1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

Bilib oling  
Kiritma barcha bo‘laklar kabi sodda va murakkab bo‘ladi. Sodda kiritmalar 
so‘zlar va so‘z-gaplar bilan, murakkab kiritmalar esa so‘z birikmasi, kengaygan 
birikma va gaplar bilan ifodalanadi.
 
80.2-mashq.
Gaplardagi kiritmalarni aniqlab, tinish belgilarini o‘rniga 
qo‘ying. Kiritmalarni qanday ma’no anglatayotganiga ko‘ra tasniflang. 
1. Zero sen mening emas, o‘z qorningning g‘amini yeyapsan. 2.Hayotda ham 
shunday, yomon niyatli kishilar, agar oqil odamlarga biror bir yovuzlik qilmoqchi


bo‘lsalar, ko‘zlagan barcha makr-u hiylalari, baribir albatta fosh bo‘lgay. 3. 
Demak agar odam bir-biriga zid bo‘lgan ikkita ishga baravar kirishsa, uning 
hech qanday samaraga erisha olmasligi muqarrar. 4. Shuningdek ko‘p odamlar
ham birovning shohona ziyofatida mehmon bo‘lishdan o‘z uylarida kamtarona 
kun kechirishni afzal ko‘radilar. 5. Alqissa yaxshi odamlar uchun foydali bo‘lgan har 
qanday amalni yovuz niyatli kishilar manfur ish deb biladilar. 6. Binobarin bizlar 
ham o‘zimizda boriga shukur qilmog‘imiz va ochko‘zlik tufayli bor-budimizdan
mosuvo bo‘lishimiz mumkinligini unutmasligimiz kerak. (“Ezop masallari”) 
Savol va topshiriqlar.
1. So‘zlovchi o‘z fikriga munosabatini qanday ifodalaydi? 
2.Yo‘l-yo‘lakay gapdan o‘rin olgan qo‘shimcha fikr ifodasi qanday nomlanadi? 
3.Kirish va kiritmaning o‘xshash va farqli tomonlari nimada? 
4.Kirish va kiritmalar qaysi bo‘laklarga tobelanadi? 
Uyga vazifa 
80.4-topshiriq.
 Quyidagi gaplarning har biriga kirish va kiritma qurilmalarni 
qo‘yib gaplarni ko‘chiring.
 
1. Mehmoni yo`q qora uydan dala-tuz yaxshi. (“Komillik o`gitlari”) 2. Teran 
fikrni doim keksalardan qidirgin, bahor suvi kuzda musaffolik topadi. (Termiziy)
3.Odamlar bilan murosa-yu madoraga kirishish ham sadaqa hisoblanadi. (Hadis)
4.Nosihi sodiq erurki beg`araz, Bil anga olamda topilmas evaz. (Alisher Navoiy)
5.Mehmonsiz uy suvi qurigan tegirmonga o`xshaydi. (“Komillik o`gitlari”) 6. 
Kishilarning qadrlisi saxovatli kishilardir. (Yusuf Xos Hojib) 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling