1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Darslik 8-sinf ona tili yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 46.1-mashq . Yig‘iq gaplarni yoyiq, yoyiq gaplarni yig‘iq gaplarga aylantiring.
Uyga vazifa
45.4-mashq. Topishmoqlardan egali va egasiz gaplarga 2 tadan misol topib, daftaringizga ko‘chiring. 45.2-topshiriq. Berilgan so‘zlarni lug‘aviy ma’nosiga ko‘ra tasniflang va uyadosh so‘zlar guruhining har biriga uya so‘zlar toping: mitti, lo`ppi, avom, issiq, iliq, osuda, farovon, moviy, nofarmon, zarg`aldoq, do’ndiq, qiyshiq, jingalak, yirik, og`ir, vazmin, tor, uzun, shirin, sho`r, nordon, chuchuk, xushbo`y, muattar, qo`lansa, badbo`y, tonggi, kuzgi, ertangi, o`rtancha, to`ng`ich, kenja, muhtoj, mushtoq, alvon… 46-dars ATOV GAP 46.1-topshiriq . 1.Gaplarni o‘qing. Ko‘z o‘ngingizda nimalar gavdalanganligini bayon qiling. 1.− Eh yoshlik, yoshlik! Suvday o‘tib ketadi-ya! − Qarilik ham! (“Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so`zlar”) 2.Harakat qilmoq! Harakat qilmoq! Biz shuning uchun mavjudmiz. (I.Fixte) 3.Sayl. Hammayoq odamlarga to`lib, g`ala-g`ovur, o`yin-kulgi boshlanib ketdi. (Mirmuhsin) 4.Tun. Hammaga qo`rquv solib turuvchi Ixtiyoriddin qal’asi. Baland va xo`mraygan sovuq bu binoda chiroq yo`q, faqat darvozalari, qalin devorlari ustida mash’ala ko`tarib yurgan posbonlargina bor. (Mirmuhsin) 5.Cheksiz dasht, yassi tepaliklar… Me’morning mag`rib tomonda, tepaliklar ustida yarqirab turgan yarim oy o`rog`iga ko`zi tushdi. (Mirmuhsin) 6. Shavvol, ya’ni saraton avjga mingan, havoning nihoyatda qizigan bir kini. Tаllimarjondan chiqqan uch arava Dasht karvonsaroyida andak to`xtadi. (Mirmuhsin) 46.1-mashq . Yig‘iq gaplarni yoyiq, yoyiq gaplarni yig‘iq gaplarga aylantiring. 1. 1264-hijriy, dalv oyining o‘n yettinchisi, qishki kunlarning biri. Quyosh botqan, tevarakdan shom azoni eshitiladir... 2. Poyabzal bozori va uning burchagidagi havli... O‘qug‘uvchi, albatta, bu havlining egasi bilan tanish chiqar. 3.Qayin ota, qayin ona, kuyav... Bu uch burchaklik o‘lturmishdan Otabek ko‘nglida necha turluk shubha tug‘ilmoqda edi. 4. Saratonning ikkinchi kuni... Marg‘ilonning shimolida bo‘lg‘an B... mahallasining kunchiqar tomonida janubga qarab burulg‘an tor ko‘chaning yuqorig‘i burchagida otining tizginini ushlagani holda bir yigit kiyimiga o‘lturgan chang-to‘zonlarini qoqar edi. (A.Qodiriy) 5. Tong. Hali oftob chiqmagan bo‘lsa ham, ko‘pchilik beklar va mulozimlar devonda hozir erdilar. 6. Toshkent... O‘n besh-yigirma yildan beri urushning sovuq nafasi tegmagan bu shahar Samarqandga nisbatan osuda hayot kechirmoqda edi. (P.Qodirov) Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling