Bir-birida erimaydigan yoki qisman eriydigan suyuqlik aralashmalari. Agar, A va B komponentlar bir-birida to’liq erisa, komponentlar molekulalarining o’zaro tortishish kuchlari 0 ga teng bo’ladi. Bunda, har bir komponent o’zini mustaqil tutadi va quyidagi bosimda qaynaydi:
Agar, aralashma komponentlari bir-birida erimasa, istalgan komponent parsial bosimi, uning o’sha temperaturada to’yingan bug’ bosimiga teng.
Aralashmaning qaynash tempera-turasi tar suyuq aralashmaning tarkibiga bog’liq emas (11.3-rasm abd chiziq).
Aralashmaning qaynash temperaturasi har doim toza komponentlar qaynash temperaturalaridan past bo’ladi.
Tabiatda bir-birida absolyut erimaydigan moddalar kimdan-kam uchraydi. Agar, qisman eriydigan suyuqlik aralashmalarida qaynash temperaturasi ac yoki dc chizig’i bo’ylab eritmaning asosiy komponentining qaynash temperaturasi-gacha o’zgaradi.
Bug’ning kondensatsiyalanish temperaturasi cb va eb chiziqlari bo’ylab o’zgaradi. Diagrammadagi b nuqtada y0 = Pa/P=const tarkibli bug’ kondensatsiyalanadi.
Nazorat uchun savollar
1. Haydash nima?
2. Konovalov qonuni qanday ta’riflanadi?
3. Rektifikatsiya nima?
4.Haydash va rektifikatsiya qaerda ishlatiladi
Amaliy mashg`ulotni chuqurlashtirish maqsadida aqliy hujum, klaster, elpig’ish usullari va 3x3 texnologiyalaridan foydalaniladi.
Adabiyotlar:
1. N.R. Yusupbekov, H.S. Nurmuhammedov, S.G. Zokirov “Kimyoviy texnologiya asosiy jarayon va qurilmalar” 2003 yil.
2. Z. Salimov, I.S. To`ychiyev “Ximiyaviy texnologiya protsesslari va apparatlari” 1987 yil.
3. N.R. Yusupbekov, H.S. Nurmuhammedov, P.R. Ismatullayev, S.G. Zokirov, U.V. Mannonov “Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarining asosiy jarayon va qurilmalarining hisoblash va loyihalash” 2000 yil.
4. Pharmaceutical Process Engineering, Second Edition, Anthony J. Hickeyand David Ganderton, NY, USA, v.195
Do'stlaringiz bilan baham: |