1. Semantikaning lingvistika va leksikologiyada o’rganilishi


Sotsiolingvistik tahlil metodologiyasi


Download 67.03 Kb.
bet15/28
Sana18.12.2022
Hajmi67.03 Kb.
#1029682
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Bog'liq
21. 05 gr TESHABOYEVA XUMORA SEMANTIKA MUSTAQIL ISH

19. Sotsiolingvistik tahlil metodologiyasi
Hozirgi Sotsiolingvistika eʼtibor qaratishi zarur boʻlgan eng muhim muammolarga quyidagilarni kiritish mumkin: til va millatning oʻzaro taʼsirlashuvi; til va madaniyatning aloqasi va oʻzaro taʼsirlashuvi; bilingvizm (ikki tillilik) va diglossiya (bir tilning bir - biriga ijtimoiy qarshi qoʻyilgan turli xil kichik tizimlarining oʻzaro taʼsiri)ning ijtimoiy jihatlari muammosi; til siyosati muammosi (davlat, ijtimoiy guruhlar tomonidan tillarning yoki til tizimchalarining funksional taqsimlanishini oʻzgartirish yoki saklab qolish maqsadida, yangi lisoniy meʼyorlarni joriy qilish yoki eskilarini saqlab qolish maqsadida amalga oshiradigan choratadbirlar majmui) va boshqa.
Oʻzbekistonda fan sifatida Sotsiolingvistika va sotsiolingvistik tadqikrtlar endigina rivojlanib kelmoqsa. Oʻtgan asrning 70— 80y.laridagi ayrim sotsiolingvistik izlanishlar bir tomonlama — oʻsha vaqtdagi til siyosati nuqtai nazari va talablari asosida olib borilgan.
Sotsiolingvistika (lot societas — jamiyat va lingvistika) — tilshunoslik, sotsiologiya (jamiyatshunoslik), ijtimoiy psixologiya va etn. fanlari tutashmasida rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, ijtimoiy omillarning tilga taʼsir koʻrsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq koʻplab muammolar majmuini oʻrganuvchi ilmiynazariy soha. Ushbu muammolarning ayrimlari (mas, "til va jamiyat") umumiy tilshunoslik doirasida ham oʻrganiladi. Sotsiolingvistikaning fanlararo maqomi u foydalanadigan tushunchalar majmuida namoyon boʻladi. Chunonchi, sotsiolingvistik taxlilning asosiy tushunchasi deb karaladigan til jamoasi ham ijtimoiy, ham lisoniy belgilar asosida aniklanadi.
Sotsiolingvistikaning eng muhim tushunchalaridan biri lisoniy vaziyat tushunchasi boʻlib, u muayyan etnik birliklar yoki maʼmuriyhududiy birlashmalarda muomalaaloka izchilligini taʼminlaydigan tilning (tillar, mintaqaviy umumiy tillar, hududiy va ijtimoiy lahjalarning) yashash shakllari majmui sifatida taʼriflanadi.


Download 67.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling