43-dars
OT KESIM VA EGA ORASIDA TIRENING ISHLATILISHI
43.1-mashq.
Gaplarning kesimi qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganligini
aniqlang.
1. Inson chehrasi hamisha uning
ichki olamini aks ettiradi, shu sababli fikr
yuzda
aks etmaydi, deb o‘ylash xatodir. (V.Gyugo) 2. Inson chehrasi uning tiliga
nisbatan ko‘p va qiziqroq narsalarni aytib berishi mumkin: til faqat inson fikrlarini
bayon etsa, chehra fikr mohiyatini ko‘rsatadi. (A. Shopengauer) 3. Go‘zallik −
haqiqiy baxt-saodat
va rоsmana qahramonlik, u balandparvoz so‘zlarga muhtoj
emas. (V.Raabe) 4. Go‘zal chehra o‘z nomi bilan go‘zal. (F.Bekon) 5.
Chehrasi
ochiq kishining qalbi ham ochiq. (F.Shiller)
43.2-mashq.
Tegishli o‘
rinlarga tireni qo‘yib gaplarni ikki guruhga ajrating:
1) ega va kesim orasiga tire ishlatiladigan ot kesimli gaplar;
2) ega va kesim orasiga tire ishlatilmaydigan ot kesimli gaplar.
1.Go‘zallik har yerda intiq kutilgan mehmon. (I.Gyote) 2. Go‘zallik butun
olamni qalbga olib kiradigan kuch va iste’dodga ega. (M.Servantes) 3. Husn
shabnam kabi o‘tkinchi. (G.Shvab) 4. Husn-u jamoli go‘zal odamlar ko‘p-u,
lekin
ularning ichki olamlari maqtasa maqtagudek emas. (F.Kuper) 5. Aql uchun
sog‘lom fikr lozim bo‘lganidek, tanaga nafislik kerak. (F.Laroshfuko) 6. Go‘zallik
bu qisqa muddat hokimlik qiladigan qirolicha. (Suqrot) 7.Nafosat bu ma’naviy
ezgulik ramzidir. (I.Kant)
Do'stlaringiz bilan baham: