1. Shahar va shaharsozlik. Shahar transport tarmog‘ini loyihalash tushunchasi. Tayanch so‘zlar
Download 21.69 Kb.
|
1 Mavzu Kirish. Shaharsozlikda transport tarmog‘i tushunchasi. -fayllar.org
1.1-jadval
3 Davlatlardagi shahar maqomini berish tartibi №
beriladigan davlatlar Aholi miqdoriga asosan shahar maqomi beriladigan davlatlar 1 Bolgariya, Polsha, AQSH, Kanada, Jazoir, Marokko va boshqalar YAponiya(25 ming), Tojikiston(10 ming), Qirg‘iziston (10 ming), Ispaniya (10 minggacha), Gretsiya (10 minggacha), Rossiya (5–12 ming), O‘zbekiston (7 ming), 1
Билим, 1991. – Б. 16. 2 Эшов.Б.Ж. Давлатчилик ва урбанизация // Ўзбекистонда урбанизация жараёнлари : тарих ва ҳозирги замон(халқаро амалий анжуман материаллари). – Тошкент, 2007. – Б. 138. 3 Мазкур жадвал И.Иномовнинг Ўзбекистоннинг янги шаҳарлари (шаклланиши ва ривожланиши) китобининг 7-8 бетлари ва Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси асосида диссертант томонидан тузилди. Gruziya (5 ming), Turkmaniston (5 ming), AQSH (2,5 ming), Tailand (2,5 ming), Argentina (2 mingdan ziyod), Portugaliya (2 mingdan ziyod), Fransiya (2 mingdan ziyod), Kanada (1000 kishi), Malayziya (1000 kishi), SHvetsiya (1000 kishi), Islandiya (300 kishi), Daniya (250 kishi) va boshqalar Shaharsozlik arxitektura zaminida vujudga kelgan. Ko‘plar uni hozirgacha arxitekturaning bir bo‘limi deb hisoblaydilar. Haqiqatdan ham barcha buyuk shaharsozlar ma’lumot bo‘yicha arxitektorlardir. Ammo hozirgi kunda shaharsoz uchun arxitekturaviy bilimlar etarli emas - u ijtimoiy fanlarni, gigienani, iqtisodiyot va ekologiyani, transportni tashkil etish va shahar xo‘jaligini boshqarishni yaxshi tushunishi kerak. Bir so‘z bilan aytganda shaharsozlik arxitekturaning bir bo‘limi emas, balki arxitektura mahoratining eng yuqori, eng qiyin bosqichidir. Shaharsozlik - aholi yashash joylari va aholini joylashtirish sistemasining urbanizatsiyalashgan muhiti shakllanishida kompleks va ko‘p tomonlama ishlab chiquvchi jarayon hisoblanadi. Shaharsozlik faoliyatining ob’ekti bo‘lib - rejaviy hududlar va aholi punktlari, turar-joy tumanlari va sanoat hududlari, dam olish hududlari va shahar hududining boshqa rejalashtirish elementlari hisoblanadi. Shaharsozlik keng mazmunga ega tushuncha. U ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan aholi yashash joylarini tashkil qilish muammolari, hamda aholi turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan turar-joylarni yaratish masalalarini ham o‘z ichiga oladi. O‘zining uzoq tarixi davomida shaharlar ko‘rinishi o‘zgarib bordi, bu esa ularning arxitekturasini borgan sayin takomillashishiga, aholi uchun qulay sharoitlar yaratilishiga olib keldi. XX asrda baland osmono‘par binolar qurildi va me’morlar tomonidan yangi loyihalar ishlab chiqildi (suzib yuruvchi, konussimon, minora, ko‘prik shaharlar). XXI asrga kelib shaharsozlik borasida amalga oshirilayotgan turli xil yangi loyihalar inson hayratini oshirishdan ham ko‘ra, davlatlardagi ko‘plab muammolarni bartaraf etish uchun bunyod etilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda avvallari qurilgan inshootlar butun shahar bo‘ylab joylashtirilgan bo‘lsa, hozirda bitta binoning o‘zi kifoya qilib, ularda turar-joylar, mehmonxonalar, ofislar, magazinlar, supermarketlar bunyod etilmoqdaki, natijada bino ichida bir necha kun davomida hech qaerga chiqmasdan bemalol yashash imkoniyati yaratilmoqda. Ular nafaqat hayratlanarli tarzda bunyod etilmoqda balki, iqtisodiy qulayliklari bilan ham ko‘pgina afzalliklarga ega. Masalan, xona chirog‘ini o‘chirish uchun kaftni bir-biriga urishtirish kifoya yoki eshikka yaqinlashganda chiroq yonadi, uzoqlashsa o‘chadi. Oddiydek tuyulgan ushbu holat shaharlardagi qancha energiyani tejalishiga olib kelishi mumkin. Albatta, yuqoridagi bino va inshootlar inson zakovatining namunasi hisoblanib, bu esa yangi ibora bino-shaharlarni yuzaga kelishiga asos bo‘lmoqda. Hozirgi kunda jahondagi eng baland osmono‘par bino Dubaydagi Burj-Xalifa minorasi hisoblanadi. Qurilishi 2010 yilda tugallangan ushbu uyning balandligi 828 metr bo‘lib, 162 qavatdan iborat. Bu erda ko‘plab ofislar, dunyodagi eng katta tungi klub, kattakon basseyn, 158-qavatda masjid, muhtasham beshyulduzli mehmonxona bor. Yaqin yillarda jahondagi eng baland binolar nomi o‘zgaradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonida balandligi 1 km dan oshadigan bino qurilmoqda. U Qizil dengiz sohilida, Jidda shahri yaqinida joylashgan bo‘lib, “Qirollik minorasi” deya nomlanadi. Download 21.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling