U asosan kreditlar bozori ko’rinishida bo’ladi. Kredit iste’mol tovarlarini sotib olish, o’z xususiy ishini tashkil etish yoki kengaytirish (ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini sotib olish), davlat xarajatlarini amalga oshirish va xokazolar uchun olinishi mumkin.

Kredit uchun to’lanadigan pul ,,narxi”, uning uchun to’lanadigan foizdir. Foiz (protsent) xar qanday narx kabi, bozordagi talab bilan taklif nisbatiga bog’liq.

Moliya bozori tarkibiga quyidagilar kitadi:

 Pul bozori;

 Qimmatli qog’ozlar bozori;

 Valyuta bozori;

 Investitsiya bozori (mablag’larini sarflash);

 Ssuda kapitali bozori;

 Sug’urta bozori x.k.


Moliya bozorida ikki guruxdan iborat subyektlar pul bilan munosabat qiladilar.Birinchidan – pul egalari yoki uni saqlab turuvchilar. Bunga axoli, firma, kompaniya va davlat muassasalari kiradi. Ikkinchidan – pulga muxtoj bo’lgan subyektlardir.

Xar ikkala subyektlar orasidagi erkin pul muomalasi, ya’ni uning oldi-berdi etilishi moliyaviy bozorni bildiradi.Bu bozordagi subyektlar o’rtasidagi munosabatlar xar ikki tomon uchun manfaatli bo’lgandagina yuzaga keladi.

Qimmatli qog’ozlar bozori – u darimad keltiruvchi qimmatli qog’ozlar: aktsiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit, sertifikatlarning oldi-sotdi qilinishidir. Bu bozor fond birjasi deb yuritilib, u yerda yirik korparatsiyalarning, markaziy va mahalliy davlat maxkamalarining qimmatli qog’ozlari sotiladi va sotib olinadi. Fond birjasiga kirmagan qimmatli qog’ozlar birjadan tashqari nobirjaviy bozorda muomalada bo’ladi.

Qimmatli qog’ozlar bozorida ham sotuvchilar va haridorlar munosabatda boladi, ular o’rtasida vakolatga ega bo’lgan brokerlar- maklerlar (dallollar) vositachilik qiladi. Bunday tashqari u bozorda maxsus birja chayqovchilari borki, ular aktsiya kursi o’zgarishini oldindan payqab, aktsiyalarni katta partiya (miqdor) da sotib olib, so’ngra uni qimmatga sotib katta daromad ko’rishadi.

Pul va qimmatli qog’ozlar bozori iqtisodiyotni boshqarishning muhim unsurlaridan biri. Bu bozor davlat harajatlarini kreditlash va byudjet taqchilligini qoplashning manbai sifatida katta axamiyatga ega.

Xalqaro kredit muomalasining rivojlanishi haxon pul bozorining vujudga kelishiga sabab bo’ladi (eng yiriklari Amerika pul bozori, u

Valyuta bozori – bu pul va qimmatli qog’ozlar bozori kabi moliya bozorining bir unsuridir. Bu yerda turli mamlakatlar valyutasi oldi-sotdi qolinadi. Bozorga korxona, firma, davlat idoralari va fuqarolar qatnashadi. Ulardan biri valyuta sotsa, ikkinchisi uni sotib oladi. Valyuta bozori amaliyotda valyuta bilan savdo qiluvchi banklar va valyuta auktsion ko’rinishida bo’ladi. O’zbekistonda valyutani oldi-sotdi qilish operatsiyalari bilan Respublika Markaziy banki, respublika tashqi, iqtisodiy Milliy banki va shu faoliyat ychun ruxsat berilgan banklar shug’ullanadi. Valyuta bozori:

 Chet el oldi-sotdisidagi o’zaro to’lovlarni bajarish;

 Valyuta xatarini sug’urtalash;

 Valyuta zaxiralarini diversifikatsiyalash;

 Valyuta sarflari bilan bog’liq turli tadbirlarni o’z ichiga qamrab oladi.
Valyuta bozorida muomalalar naqd yetkazib berish bilan yoki valyutani kelishilgan vaqtdagi kurs bo’yicha ma’lum muddatda (1-3 oy va undan ortiq muddatda ) yetkazib berish (forvard) shaklida amalga oshiriladi. Valyuta muomalalari asosan AQSH dollarida olib boriladi.

Mehnat bozori – bu ish kuchini oldi-sotdi qilish munosabatini bildiradi.Bu yerda tovar bozoridan farqli o’laroq, insonning o’zi emas, ma’lum muddatda sotiladi.Ish kuchi avval iste’mol etilib, so’ngra uning haqi to’lanadi.

Mehnat bozori aniq shakllarda yuz beradi.Ulardan eng muximi mehnat birjasidir.Savdo birjasi singari mehnat birjasi tovarni, ya’ni ishchi kuchini pulga ayirboshlashda vositachilik qiladi, ish kuchi egasi bilan uni yollovchi korxona yoki firma o’rtasida turadi.Birjada ish kuchiga bo’lgan talab bilan ish kuchiga bo’lgan taklif bir- biri bilan bog’lanadi. Mehnat birjasi:

 Ish kuchiga tushgan talabga binoan ro’yhatdan o’tgan ishsizlarni bo’sh joylariga jo’natadi;

 Kishilarni kasbga yo’naltiradi;

 Yangi ishchi kasbini egallashga undaydi;



 Malakani oshirish ishlari bilan shug’ullanadi


Narzullayev Umid
Kattakon rahmat ustoz…
Download 64.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling