78.2-topshiriq.
Berilgan ilmiy matnni jadval ko`rinishida ifodalang va og`zaki
bayon etishga tayyorlaning.
78.1-mashq.
Gaplarni ko‘chiring. Bo‘laklarning ma’nosini to‘ldirish uchun
ajratilgan bo‘laklar kiriting.
1. Shunday yashamoq kerakki, toki hayotga cheksiz talablar qo‘yish mumkin
bo‘lsin. (A.Blok) 2. Inson jamiyat va davlatning ko‘lamli manfaatlari uchun
qanchalik foyda keltirsa, u shu qadar barkamoldir. (D.I.Mendeleyev) 3. Quloqdan
dilingga gar kirmasa nur, Sichqon kavagidan ne farqi bo‘lur. (A.Jomiy) 4. Boshi
bilan sho‘ng‘ib kirmasa har dam, Suv ostidan durni toparmi odam? (A.Jomiy) 5. Bir
odam uchun emas, balki hamma odamlarning farog‘atini ko‘zlash hamisha muhim
masala bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. (L.Tolstoy) 6. Nima adolatli ekanini
tushunish, go‘zallikni his etish, faqat yaxshilikni ravo ko‘rish − oqilona yo‘l-yo‘riq
mana shudir. (A.Platen)
78.2-mashq.
Gaplarni ko‘chiring. Nuqtalar o‘rniga ajratilgan bo‘laklar
qo‘ying.
1. O`ziga yengil hayot axtargan − … kishi chindan ham ayanchlidir. (D.Jordan)
2. Har g‘aniy, …ki, tirikligida ehsonidin ko‘ngullarni shod qilmag‘ay, o‘lganidin
so‘ng ani kimsa duo bilan yod qilmag‘ay. (A.Navoiy) 3. Ahmoqona, …, qanoatsiz
yashash chakki yashash emas, asta-sekin o‘lish demakdir. (Demokrit) 4. O`zingdan
keyingilarga avvalgidan ko‘proq bilim va baxt qoldirishga, …, intil, bizga meros
qolgan narsalarni takomillashtirish va ko‘paytirish, tinmay mehnat qilmog‘imiz
zarur bo‘lgan soha mana shudir. (D.Didro) 5. Harakatsizlik, …, uzoq uyquga
chalinish kasalligidir, xolos. (J.Russo) 6. Hayot o‘z holicha hech narsani
anglatmaydi: hayotning qimmati, …, unda qanday yashay bilish bilan bog‘liq.
(J.Russo)
Savol va topshiriqlar
1.Gap bo‘laklari nega ajratiladi?
2.Qaysi gap bo‘laklari ajratiladi?
3. Ajratilgan bo`laklar yozuvda qaysi tinish belgilari bilan ajratiladi?
4. Hol qanday ifodalansa, ajratilgan bo`lak sanaladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |