1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

49-50.2-mashq

Matnni o`qing. Matnga asoslangan holda diagrammani 
to‘ldiring. Hakimga xos xislatlarni diagrammaga joylashtiring. 
 
NAZARI PAST HAKIM 
Bahrom Go`r (sosoniylar sulolasiga mansub Eron shohi) davrida fazl-u 
hikmatda tengi yo`q bir hakim bo`lib, Bahrom uning ta’rifini juda ko`p marotaba 
eshitgan ekan. Bir kuni o`sha hakimni huzuriga chaqirib, har sohada imtihon qilib 
ko`ribdi. Hakim Bahrom bergan barcha savollarga qoniqarli javob qaytaribdi. 
Bahrom o`zicha: “Buni vazir qilib olsam bo`larkan, lekin avval himmatini va odob-
axloqini ham bir sinab ko`rish kerak”, − deb o`ylabdi. Hakim bilan bir tovoqdan 
ovqat yeb ko`rmoqchi bo`lib, oldiga qovurilgan tovuq keltirib qo`yibdi. Hakim bitta 
tovuqni zo`r ishtaha bilan yeb, ikkinchisiga qo`l cho`zibdi. Buni ko`rib Bahrom 
o`zicha shunday deb o`ylabdi: 
− Bu odamning nazari juda past ekan. Mening ko`z oldimda tovuqni 
shunday yesa, mening yo`qligimda mol-mulkni qanday yer ekan? 
Natijada, hakim badnafs va odobsizligi oqibatida vazirlikdan mahrum bo`libdi. 
(“Sharq hikoyat va rivoyatlari”) 
49-50.3-topshiriq. 
Gaplarni o`qing. Eganing ishtirokiga ko`ra turini aniqlang. 
1.Davlatning qandayligi haqida xulosa chiqarish uchun, avvalo, odamlarning 
axloqi, qiziqishlari va fe’l-atvorini o‘rganish joizdir. (T.Gobs) 2. Mukammal 
davlatga asos solish uchun, eng avvalo, shunday mavjudotlarni yaratish kerakki
toki ular hamma yerda va har doim o‘z manfaatlarini jamiyat farovonligi yo‘lida 
qurbon qilishga qodir bo‘lsinlar. (A.Shopengauer) 3. Konfutsiy Szi-Chun ismli 
shogirdining “Davlatni qanday boshqarmoq darkor?” degan savoliga qisqagina 


javob bergandi: “Davlatni to‘g‘ri boshqarmoq uchun hukmdor hukmdorligicha, 
amaldor amaldorligicha, ota otaligicha, o‘g‘il o‘g‘illigicha qolmog‘i lozimdir”.
(Konfutsiy) 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling