1. Servis sifati. Mehmonlarni kutib olish va kuzatish. E’tirozlar va hayajonlarni engish. Ish kunini yakunlanishi


- mehnat taqsimotini past darajasi, ishchilar ko’p hollarda ko’plab xizmat funksiyalarini birga olib borishganlari sababli ko’p ish bajarishadi; -


Download 33.66 Kb.
bet10/13
Sana09.02.2023
Hajmi33.66 Kb.
#1178939
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1-mavzu

- mehnat taqsimotini past darajasi, ishchilar ko’p hollarda ko’plab xizmat funksiyalarini birga olib borishganlari sababli ko’p ish bajarishadi;
- rahbar bevosita servis ishlab chiqarishda ishtirok etadi;
- bo’limlarga bo’linish deyarli uchramaydi;
- ishchilar o’rtasida qisqa informasion aloqa kanallari ustunlik qiladi;
- turli xodimlar ishini muvofiqlashtirish bevosita ularni o’zlari tomonidan to’g’ridan-to’g’ri kelishuv va bitim tuzish yo’li bilan o’rnatiladi;
- ishchilar o’rtasida norasmiy (shaxsiy) munosabatlar ustunlik qiladi;
- bularni hammasi iste’molchilar talabi o’zgarishiga yuqori darajadagi tashkiliy egiluvchanlikni va boshqalarni taqozo qiladi.
Hozirgi vaqtda ko’pgina katta, shuningdek qisman mayda servis korxonalarida differensiyalangan, kompleksli tashkiliy strukturalar amal qiladi. Ko’plab zamonaviy servis korxonalarini asosiy ishlab chiqarishi bir necha bo’lmalarga bo’linadiki, ular o’rtasida asosiy xizmat turlarini ishlab chiqarishga, ya’ni tayyorlash, yordamchi, xizmat ko’rsatuvchi ishlarga tegishli bo’lgan tashkiliy tuzilmalar ajratiladi. Masalan, zamonaviy otel uchun ikkita muhim xizmat ko’rsatish bo’g’inlari: joylashtirish va ovqatlantirish xizmatlarini mavjudligi xos.
Boshqa xizmatlar yordamchi xarakterga ega bo’lib, ko’p hollarda ular uchun ham tarmoqlangan mayda strukturalar xos. Bu esa mehmondorchilik industriyasidagi mehnatni chuqur taqsimlanishidan dalolat beradi. mayda, o’rta va katta servis korxonalari (tashkilotlari)da uchraydigan tashkiliy tuzilmalarni muhim turlarini keltiramiz.
Tashkiliy tuzilmani chiziqli turi quyidagilardan iborat:
- yuqori rahbariyat darajasi (rahbar, uni o’rinbosari, ma’muriyat a’zolari);
- yordamchi bo’lmalar – buyurtmalarni qabul qilish guruhi, xizmat ko’rsatish guruhlari (buxgalteriya, kadrlar bo’limi, texnik xizmat ko’rsatish va boshqalar) tayyorlovchilar guruhlari (xom-ashyo, material, tovarlar va boshqalarni tayyorlash);
- xizmat ko’rsatuvchi asosiy bo’lmalar: xizmat ko’rsatuvchi personal va ular ishini rahbari.
Chiziqli tashkiliy tuzilma turi unchalik katta bo’lmagan (mayda, o’rta) servis korxonalari (sartaroshxona, atelye, maishiy asboblarni ta’mirlash ustaxonalari, kafe yoki unchalik katta bo’lmagan umumiy ovqatlanish joylari va boshqalar) uchun xos.

Download 33.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling