1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

haqiqatan ham, nafratga loyiq. Gapdan ko‘ra ish qilish kerak. (V.Suxomlinskiy)
80.1-mashq. 
Berilgan gaplardagi tushirib qoldirilgan tinish belgilarini o‘rniga 
qo‘yib ko‘chiring.
1. Aqlli bo‘lsang, johil va nodondan hazar qil. Aqalli biroz bilimi bor kishi 
ulardan, albatta, yuz chaqirim uzoqlashadi. (Majididdin Xavofiy) 2. Aqalli bir 
mushukka bo‘lsang mehribon, Demak salomatdir sendagi iymon. (Xusrav 
Dehlaviy) 3. Qo‘y tamani, bor esa senda tamiz, Shubhasiz el ichra bo‘lg‘aysan aziz. 
(Farididdin Attor) 4. Agar adolat himoya qilinmasa, zaif va kuchli odamlar yo‘qolib 
ketadi. Modomiki zaiflar qirilib ketar ekan, kuchlilar ham omon qolmaydi. (Husayn 
Voiz Koshifiy) 5. Birovga sog‘insa har kim yomonlik, Nihoyat ul o‘zi topmas 
omonlik. (Abulqosim Firdavsiy)
80.2-mashq. 
Berilgan gaplarda tushirib qoldirilgan so‘zlarni o‘rniga qo‘yib 
ko‘chiring.
1. Boshga tushgan kulfat kutilayotganidan yengilroq, … kelgan kulfatning 
oxiri bor. Ammo kutilayotgan kulfatning qarshisidagi qo‘rquv cheksiz. (Shiller)
2.Buyuk inson, … , o‘zini o‘zi nobud qiladi. (B.Franklin) 3.Men fikrlayapman, …, 
mavjudman. (R.Dekart) 4.Dangasalik, …, − imkoniyatlarimiz rivoji yo‘lidagi eng 
katta to‘siq. (E.Delakrua) 5.Tenglik, ..., o‘zimizdan balandlar bilan tenglik
o‘zimizdan pastlardan balandlik.(A.Ursel) 6.Fortepiano chalish − barmoqlar 
harakati; fortepianoda ijro etish − qalb harakati. ..., biz faqat birinchisini eshitamiz. 
(A.Rubinshteyn) 7.Agar sahnaning birinchi pardasida miltiq osig‘liq turgan bo‘lsa, 
... u oxirigacha otilishi kerak. (A.Chexov) 
To`ldirish uchun so`zlarAlbatta, zero, demak, bizningcha, albatta, odatda. 
Bilib oling
Yuqoridagi gaplarda ajratib ko‘rsatilgan qismlar kiritma deyiladi. Kiritma 
gapning, xususan, matnning umumiy mazmuniga daxldor bo‘lsa-da, gapdagi 
biror bo‘lak bilan hokim-tobelik aloqasiga kirmaydi, shuning uchun ular gapdagi 
boshqa bo‘laklardan yozuvda vergul, tire, ba’zan qavslar bilan, talaffuzda esa 
kichik to‘xtamlar bilan ajratiladi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling