shaxs-sonini aniqlang.
1. Xullas o‘rtoq rais aylangiz imdod, Men sizga haq gapni aytaman tikka. 2. Ey
ko‘hna Sharqimizning hech so‘nmas mash’alasi Noming kabi mustahkam, poydor
bo‘l hamisha. 3. Toshkentim oftobsan Sharqda nur sochgan. 4. Azizim payt keldi,
ko‘nglim yoraman, Insonman, sen horsang, men ham horaman. 5. Ey g‘ofil
sarkash deb meni kamsitma, G‘anim senga emas, menga pand bergan. 6.
Shoshmagin ey karvon to‘xtagin biroz So‘zlayin ezgulik, shafqat otidan. (A.Oripov)
Bilib oling.
So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki narsani bildiradigan so‘z yoki
birikma undalma deyiladi. Undalma grammatik jihatdan hech bir bo‘lakka
bog‘lanmaydi. Undalma alohida ohang bilan ajratilib aytiladi. Uning gapdagi
o‘rni erkin: gap boshida ham, o‘rtasida ham, oxirida ham kelishi mumkin.
Undalma jonivor yoki jonsiz narsaga ham qaratiladi: Qarg‘avoy, men seni
yeyman. (Ertakdan) Seni unutolmas yuragim aslo, Ey O‘rta Osiyo, O‘rta Osiyo
(G‘.G‘.)
Undalma uyushib kelishi ham mumkin: Muhtaram otalar, onalar, kelinlar,
o‘g‘illar, opa-singillar, Sizga oila tinchligi hamma narsadan muhim.
81.3-topshiriq.
Berilgan gaplarga turli o‘rinlarda undalmalar qo‘yib
ko‘chiring. Tinish belgilarini qo‘ying.
1. Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g`am-g`ussa
bo`lmaydi. (Beruniy) 2. Yo`qolgan narsangga ko`p achinma, Achinish ila qayta
kelmas, netarsan. (Koshg`ariy) 3. Ishda oshiqqan ko`p toyilur, Ko`p toyilgan ko`p
yiqilur. (A.Navoiy) 4. Garchi tavakkalsiz erur azmi sust, Mashvaratsiz qilma
tavakkul durust. (A.Navoiy) 5. Sabr qilsang, g`o`radin halvo bitar, Besabrlar o`z
ayog`idin yitar. (Gulxaniy) 6. Tahammul aylakim, besabrlig` achchiq etti komingni,
Bo`lur, sabr etsang achchiq g`o`radin shirin-u shakar paydo. (Nodira)
Do'stlaringiz bilan baham: |