1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars
-mashq. Ega va kesim orasiga tire ishlatilmagan gaplarning kesimi qaysi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Darslik 8-sinf ona tili yangi
43.3-mashq.
Ega va kesim orasiga tire ishlatilmagan gaplarning kesimi qaysi so‘z turkumlaridan ekanligini aniqlang. 1.Ezgu nom go‘zal chehradan afzalroqdir. (T.Fuller) 2.Go‘zallik o‘zini o‘zi payqamagan taqdirdagina yaxshi. (V.O.Kluchevskiy) 3.Yaxshi xulq chehra ko‘rkiga qaraganda ming chandon afzalroqdir. Yaxshi xulq sizni maftun etsa, husn faqat diqqatni tortadi. (A.Lamartin) 4.Yoshligi bo‘lmagan husn ham, husni bo‘lmagan yoshlik ham bir xilda benafdir. (F.Laroshfuko) 5.Biz ortiqcha hashamatsiz go‘zalroqmiz. (G.Lessing) 6.Tashqi qiyofani bezayvermasdan, ma’naviy olamni bezash kerak. (Fales) 7.Inson hayotida tashqi ko‘rinish ham katta ahamiyatga ega, iflos va irkit kishi o‘z xatti-harakatlarini jilovlay olishini tasavvur qilish qiyin. (A.Makarenko) Bilib oling. Quyidagi hollarda ot kesim va ega orasida tire qo‘yiladi: 1.Ot kesim kesimlik qo‘shimchasisiz yoki bog‘lamasiz qo‘llanganda: Tinchlik – farovon hayot manbayi. Mening aytadigan gapim – shu. Uch karra uch – to‘qqiz. Maqsadimiz – o`qish Eslatma. 1. Ot kesim sifat, ravish va tartib son bilan ifodalanganda tire qo‘llanmaydi: 1.Vatanimiz go‘zal. 2.Ko`rmagan yerning cuquri ko`p. 3.Bizning sinfimiz sakkizinchi. 2.Ega ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalanganda: Bu – siz uchun katta sinov. Eslatma. Agar ega bilan ot kesim orasida ham yordamchisi bo‘lsa, tire qo‘llanmaydi: Bular ham a’lochi. Mening opam ham talaba. Sharifa ham to‘quvchi. 43.4-mashq. Tushirib qoldirilgan tirelarni qo‘ying. Tire qo‘llanmaydigan qaysi gap “ortiqcha”? I. 1.Kiyinishda oliftalikdan qochib, yoqimtoy bo‘lishga harakat qiling: odob ko‘rkamlik, isrofgarchilik esa oliftalik belgisi. (Suqrot) 2.Madaniyat bilan tashqi jilo butunlay boshqa-boshqa narsa. (R.Emerson) 3.Saxovat go‘zallikdan ko‘ra afzalroq. (G.Geyne) II. 1.Maftunkorlik yashnab turgan go‘zallik. (G.Lessing) 2.Go‘zallik bu erkin qalb va mustahkam sog‘liq samarasi. (L.Shefer) 3.Ma’no yo’q joyda go‘zallik bo‘lishi mumkin emas. (E.Bule) III. 1.Samimiylik ham xuddi husn va aql kabi ehson. (V.I.Kachalov) 2.Ko`p so`zlash donolik belgisi emas. (Qutadg`u biligdan) 3.Go‘zallik butun olamni qalbga olib kiradigan kuch va iste’dodga ega. (M.Servantes) Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling