1-seminar mashg’ulot topshiriqlari mavzu: Kredit modul tizimiga kirish Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar


Download 302 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi302 Kb.
#1001335
Bog'liq
1 амалий машгулот топшириклари лотин


1-SEMINAR MASHG’ULOT TOPSHIRIQLARI
Mavzu: Kredit modul tizimiga kirish


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Kredit-modul tizimiga oʻtishning maqsad, mohiyat va afzalligi nimada?
2. Kredit-modul tizimi nima?
3. Nega Yevropa maktabiga ustuvorlik berilmoqda?
4. Kredit modul tizimiga o’tishdan oldingi davrda Oʻzbekistondagi ahvolqanday edi?
5. ECTS talablari nima?
6. Transformatsiya jarayonlari deganda nimani tushunasiz?
7. Yangi tizimga o‘tilishdan qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?
Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida eʼtirof etiladigan qatorlarni to’ldiring:
1) oʻquv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;
2) __________________________________________
3) __________________________________________
4) __________________________________________
5) __________________________________________
6)__________________________________________

Guruh bilan ishlash qoidalari
Guruh a’zolarining har biri

  • o‘z sheriklarining fikrlarini hurmat qilishlari lozim;

  • berilgan topshiriqlar bo‘yicha faol, hamkorlikda va mas’uliyat bilan ishlashlari lozim;

  • o‘zlariga yordam kerak bo‘lganda so‘rashlari mumkin;

  • yordam so‘raganlarga ko‘mak berishlari lozim;

  • guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim;

  • “Biz bir kemadamiz, birga cho‘kamiz yoki birga qutilamiz” qoidasini yaxshi bilishlari lozim.




  1. Topshiriq. Kredit-modul tizimi texnologik xaritasi.

Modulli ta'lim texnologiyasi fani buyicha ajratilgan dars vaqtlari


Mustaqil talim

Amaliy mashg' ulotlar

Seminar mashg'ulotlar

Maruza mashg'ulotlari




20

20




12

Darslarni bu yusinda tuzishdan kuzlangan maqsad, talaba bilimini oshirish, egallagan bilimlarini kunikma orqali mustahkamlab olish ko'zlangan. Buning uchun esa dars davomida quyidagi ishlanmalardan foydalanish maqsadimizga erishishimiz uchun poydevor buladi.

Darslarda elektron resurslar, kurgazmali materiallar, test va muzokaralar, savol javoblar orqali mavzularni mustahkamlash, talabalarning har bir taklif va talablarini bilish, har bir uzgarishlarga, qarorlarga talabalar talab va takliflarini inobatga olish kerak.











Kridit

talabaning alohida taʼlim yoʻnalishi yoki dasturi (kurs) boʻyicha fanlarni oʻqib oʻrganishi va oʻz­lashtirishi uchun sarflangan oʻquv yuklamasining (vaqtning) oʻlchov birligidir.
­Kredit — talabaning meʼyoriy hujjat bilan belgilangan, odatda bir hafta davomida auditoriyada va mustaqil ravishda taʼlim olishi uchun ajratilgan minimal vaqt oʻlchovidir. Talabaga kredit maʼlum bir fandan belgilangan topshiriqlarni bajarib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng beriladi.

Modul

bir nechta fan hamda kurslar oʻrganiladigan oʻquv rejasining bir qismi. U talabalarda maʼlum bir bilim va koʻnikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega boʻlishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Bunda oʻqituvchi oʻquv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video hamda audio maʼruzalar oʻqiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil oʻrganadi hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi.

Tarix va sabab



Kredit ilk marotaba XVIII va XIX asrlarda AqSh universitetlarida joriy etilgan boʻlib, oʻquv jarayonlarini liberalizatsiya qilish, talabaning haftalik akademik yuklamasini belgilab berish maqsadida yaratilgan.

Bolonya deklaratsiyasining 1-funksiyasiga muvofiq bu tizim

birinchisi, talabalar va oʻqituvchilarning mobilligini, yaʼni bir oliy taʼlim muassasasidan boshqa OTMga toʻsiqlarsiz, erkin ravishda oʻtishini (oʻqishni yoki ishni koʻchirish)ni taʼminlaydi;

Bolonya deklaratsiyasining 2-funksiyasiga muvofiq bu tizim

ikkinchisi, talabaning tanlagan taʼlim yoʻnalishi yoki mutaxassisligi boʻyicha barcha oʻquv va ilmiy faoliyati uchun akademik yuklama — kredit aniq hisoblab boriladi. Kredit yigʻindisi talabaning tanlagan ­dasturi boʻyicha nimani qancha oʻzlashtirganligini namoyon etadi.

Boloniya deklaratsiyasi.(ortga nazar)

tizimni yaratish uchun oʻtgan asrning 70-yillaridan Yevropadagi barcha oliy taʼlim muassasalarining integratsiyasini taʼminlash, oliy taʼlimning yagona standartini yaratish, talabalar va oʻqituvchilar mobilligini yoʻlga qoʻyish, diplomlarni tan olish, talabalar bilimi, malakasi hamda koʻnikmasiga qoʻyiladigan ballarni unifikatsiya qilish bilan bogʻliq bir qator muammolarni yechishga qaratilgan saʼy-harakatlar boshlab yuboriladi.Mazkur harakatlarning samarasi oʻlaroq, 1999-yilda Italiyaning Bolonya shahrida 29 ta mamlakat vakillari tomonidan Bolonya deklaratsiyasi imzolanadi.

Bugungi kunga kelib, Bolonya jarayonida 48 ta mamlakat ishtirok etadi. Ularning orasida MDh mamlakatlaridan Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova, Armaniston, Gruziya, qozogʻiston va Belarus Respublikasi ham bor.



Kredit soatlar timsoli

1 kredit = 12 akademik soat + 18 soat mustaqil taʼlimni tashkil etadi. Shu bois 1 kredit 30 soatga teng deb qaralib, talabaning haftalik auditoriya yuklamasi 20 soatga teng. Malakaviy amaliyot uchun ajratilgan kredit miqdori tegishli fan yoki fanlar hisobiga amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

Kredit-moduloʻqitishtizimi

oʻtish oliy oʻquv yurti professor-oʻqituvchilariga boʻlgan majburiyat hamda talabni ham oshiradi. Yuqorida taʼkidlab oʻtilganidek, modulli oʻqitish tizimi bilan oʻqituvchi nafaqat axborot beruvchi va nazorat qiluvchi funksiyalarini, balki maslahatchi hamda muvofiqlashtiruvchilik vazifalarini ham bajaradi. Pedagogik jarayonda oʻqituvchining yetakchilik roli saqlab qolinadi.

Kredit-modul



Uning oʻzi nima?— taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash.



Test.



  1. Kredit-modul tizimida 1 o'quv yili nechta semestrga bulinadi?

  1. 2 ta

  2. 4 ta

  3. 8 ta

  1. Kredit-modul tizimida bir yillik kreditlar soni qancha?

  1. 80

  2. 60

  3. 120

  1. Boloniya deklaratsiyasini imzolashda nechta mamlakatlar qatnashgan?

  1. 30

  2. 55

  3. 29

  1. Bir kredit hajmi qancha akademik soat hajmiga teng?

  1. 12

  2. 35

  3. 32

  1. Boloniya deklaratsiyasi nechanchi yilda imzolandi?

  1. 1999

  2. 2000

  3. 2003

  1. Kredit-modul tizimining asosiy funktsiyasi bu-

  1. Talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash.

  2. talabaning tanlagan taʼlim yoʻnalishi yoki mutaxassisligi boʻyicha barcha oʻquv va ilmiy faoliyati uchun akademik yuklama

  3. . Malakaviy amaliyot uchun ajratilgan kredit miqdor

  1. Boloniya deklaratsiyasining asosiy funktsiyasi nechchi turga bulinadi?

  1. 2

  2. 5

  3. 7

  1. Boloniya deklaratsiyasini tuzish haqidagi dastlabki g'oyalar qachon paydo buldi?

  1. oʻtgan asrning 70-yillaridan

  2. oʻtgan asrning 20-yillaridan

  3. oʻtgan asrning 80-yillaridan

  1. Talabaning haftalik auditoriya yuklamasi necha soatga teng.

  1. 20

  2. 45

  3. 25

  1. Boloniya deklaratsiyasidan ko'zlangan maqsad.....

  1. oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli sifatida kurish.

  2. Yevropadagi barcha oliy taʼlim muassasalarining integratsiyasini taʼminlash, oliy taʼlimning yagona standartini yaratish, talabalar va oʻqituvchilar mobilligini yoʻlga qoʻyish, diplomlarni tan olish, talabalar bilimi, malakasi hamda koʻnikmasiga qoʻyiladigan ballarni unifikatsiya qilish

  3. talabaning tanlagan taʼlim yoʻnalishi yoki mutaxassisligi boʻyicha barcha oʻquv va ilmiy faoliyati uchun akademik yuklama — kredit aniq hisoblab boriladi.

  1. Adabiyotlar ro'yxati.

1.Elektron resurs manba.
2.Kredit-modul tizimiga o‘tish haqidagi nizom
3.Kredit tizimiga oid ilmiy qo'lyozma hujjatlar
4.Modulli ta'lim texnologiyalari fani buyicha o'quv qo'llanma
Download 302 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling