49-50.3-mashq.
Gaplarni o`qing. Kerakli o`rinlarga tire qo`yib ko`chiring.
1.Olimlar, fozillar, adiblar davlatning tanasidagi kuch. Ularga iltifot va ikromda
bo‘l... Shunday yo‘l tutginki, hukumatingda orif arboblar, fazilatli insonlar va
olimlar ko‘paysin. (U.G`oziy) 2. Naf’ing agar xalqqa beshakdurur, Bilki, bu naf’
o`zingga ko`prakdurur. (A.Navoiy) 3. Faqat o‘z shaxsiy manfaati haqida qayg‘urib,
burchni unutmoqlik o‘taketgan pastkashlik. (Syun-Szi) 4. Birovni qoralashdan
oldin doimo uni oqlash imkoni bor-yo‘qligini o‘ylash kerak. (Lixtenberg) 5. Inson
zotiga mansub odamlar bir-birlariga o‘xshamaydilar. Ularning o‘xshash tomoni
bitta. U ham bo‘lsa, barchaning pirovard maqsadi mukammallik. (Fixte)
Savol va topshiriqlar
1. Ot kesim va fe’l kesimni farqlang.
2. Qaysi hollarda ot kesim va ega orasida tire qo`yiladi?
3. Qaysi matnda tilga e’tiborli bo`lish haqida fikr berilgan?
4. Bahrom Go`r nega hakimni o`ziga vazir etib tayinlamadi?
Uyga vazifa
49-50.4-topshiriq.
Maqollardagi bo‘sh o‘rinlarni quyidagi so‘zlardan tanlab
to‘ldiring: bog`, haqiqat, adolat, tog`, xalq, olomon, daraxt, buta, qozi, boy, odil.
1… kishi oyday, oqib turgan soyday. 2. …ning yuzi yorug`, qo`li uzun. 3. Haq
ishni … qo`llar. 4. Yolg`iz … o`rmon bo`lmas. 5. Ko`p biriksa, … qular.
49-50.5-topshiriq.
Nasriy bayonga to‘g‘ri keluvchi baytni belgilang.
“Xudo kimni bek qilib yaratishni istasa, oldin unga aql-u uquvdan qanot
beradi.”
1.Bayat kimki bersa bu beglik ishi,
Berur o'g ko'ngul ko'r ul ishka tushi.
2.Kimi beg to'rutmak tilasa bayat,
Berur ashnu qilq yang uqush yug qanat.
3.Bu beglik ishi bo'ldi beglar ishi,
Bu beglar ishin bildi beglig kishi.
(Yusuf xos Hojib)
49-50.4-mashq.
Rasmda berilgan narsaga munosabatingizni og‘zaki nutqda
Do'stlaringiz bilan baham: |