1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

48.3-mashq. 
Qatorlardagi yig`iq va yoyiq gaplarni farqlang. 
I. 1. Eshit! 2. Birov – tojdor, birov – bojdor. (Maqol) 3. Ba’zan sukut har 
qanday gapdan ham ma’noli bo‘ladi. (Sh.Monteskye)
II. 1. Ogoh bo`lgin! 2. O`zlari – xon, ko`lankalari – maydon. (Maqol) 3.Sukut 
saqlashni bilmagan kimsa kamdan kam yaxshi gapira oladi. (P.Sharron) 
III. 1. Sukut qilding. 2. Majlis, anjuman yaxshi. (Huvaydo) 3. Kamgaplik va 
kamtarinlik suhbatda g‘oyat foydali fazilatdir. (M.Monten)
IV. 1. Hamma bilgan narsa haqida gap sotish nodonlikdir. (M.Prishvin) 2. 
Yomonlik bo‘lmasa kimning af’oli, Doim yaxshi bilan xush suhbat qurar! 
(M.Xavofiy) 3. Hamsuhbat anga nadim-u dono yaxshi. (Huvaydo)
48.4-mashq.
5 ta gap juftligini tuzing. Juftlikning birinchi qismi yig‘iq, 
ikkinchi qismi yoyiq gaplar bo‘lsin. 
Savol va topshiriqlar. 
1.Qanday gaplar yig‘iq gaplar deyiladi? 
2.Yig‘iq gapning qanday turlari bor? 
3.Yoyiq gapni ta’riflang. 
4.Yig‘iq va yoyiq gapning o‘xshash jihatiga misol keltiring. 
 
Uyga vazifa 
48.1-topshiriq
. Matnda berilgan shaxslarning fe’li tavsifi asosida uning 
tashqi ko‘rinishini yozma tasvirlang. 
 
YUSUFBEK HOJI 
 


Yusufbek hojining qiziq bir tabiati bor: xotin bilangina emas, umuman uy ichisi 
bilan har qanday masala ustida bo‘lsa-bo‘lsin, uzoq so‘zlashib o‘lturmaydir. 
Otabekmi, onasimi, Hasanalimi, ishqilib uy ichidan birartasining so‘zlari va yo 
kengashlari bo‘lsa, kelib hojining yuziga qaramasdan so‘zlab beradilar; maqsad 
aytib bitkandan so‘ng sekingina ko‘tarilib uning yuziga qaraydirlar. Hoji bir necha 
vaqt so‘zlag‘uchini o‘z og‘zig‘a tikiltirib o‘lturg‘andan so‘ng, agar ma’qul tushsa,
“xo‘b” deydir; gapka tushunmagan bo‘lsa, “xo‘sh” deydir; noma’qul bo‘lsa, 
“durust emas” deydir va juda ham o‘ziga noma’qul gap bo‘lsa, bir iljayib qo‘yish 
bilan kifoyalanib, mundan boshqa so‘z aytmaydir va aytsa ham, uch-to‘rt 
kalimadan nariga oshmaydir. Uy ichi uning bu fe’liga juda yaxshi 
tushunganliklaridan, ko‘pincha, bir og‘iz javob olish bilan kifoyalanadirlar. Ammo 
Otabek bilan birar to‘g‘rida so‘zlashmakchi bo‘lsa, uni aksar mehmonxonaga 
chaqirib yoki chaqirtirib oladir.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling