1. Semantikaning lingvistika va leksikologiyada o’rganilishi


So’zlarning semantik tasnifi tamoyillari


Download 67.03 Kb.
bet2/28
Sana18.12.2022
Hajmi67.03 Kb.
#1029682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
21. 05 gr TESHABOYEVA XUMORA SEMANTIKA MUSTAQIL ISH

2. So’zlarning semantik tasnifi tamoyillari.
So‘zlarni mazmun xususiyatlariga ko‘ra guruhlashning ikkita asosiy tamoyili mavjud.
1. So‘zlarni semantik munosabatlarning asosiy turlariga qarab tasniflash.
2. Bu so‘zlarni boshqa lug‘at birliklari bilan bog‘lovchi assotsiatsiyalardan boshlab so‘zlarni guruhlash.
Til birliklarini tasniflashning ushbu tamoyillariga muvofiq quyidagi semantik sinflarni (yoki kategoriyalarni) ajratish mumkin: 1) sinonimlar; 2) antonimlar; 3) leksik va terminologik majmualar; 4) leksik-semantik guruhlar; 5) semantik sohalar.
Sinonimlar
Sinonimiya - lingvistik elementlarning muhim ma'nolarining mos kelishini anglatuvchi semantik munosabatlarning bir turi bo'lib, ular odatda konnotatsiyalar va stilistik xususiyatlardagi farqlarini saqlaydi. Sinonimiya til kategoriyasining mukammal turi emas. Inson tillarida deyarli hech qachon ma'no ekvivalenti bo'lmaydi, chunki hech qanday ikkita so'z ma'nosi, qo'llanilishi, holi yoki chastotasi bo'yicha mutlaqo bir xil emas.
Antonimlar (anti ... va yun. onoma – ism, nom) – zid ma’noli til birliklari. 3 turi mavjud: 1) leksik A. (baland – past, uzun – qisqa); 2) affik-A. (suvli – suvsiz); 3) sintaktik A. ( yuz – bashara).
Antonimlar (zid ma’noli soʻzlar) – grekcha anti – “zid”, “qarama-qarshi” onoma yoki onyma – “nom” degani boʻlib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan soʻzlardir, ya’ni ma’nosi bir-biriga zid ma’noli soʻzlar antonim deyiladi.
Antonimik juft hosil boʻlishi uchun ikkita mustaqil tushuncha ma’no jihatdan oʻzaro qarama qarshi boʻlishi kerak. Fe’llardagi boʻlishli-boʻlishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi. Antonimlar ba’zan juft holda qoʻllanib ma’no kengaytiradi yoki ma’no ifodalaydi:
tunu kun (har doim).


3. Polisemiya va omonimiya umumiy til hodisasi sifatida.
Koʻp maʼnolilik, polisemiya — til birliklarining birdan ortiq maʼnoga ega boʻlishi. Koʻp maʼnolilik — koʻp qirrali va murakkab hodisa. Deyarli har bir soʻzning lugʻaviy maʼno taraqqiyoti aniq, individual yondashishni, izohlashni talab qiladi. Koʻp maʼnolilik maʼnosi faqat matnda bilinadi. Onamning koʻzi hali yaxshi koʻradi (aʼzo); buloqning koʻzi, ignaning koʻzi (teshik); uzukning koʻzi (uzukka qoʻyilgan tosh); taxtaning koʻzi (taxtadagi doira shakl).
Koʻp maʼnolilik ikki yoʻl bilan hosil boʻladi: 1) soʻzning yangi maʼno kasb etishi natijasida. Masalan, yer soʻzi dastlab bir maʼnoli boʻlgan, qolgan maʼnolar soʻzning maʼno tarkibi taraqqiyoti natijasida paydo boʻlgan; 2) koʻp maʼnoli soʻzdan yoki koʻp maʼnoli qoʻshimcha vositasida soʻz yasalishi natijasida. Koʻp maʼnoli soʻzlar qancha maʼnoga ega boʻlmasin, bu soʻzlar maʼnosi oʻzaro bogʻlangan, yaʼni maʼnolar orasida qandaydir semantik aloqa mavjud boʻladi. Xuddi shu xususiyat ularni omonimlardan farqlaydi. Soʻzning Koʻp maʼnoliligini, asosan, matn hal etadi: soʻzning ishlatilish matni qanchalik rang-barang boʻlsa, bu soʻz shunchalik koʻp lugʻaviy maʼnoni ang-latadi
Omonimlar (omo ... va yun. oputa — nom, ism) — umumiy maʼno unsurlariga ega boʻlmagan, tasavvuriy bogʻlanmagan, lekin bir xil yozilib, bir xil aytiladigan soʻzlar; ular orasida semantik aloqa boʻlmaydi. Ana shunday soʻzlarning tilda mavjud boʻlishi va shunga bogʻliq hodisalar omonimiya deyiladi. Omonimning lugʻaviy va grammatik koʻrinishlari farqlanadi.
Omonimning tilda paydo boʻlish sabablari turlichadir: avvallari har xil aytilib, bir xil eshitiladigan soʻzlar talaffuzining tarixiy jarayonda tovush almashinishi yoki talaffuz oʻzgarishi natijasida bir-biriga mos kelib qolishi; (ot — ism, ot — hayvon; oʻt — olov, oʻt — oʻsimlik) boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlarning talaffuz va yozilish jihatidan ona tilidagi soʻzlarga mos kelib qolishi (turbosqich; tur-xil, nav); tilda mavjud boʻlgan koʻp maʼnoli soʻz maʼnolarining bir-biridan uzoqlashishi (dam — nafas; dam — hordiq; dam — bosqon) va boshqa.



Download 67.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling