1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Darslik 8-sinf ona tili yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar.
81.4-topshiriq.
Qatordagi gaplarning umumiy belgisini topib, unga uchinchi gapni kiriting. I. 1. Shoshmagin, ey, karvon, to‘xtagin biroz, Chashmi zilol bo‘lib dardingni olay. 2. Dengizing qurisa, ne ham qilursan, Qayga bosh urarsan, ey munglug‘ ko‘ngil. II. 1. Azizim, dil qasriga beso‘roq kira ko‘rma… 2. Boshing egma sira, xoksor banda, Erta ruhing topgay oliy ohanglar. III. 1. Sen bizni kechirgin, ey Navro‘zimiz, G’aflatda chalg‘idi ul kun ko‘zimiz. 2. O hissiz tabiat, shafqatsiz hayot, Shunday go‘zallikni bekitding qayga? IV. 1. Ko'z yoshim ko'rding, falakdin qo'l yuvgin, Mushtariy. (Amiriy) 2. Mayli, qulog‘ingga aytay, ey shoir, Chunki yomonlikning qo‘li balanddir. Savol va topshiriqlar. 1.Undalma deb nimaga aytiladi? 2.Gapda undalma qo‘llanganda qaysi bo‘lak tushib qolishi mumkin? 3.Undalmaning ega bilan o‘xshash va farqli tomonlari nimada? Uyga vazifa 81.5-topshiriq. Hurmat va ehtirom bilan qilinadigan murojaatda qo‘llanadigan “Chiroyli murojaat so‘zlari” lug‘atini tuzing. Kichraytirish, erkalash, hurmat shakllaridan unumli foydalaning. 81.6-topshiriq. “Til ofati” mavzusida og‘zaki telenutq tayyorlang va sinfda uni namoyish etishga tayyorlaning. 82-dars UNDALMALARDA TINISH BELGILARI 82.1-mashq. Berilgan gaplardagi undalmalarni aniqlang. Ularni undalmalarga xos ohang bilan o‘qing. Tinish belgilarini qo‘yib ko‘chiring. 1. − Robiya inon, men tirik bo‘lsam, senga balo-qazoni yo‘latmasmen! − Tangrim sizni ham panohida asrasin Tohir og‘a!.. Yog‘iyning ming-ming askari bor. Qaysi biriga bas kelursiz? Ana, qochqinlarga qarang!.. 2. − Aya Fazliddin tog‘oyim! − dedi-yu, chopib borib darvozaning zanjirini tushirdi. 3. − Mulla tog‘a arava sizdanmi? − Ha jiyanim. Ko‘ch-ko‘ronim bilan keldim. 4. − To‘xta nobakor! − deb mulla Fazliddin bittasining qarshisidan chiqqan edi, yuziga qora niqob tutgan ayiqday zo‘r yigit uni yelkasi bilan urib chetlatdi-da, ko‘chaga otildi. 5. Qutlug‘ Nigor xonim bolalar oldida qilingan bu kinoyadan ozorlanib: − Qo‘ying og‘a oyi. Bu begimda ayb yo‘q! − dedi. 6. Eson Davlat begim tomoq qirib qiynalib gapirdi: − Amirzodam adolat siz tomonda. Lekin Mahmudxonning eshik og‘asi Tilba Sulton o‘ta mug‘ambir odam-da. Xonni shu odam qo‘shin yuborishga ko‘ndirgan. (P.Qodirov, “Yulduzli tunlar”) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling