1-semestr 1-lаborаtoriya ishi mavzu: Farmatsevtik injiniring fanidan fizik kattaliklar va ularni o’lchash. Maqsad


Absorbsiya jarayonini olib borish usullari


Download 0.54 Mb.
bet85/129
Sana08.11.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1754284
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   129
Bog'liq
1-semestr 1-lаborаtoriya ishi mavzu Farmatsevtik injiniring fan-www.hozir.org

Absorbsiya jarayonini olib borish usullari
Xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida absorbsiya jarayonini tashkil etishda quyidagi prinsipial sxemalar qo’llaniladi:



  • parallel yo’nalishli;



  • qarama – qarshi yo’nalishli;



  • bir pog’onali, qisman resirkulyatsiyali;



  • ko’p pog’onali, qisman resirkulyatsiyali;



Parallel yo’nalishli sxema 9.4a – rasmda ko’rsatilgan. Bunda gaz oqim va absorbent parallel (bir xil) yo’nalishli harakatlanadi. Absorberga kirishda, absorbtiv konsentratsiyasi katta bo’lgan gaz faza, absorbtiv konsentratsiyasi past bo’lgan suyuq faza bilan to’qnashuvda bo’lsa, qurilmadan chiqishda esa – absorbtiv konsentratsiyasi kichik bo’lgan gaz faza, absorbtiv konsentratsiyasi yuqori bo’lgan suyuqlik bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi.

Qarama – qarshi yo’nalishli sxema 9.4b – rasmda ko’rsatilgan.

9.4-rasm. Absorbsiya sxemalari va jarayonni y-x koordinatlarda tasvirlash.

a – parallel; b – qarama-qarshi; c – absorbent resirkulyatsiyasi bilan; d – absorbtiv resirkulyatsiyasi bilan.


Ushbu sxemali absorberlarning bir uchida absorbtiv konsentratsiyasi yuqori gaz va suyuqlik to’qnashuvda bo’lsa, ikkinchi uchida esa – konsentratsiyalari past fazalar o’zaro ta’sirda bo’ladi.
Qarama-qarshi yo’nalishli sxemalarda parallel yo’nalishliga qaraganda, absorbentdagi absorbtiv eng yuqori qiymatiga erishsa bo’ladi. Lekin, jarayonning o’rtacha harakatga keltiruvchi kuchi parallel yo’nalishliga nisbatan kam bo’lgani uchun, qarama-qarshi yo’nalishli absorberning gabarit o’lchamlari katta bo’ladi.
Absorbent yoki gaz fazaning resirkulyatsiyali sxemalari (9.4c,d-rasm). Bunday sxemalarda absorbent ko’p marta o’tadi.
9.4c-rasmda absorbent bo’yicha resirkulyatsiyali sxema keltirilgan. Bunda, gaz faza absorberning tepa qismidan kirib, past qismidan chiqib ketsa suyuq faza esa qurilmadan bir necha marta qaytarib o’tkaziladi. Absorbent qurilmaning tepa qismiga uzatiladi va gaz fazasiga qarama-qarshi yo’nalishda harakatlanadi. Yangi, xb konsentratsiyali absorbent absorberdan chiqayotgan suyuq faza bilan aralashishi natijasida uning konsentratsiyasi xc ga ko’tariladi. Jarayonning ishchi chizig’i y-x diagrammada AB to’g’ri chizig’i bilan ifodalanadi. Absorbtivning aralashtirishdan keyingi konsentratsiyasi xc ni moddiy balans tenglamasidan topish mumkin.
Agar absorberga kirishdagi absorbent miqdorini yangi absorbent miqdoriga nisbatini n deb belgilasak, moddiy balans tenglamasi ushbu ko’rinishda yoziladi:
bundan

(9.11)

Gaz fazasi resirkulyatsiyali absorbsiya sxemasi 9.4d-rasmda keltirilgan. Ishchi chiziq holati Ac (yc, xox) va B (yox, xb) nuqtalari bilan belgilanadi. yc konsentratsiya moddiy balans tenglamasidan aniqlanadi:

(9.12)


Absorbent harakat tezligi ortishi bilan massa berish koeffitsienti ko’payadi, bu esa o’z navbatida massa o’tkazish koeffitsientining o’sishiga olib keladi.
Qiyin eruvchan gazlarni absorbsiya qilish paytida absorbentni resirkulyatsiya qilish usulini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Agar, absorbtiv resirkulyatsiya qilsa, gaz fazasida massa berish koeffitsienti ko’payadi. Bu usul yaxshi eriydigan gazlarni absorbsiya qilishda yuqori samara beradi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling