1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

va tuzatib ko‘chiring. 
Namuna: Sher bizdan dastlab hayqirib turdi – Sher bizdan dastlab hayiqib 
turdi. 
1.197... - yilning 22-avgusti. Bu kun tramvay haydovchi qiz Munira
Shayxuddinova xotirasida umr bo‘yi o‘chmaydi...
2.G`ariblik, musofirlik yillari… Mashhaddagi yetti-sakkiz yilli hayot – xarob 
ba’qalar, sovuq, tor madrasa hujralarida kunduzlari quyoshga chiqib havo olmay, 
tunlari mijja qoqmay, muttasil kitob ko`rish… 
3.Kechki kuz fasli. Hirotning erinchak qishi hali o`zini sezdirgan emas. 
4.Qiyom chog`i edi. Yarqiroq, uzun, keng shohi to`n kiygan va kattagina 
oppoq sallani bukun, nima uchundir, qunt bilan o`ragan Sultonmurod “Ixlosiya” 
madrasasidan chiqdi… 
5.Mana, to`rt ko`z bilan kutilgan kun… Xalq Astrobodning uzoq-yaqin, katta-
kichik yo`llaridan, jin ko`chlaridan oqib, zo`r to`lqinga quyiladiki, bu to`lqinning bir 
uchi shahar darvozasidan oqib, dalaga yoyilgan. 
46.3-topshiriq. 
Musofir, mijja qoqmay, jin (ko‘cha) so‘zlarining izohlarini 
aniqlang va lug‘at daftaringizga ko‘chiring: 1)safardagi kishi; 2)uyqusiz holda 
bo‘lish; 3) faqat odam yura oladigan tor; 4) boshi berk. 


46.4-topshiriq. 
Matnni o`qing. Qush xatti-harakatining ijobiy va salbiy 
tomonlarini inobatga olib qiyosiy matn yarating. Matn g‘oyasini maqollarda 
ifodalang. 
Kalila dedi: “Bir to`da maymunlar bir tog`da yashar edilar. Bir kuni quyosh 
botib, dunyo yuzini zulmat pardasi qoplaganda jilovsiz izg`irin har tomonga 
yugurib, maymunlarga hujum qila boshladi. Bechora maymunlar sovuqdan titrar 
va isinish uchun biror chora axtarar edilar. Nogoh bir joyda yaltiroq bir qurtni 
ko`rib qoldilar va hadeb puflay boshladilar. Ularning qarshisida daraxt ustidagi bir 
qush: “Bu olov emas, kechasi yaltirab ko`rinadigan yaltiroq qurt”, - deb qichqirib, 
faryod qilar edi. Maymunlar esa uning gapiga e’tibor bermas edilar. Shu asnoda 
o`tkinchi bir odam kelib ahvolni ko`rdi va qushga: “O`zingni ko`p koyitma, ular 
sening so`zingga quloq soladigan, foydasiz ishdan voz kechadiganlardan emas
ularga nasihat qilish qilichni toshga urish va shakarni suv ostiga bekitish bilan 
barobardir”, – dedi.
Qush odamning so`zlariga e’tibor bermay, maymunlarning xatosini 
tushuntirish uchun daraxtdan tushib ular yoniga keldi. Maymunlar uni o`rab olib 
boshini uzib tashladilar. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling