6-BO‘LIM
IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLAR
(17 soat, A2+ 6 soat)
51-dars
HOL
51.1-topshiriq.
Gaplarni ko‘chiring. Ajratilgan gap bo‘laklarining qanday
so‘roqqa javob bo‘lishini va qanday bo‘lakka tobelanayotganini hamda qaysi so‘z
turkumiga mansubligini aniqlang.
1. Degil inson desang ani ne ajab, Bo‘lmasa
qirq yasharda aql-u adab. (Sayfi
Saroyi) 2. Kishi ko‘pgina
narsalarsiz ham yashay oladi, lekin
tanholikda yashay
olmaydi. (L.Berne) 3. Biri mahv bo‘layotgan
joyda ikki kishi birlashib biri-birini
qutqarishi mumkin. (O.Balzak) 4.
Kishi jamiyat uchun yaralgan. U
yolgiz
yashashga
layoqatli emas va
yakka
yashashga jur’ati yetmaydi. (U.Blekstoun) 5. Kishi
uzlatda
yashay olmaydi, unga jamoat kerak. (I.Gyote) 6. Faqat
odamlar orasidagina kishi
o‘z-o‘zini anglashga qodir. (I.Gyote)
Bilib oling.
Hol ko‘proq kesimga bog‘lanib, undan anglashilgan
ish-harakatning
o‘rnini, paytini, holatini,
bajarilish sababini, maqsadini,
daraja-miqdorini
bildiradigan ikkinchi darajali bo‘lak. Hollar
qanday, qanday qilib, qay tarzda,
qayerda, qayerga, qayerdan, qachon, nega, nima uchun, qancha kabi
so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi. Shunga ko‘ra,
o‘rin holi, payt holi, ravish
holi, daraja-miqdor holi, sabab holi va
maqsad holi farqlanadi.
Hol ravish, kelishik shaklidagi va ko‘makchili otlar,
olmoshlar
, sifat, son,
taqlid so‘z va fe’lning xoslangan shakllari bilan ifodalanishi mumkin.
Bir mustaqil so‘z
bilan ifodalangan hol sodda, kengaygan birikma bilan
ifodalangan hol murakkab hol sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: