1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

 


80.2-topshiriq. 
Gaplarni 
ko‘chiring. 
Kiritmalar 
qanday 
ma’no 
anglatayotganini aniqlang. 
 
1. Iqtidorli odamlar bilan tenglashmoqchi bo‘lganlar hech nimaga erisha 
olmaydilar, aksincha, ularning noshudligi boshqalarning kulgisini keltiradi. 2. Ha,
shunday odamlar borki, ular o‘z foydalarini ko‘zlab, har qanday yolg‘on-yashiq 
gaplarni qasam ichib tasdiqlashdan ham toymaydilar. 3. Shuningdek, aqli raso
odam ham bir ishni boshlashdan oldin uning oqibati qanday tugashi haqida 
o‘ylab ko‘rishi kerak. 4. Demak, bu bilan masal aqlning teranligi jismning
ko‘rkamligidan afzal ekanligini bildiradi. 5. Ta’kidlanishicha, kuch-qudratdan ko‘ra 
e’tiqod salmoqli samara berarkan. 6. Maqtanchoqlik dardiga uchragan odam
ham ba’zida bu dardidan xabardor bo‘lgan do‘stlari oldida maqtana boshlaydi va 
ularga kulgi bo‘ladi, albatta. (“Ezop masallari”) 
Bilib oling
Kiritma so‘zlovchining o‘zi bayon etayotgan fikriga munosabati (ishonchi, 
gumoni, tasdig‘i, inkori va h.), fikrning birovga nisbatlanishi (mansubligi, 
aloqadorligi), o‘z fikri tarkibiy qismlarining ahamiyatliligi darajasi (birinchidan, 
ikkinchidan va h.), fikri va uning tarkibiy qismlariga doir bayon etadigan 
qo‘shimcha axboroti yoki izohi kabi rang-barang ma’nolarni ifodalaydi. 
 
80.3-topshiriq. 
Gaplarni o‘qing. Bir so‘z yoki so‘z birikmasi bilan 
ifodalanayotgan kiritmalarni aniqlang. 
1. Qaysi ishni qilmoqchi bo`lsang, eng avvalo, o`z ko`ngling bilan kengashib 
ko`rgin. (Yusuf Xos Hojib) 2. Naql qilibdilarki, yo`ldan uzoq, o`tkinchidan xoli bir 
yerda ko`l bor edi. (“Kalila va Dimna”) 3. Kimga pand-u nasihat qilsang, unga, 
avvalo, o`zing amal qil. (Luqmoni Hakim) 4. To`g`ri, qulog`ini burasang bas, 
gazlamasi ham ichida. (A.Qahhor) 5. Biz (Men harbiy kiyim – leytenant formasida 
edim) – ko`z doktori Muhtarama Hamidova (hozir u kishi professor) ikkalamiz 
Hamza nomidagi O`zbek Davlat akademik drama teatrining eski binosiga
Uyg`unning “Qaltis hazil” komediyasini tomosha qilgani borgan edik. 
(K.Qahhorova) 6. Otinoyi, ko`pincha, o`z ishi bilan shug`ullanar, darsda, asosan, 
xalifa (hozirgi til bilan aytganda, sinf boshlig`i) rahbarlik qilar, sho`xlik qilgan 
qizlarga hаm xalifaning o`zi jazo berar edi. (K.Qahhorova)

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling