1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


--mashq . Juft-juft bo‘lib “Uzr-ma’zur” mavzusida iltifotli og‘zaki suhbat


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

44.3--mashq
. Juft-juft bo‘lib “Uzr-ma’zur” mavzusida iltifotli og‘zaki suhbat 
tashkil eting. 
Tavsiya etiladigan ifodalar: ming bora uzr, to‘g‘ri tushunarsiz, xijolat 
bo‘lmang, bexijolat, aybga buyurmang, hechqisi yo‘q va h. 
Savol va topshiriqlar.
1.Egaga ta’rif bering. 
2.Ega qaysi kelishik shaklida bo‘ladi?
3.Gap egasi qaysi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi? Misollar keltiring. 
Uyga vazifa 
44.2-topshiriq
. “Kamtarinlik” sarlavhasiga mos maqol va matallardan topib, 
ularning qo‘llanish o‘rinlari haqida matn yarating. Maqollarda eganing 
qo‘llanishini kuzating. 
44.3-topshiriq
. Xalq maqollari bo‘yicha “Nutqimiz ko‘rki” mavzusidagi “Kim 
topqir?” bahsiga tayyorlaning. 
 
45-dars 
EGALI VA EGASIZ GAP 
 
45.1.1-topshiriq.
 Matnni diqqat bilan o`qing. 
Uch buyuk tabib 
Bir tabib qattiq kasal bo‘lib yotib qoldi. Uning shogirdlari yig‘ilib ustodlarini 
davolashga kirishdilar. Kasal ustod ularga: 
Sevimli shogirdlarim, meni davolash uchun behuda zahmat chekmang, 
tuzalishdan umid uzganman, o‘limim yaqin qolganga o‘xshaydi. Vafot 
topganimdan keyin juda qayg‘urib oh-voh qilmang, chunki o‘rnimga uchta buyuk 
tabib qoldirib ketaman. Shu zo‘r uch tabibning maslahatlariga hammangiz e’tibor 
bering va boshqalarni ham shunga da’vat qiling, – dedi. Shogirdlardan biri: 


Bizlarning aziz ustodimiz, sizdan keyin o‘rningizda qoladigan uchta tabib 
kimlar? – deb so‘radi. Ustod ko‘zlarini ochdi, yonidagi shogirdlariga shunday javob 
berdi: 
–Sizlarga so‘zlaganim uchta zo‘r tabibning birinchisi — poklik, ikkinchisi 
parhez, uchinchisi badantarbiyadir. Doimo pok, ozoda bo‘lishlik, tiqishtirib apil-
tapil yemasdan o‘z miqdorida ovqatlanish, ichkilikdan tiyilish, badan a’zolarini 
harakatsiz qoldirmasdan badantarbiya bilan shug‘ullanish — mana bularning 
hammasi salomatlikni saqlovchi eng yaxshi choralardir. 
(“Ibratli hikoyatlar”) 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling