1-Seminar. Mavzu


Download 54.97 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi54.97 Kb.
#1614096
1   2   3
Bog'liq
1-sem

Topshiriqlar -1



  1. Siz «Falsafa» tushunchasining mohiyatini qanday tushunasiz?

  2. Falsafaning bahs mavzusi nimada?

  3. Falsafaning mantiqiy-gnoseologik funksiyasi deganda nimani tushunasiz?

  4. Falsafaning umuminsoniyligi deganda nimani tushunasiz?

  5. Dunyoqarash nima?

  6. Sizningcha falsafiy dunyoqarashning g’oyaviy ildizlari nimalarda namoyon bo’ladi?

  7. Siz dinning dunyoqarash tizimidagi o’rni va axamiyatini qanday ta’riflaysiz?

  8. Falsafiy dunyoqarashning vazifalari nimalardan iborat deb o’ylaysiz?

  9. Mifologik dunyoqarash nima, uning mazmuni va ahamiyati?

  10. Qadimgi Sharq va G’arb falsafasining umumiyligi va farqi?

  11. IX-XII asrlarda markaziy Osiyo hududida falsafiy fikrlarning shakllanishi.

  12. M. Xorazmiyning tabiiy ilmiy va falsafiy qarashlari.

  13. Al-Forobiyning falsafiy qarashlari.

  14. Al-Beruniyning tabiiy ilmiy va falsafiy qarashlari.

  15. Ibn-Sinoning tabiiy ilmiy va falsafiy qarashlari.

  16. . Amir Temurning ijtimoiy-falsafiy qarashlar.

  17. XX-XXI asr o‘zbek falsafasi.

Topshiriq №2
Falsafa fani rivojiga hissa qo’shgan mutafakkirlar
KAZUS (Ajurli arra pedagogik texnologiyasi asosida)

1. Buyuk mutafakkir jamiyat rivojida mehnat takqsimotining rolining ta’kidlaydi va birinchi ma’lum stratifikatsiya nazariyasini ta’riflaydi.

1. Abu Rayxon Beruniy
2. Platon
3. Aristotel
4. Al-Moturidiy
5. Abu Nasr Forobiy
6. Imom Buxoriy
7. Bahouddin Naqshband
8. Ibn Sino
9. Yusuf Xos Xojib



2. U yaratgan ijtimoiy strukturada bosh element sifatida barqaror va normal faoliyat ko’rsatayotgan davlatning asosi hisoblanuvchi o’rta sinf amal qiladi. davlat shakllarini boshqaruvning uch to’g’ri va uch noto’g’ri shakllariga ajratib, davlat qurilishining ilk tasniflaridan birini taklif qiladi
3. Insonning hamma amallari oldindan uning taqdiriga g’zib qo’yilgan, shu bois u o’zi qilayotgan ishlarga ma’sul emas, degan nuqtai nazarini ham, qadariylarning, Olloh inson faoliyatlari va amallarining himoyachisi emas, degan nuqtai nazarini ham tanqid qilib, inson yaxshi va g’mon amallarni o’z erkiga ko’ra tanlashi va bu yo’lda Ollohning madadini olishi nazariyasini ilgari suradi

4. U o’zining «Fozil odamlar shahri» asarida insondagi insoniylik mohiyati o’zlikni anglashdan boshlanishi, fozil shaxs voqea va xodisalarning mohiyatini idrok eta bilishini, mohiyatga intilish xaqni tanish ekanligini, insonga berilgan ruh aqlni rivojlantirishga, unga quvvat bag’ishlashga ma’sul ilohiy kuch ekanligini, aql esa inson tomonidan narsalarni mohiyatan tanlab farqlashga ko’mak berishini asoslab berdi.

5. dunyoning rang-barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl va materiya haqidagi ta’limotidan foydalangan. U jonning umrboqiyligi haqidagi masalada Platon fikriga qo‘shilmagan, chunki, uning paydo bo‘lishi va o‘limi tananing paydo bo‘lishi va o‘limi bilan bir vaqtda yuz beradi, deb hisoblagan.

6. Olamning barqaror amal qilishi jamiyat va tabiatning o’z-o’zini idora qilish, mustaqil boshqarish xususiyatining ishga tushishi va harakatlanishi bilan izohlanadi, deb hisoblaydi. Xamma narsaning yuz berishida taqdiri azalning roli, ilohiy hukmning mutloqlashuvi g’oyasiga qarshi chiqib, dunyo kamoloti uchun jamiyat a’zolarining erkin faoliyatiga ham katta ehtiyoj borligini asoslab beradi

7. XI asrda yaratilgan «Qutadg’u bilig» asari ham ijtimoiy qarashlarga boy. Bu kitob axloq-odob ta’lim va tarbiya hamda ma’naviy kamolotning yo’l-yo’riqlarini, usullarini, chora- tadbirlarini mujassamlashtirib, o’zida jam qilgan buyuk qomusiy asardir



8. Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi ishonchli manba sanalmish “Sahihi Buxoriy” nomli hadislar to‘plamini tuzgan 60 mingga yaqin hadis to‘plagan ulug‘ alloma

9. naqshbandiya tariqatining asoschisidir. Bu ta’limotning mohiyati «Dil — ba yoru dast — ba kor» shiorida yaqqol ifodasini topgan. Inson Olloh inoyati natijasi bo‘lib, bu dunyoni unutib qo‘ymasligi lozim, uning qalbi doimo Ollohda, qo‘li esa mehnatda bo‘lmog‘i lozim. U tasavvufning barcha tariqatlari singari shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat maqomlarini e’tirof etadi



Testlar


1. Falsafiy tafakkur Qadimgi Sharq va G‘arbda ijtimoiy ongning dast- labki shakli sifatida qanday ko‘rinishda vujudga kelgan?
A. Mifologiya
B. Ontologik
V. Gnoseologik
G. Dialektika
2. Mifologiyada dastlab qanday masalalar qo‘yilgan?
A. Dunyo qanday vujudga kelgan va u qanday rivojlanadi? Hayot va o‘lim nima? B. Nega tug‘ildik va nimaga o‘lamiz
V. Biz kimmiz, nega tug‘ildik
G. Unday nazariya bo‘lmagan
3. Antik davrda falsafa rivojlangan shaharlarni belgilang?
A) Ioniya, Sitsiliya, Afina
B. Makedoniya, Samarqand, Buxoro
V) Buxoro, Toshkent
G. Xiva, Toshkent
4. Sharq va G‘arb falsafasi nimaga qarab rivojlangan?
A. Umuminsoniy qadriyatlarga
B. Davlatlarga qarab
V. Mehnat taqsimotiga qarab
G. Qurollarning takomillashuviga qarab
5. Markaziy Osiyoda ma’naviy-falsafiy merosning eng qadimgisi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A. Avesto
B. Talmut
V. Injil G.
Qur’oni Karim

Muhokama uchun savollar


1.Yangi va eng yangi davr falsafasining o’ziga xos xususiyatlari nimada? 2.«Nemis mumtoz falsafasi” deyilganda qanday falsafani tushunasiz?
3.Nemis mumtoz falsafasiga qanday xususiyatlar xos ?
4.I.Kantni nega nemis mumtoz falsafasining asoschisi deymiz?
5.F.Gegelning nemis mumtoz falsafasidagi o’rni qanday?
6.Gegelning dialektik metodi va idealistik sistemasi deyilganda nimani tushunasiz?
7.F.Bekon –Yangi davr falsafasi asoschisi.
8.R.Dekartning bilish haqidagi ta’limoti.
9.T.Gobbsning ijtimoiy va falsafiy qarashlari.
10.Siyentistik tendensiyaning mohiyati nima.
11.Yangi davr falsafasida faylasuflarni qiziqtirgan asosiy masalasi nima? 12.Falsafa va fan mutanosibligi.
13. XX asrdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, va madaniy-ma’naviy hayotda qanday o’zgarishlar yuz berdi?
15. XX –XXI asr falsafasining qanday umumiy xususiyatlari mavjud?
16. XX-XXI asr falsafasiga xos qanday falsafiy oqimlar va falsafiy maktablarni bilasiz?
17. XX asr falsafasida neopozitivizm falsafiy oqimining mohiyati nimadan iborat?



Download 54.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling