1-semestr 1-lаborаtoriya ishi mavzu: Farmatsevtik injiniring fanidan fizik kattaliklar va ularni o’lchash. Maqsad


Download 0.54 Mb.
bet84/129
Sana08.11.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1754284
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   129
Bog'liq
1-semestr 1-lаborаtoriya ishi mavzu Farmatsevtik injiniring fan-www.hozir.org

9.2 – rasm. Absorbentning solishtirma sarfini aniqlash.
Absorbsiya jarayonining asosiy tenglamasi absorbsiya jarayoni ikki fazali sistemalarning massa o’tkazish tenglamasi bilan ifodalanishi mumkin:

yoki

Ko’pincha absorbsiya jarayonining massa o’tkazish tenglamasida harakatga keltiruvchi kuch p – pm bosimlar farqi bilan ifodalanadi:

yoki

(9.8)

bu yerda p – gaz aralashmasida tarqalayotgan gazning ishchi parsial bosimi; pm – absorbent ustidagi gazning muvozanat bosimi; Km – massa o’tkazish koeffitsienti; M – gaz fazasidan suyuq fazaga o’tgan massa miqdori; – jarayonning o’rtacha harakatga keltiruvchi kuchi.
Agar muvozanat chizig’i to’g’ri bo’lsa, jarayonning o’rtacha harakatga keltiruvchi kuchi ushbu formuladan topiladi:
bu yerda va absorberning oxirgi qismlaridagi harakatga keltiruvchi kuchlar; va - absorberga kirayotgan va chiqayotgan gazning parsial bosimi; , - absorberga kirayotgan va chiqayotgan gazning muvozanat parsial bosimi.
Absorbsiya jarayonida massa almashinish mexanizmi quyidagicha: har bir faza asosiy massa va chegaraviy yupqa qatlamdan iborat bo’ladi. Asosiy massa yutiluvchi komponent konvektiv diffuziya yo’li bilan o’tadi.
Ikkala chegaraviy yupqa qatlamda esa, yutiluvchi komponentning o’tishi molekulyar diffuziya usulida boradi. Shuning uchun, absorbsiya jarayonida massa o’tkazishga bo’lgan qarshilik chegaraviy yupqa qatlamlar yig’indisidan iborat bo’ladi. Suyuq, yupqa qatlamdagi massa o’tkazishga bo’lgan qarshilik 1/βy, gazdagi esa – m/βx bo’lsa, massa o’tkazish koeffitsienti ushbu tenglamadan hisoblanadi.

(9.9)


(9.10)
bu yerda βy – gaz oqimidan fazalarni ajratuvchi yuzasiga massa berish koeffitsienti; βx – fazalarni ajratuvchi yuzadan suyuqlik oqimiga massa berish koeffitsienti; m – proporsionallik koeffitsienti, absorbtiv va absorbent xossalariga va temperaturaga bog’liq.

Koeffitsient m ning kattaligi massa o’tkazish tenglamasining tuzilishiga ham ta’sir etadi. Yaxshi eriydigan gazlar uchun m ning qiymati juda kichik bo’ladi. Shuning uchun, suyuqlik fazasidagi diffuzion qarshilik ham kichikdir. 1/βy>>m/βx bo’lgani uchun, (9) tenglama quyidagicha yoziladi:

Ky = βy


Qiyin eriydigan gazlar uchun proporsionallik koeffitsient m ning qiymati juda kattadir. Shuning uchun, gaz fazasidagi diffuzion qarshilikni nisbatga olmasa ham bo’ladi. 1/βx>>1/βym bo’lgani uchun, (10) tenglama quyidagicha yoziladi:

Kx = βx


ya’ni, hamma diffuzion qarshilik suyuq fazada mujassamlangan bo’ladi.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling