1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


(“Sharq hikoyat va rivoyatlari”)


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

(“Sharq hikoyat va rivoyatlari”) 
 
Quyidagi izohlardan ajratilgan so`zlarlarning ma’nosini toping: 1) 
“qushlarning boshpanasi; 2) “bir kishi yoki narsaning boshqa bir kishi yoki narsaga 
bo‘ysunishi”; 3) “mamlakatning boshlig‘i”; 4) “qabila yoki urug‘ning hukmdori”; 5) 
“qavmlarning birlashmasi”. 
Savol va topshiriqlar 
1.Qanday gap so‘z-gap deyiladi? 
2.Atama nega so‘z va gap ifodalaridan tashkil topgan? 
3.So‘z-gap qanday ma’no munosabatlarini ifoda etadi? 
4.So‘z-gaplar dialogik nutqda qanday vazifa bajaradi? Misollar keltiring. 
Uyga vazifa
47.2-topshiriq
. “Muomalam – husnim” mavzusida so‘z-gaplarni qo‘llash 
mahorati bo‘yicha bahsda ishtirok etish uchun kam qo‘llanadigan so‘z-gaplardan 
topib, tayyorgarlik ko‘ring. 
 
48-dars 
YIG‘IQ VA YOYIQ GAP 
 
48.1-mashq. 
Berilgan gaplarda qanday bo‘laklar qatnashganligini aniqlab
tegishli belgilarini qo‘ying. 
1. Gapirishni bilish talantdir. (Stendal) 2. Bahslashish ko‘plarning qo‘lidan 
keladi, oddiygina suhbatlashishni esa kamdan kam kishi uddalaydi. (A.Olkott) 3. 


Odamlar bilan ularning aqliga monand gaplash. (Sa’diy) 4. So‘z xulq-atvor 
demakdir. (L.Tolstoy) 5. So`z gavhari garchi bordir aziz, Fahmi yo`q oldidadur bir 
qadrsiz. (Nishotiy) 6. Amalsiz ilm − mevasiz yog‘och. (“Otalar so‘zi”) 
Bilib oling. 
Ega va kesimdan yoki faqat kesimdan iborat gap yig‘iq gap hisoblanadi. 
Misollar: Men – o‘qituvchi. O‘qituvchiman. 
48.2-mashq. 
Berilgan gaplarda qanday bo‘laklar qatnashganligini aniqlab, 
tegishli belgilarini qo‘ying. Gaplarning kesimdan boshqa bo‘laklarini tushirib 
qoldirib o‘qib ko‘ring. Qolgan qismni gap deyishimiz mumkinmi? 
1. Dono suhbatidan sira qochmagil, Ta’sirin o‘tkazar senga ham u til. (Nosir 
Xisrav) 2. Biz ko‘pincha javobga muhtojligimiz tufayli emas, balki o‘zgalarning 
ovozini eshitish, ularni o‘zimizga og‘dirish, suhbatga tortish uchun savol beramiz. 
(Plutarx) 3. Mutolaa insonni bilimdonlik sari, suhbat topqirlik sari yetaklaydi. 
(F.Bekon) 4. Bilmagan o`z qadrini ne bilsun so`z qadrini. (Ogahiy) 5. Kim oz dedi, 
so`z aysh-u kom o`ldi anga… (A.Navoiy) 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling