41.1-mashq.
Mavzuga reja tuzib, matn tayyorlang. So‘zlarni tanlashda
ma’nodosh va uyadosh so‘zlar lug‘atidan foydalanishingiz mumkin.
41.2-mashq.
Tayyorlagan matningiz bilan dars jarayonida tashkil etilgan
“Eng chiroyli va ta’sirchan nutq” tanlovida qatnashing.
41.2-topshiriq.
Guruhdoshingiz o`qiyotgan matnni diqqat bilan tinglang.
Tallaffuzga oid hamda uslubiy xatosi bo`lsa, daftaringizga qayd qiling. Matn o`qib
eshittirilgach o`z fikringizni bayon qiling.
41.3-topshiriq.
Ko‘rsatilgan xatolaringizni yozib oling va ular ustida ishlang.
Uyga vazifa
41.3-mashq.
Tayyorlagan matningizda uchragan uslubiy g`aliz fikrlarni qayta
o`ylab ko`ring. Fikringizni boshqacha ifoda bilan mashq daftariga yozing.
42-dars
NAZORAT ISHI TAHLILI
42.1-mashq.
Og‘zaki nutq xatoliklari ustida ishlash. Oldingi darsda
aniqlangan xatolarni tuzatish yo`llari haqida axborot bering.
42.1-topshiriq.
Xatolaringizni quyidagi turlarga ajrating hamda to`g`ri
variantini eslab qoling:
1) talaffuzga doir xato;
2) dialektal xato;
3) uslubiy (so`z qo`llsh bilan bog`liq) xato.
42.2-topshiriq.
Uch guruhga bo`lining. Bir guruhda orfoepik xato, ikkinchi
guruhda dialektal xato, uchinchi guruhda uslubiy xatolar ro`yxatini tuzing.
Xatoning yechimini toping va taqdimot o‘tkazishga tayyorlaning.
42.3-topshiriq.
“Tejamkorlik va isrofgarchilik” mavzusidagi so‘z va iboralar
bo‘yicha “Kim tejamkor?” bahsi.
Savol va topshiriqlar:
1. Tejamkorlik deganda nimani tushunasiz?
2. Nega xalqimiz isrofgarchilikni qoralaydi?
3. Ishbilarmon kishi shulardan qay biriga amal qilgani uchun shu darajaga
yetgan?
4. Ehtiyoj va isrof chegarasini ko`rsating. Fikringizni misol bilan dalillang.
Do'stlaringiz bilan baham: |