1. Shahar va shaharsozlik. Shahar transport tarmog‘ini loyihalash tushunchasi. Tayanch so‘zlar


Download 21.69 Kb.
bet1/7
Sana25.10.2023
Hajmi21.69 Kb.
#1722255
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 Mavzu Kirish. Shaharsozlikda transport tarmog‘i tushunchasi. -fayllar.org


1 Mavzu: Kirish. Shaharsozlikda transport tarmog‘i tushunchasi. Reja Shahar va shaharsozlik




1- 
Mavzu: Kirish. Shaharsozlikda transport tarmog‘i tushunchasi. 
Reja 
1. Shahar va shaharsozlik. 
2. Shahar transport tarmog‘ini loyihalash tushunchasi. 
Tayanch so‘zlar: shahar, shaharsozlik, arxitektura, magistral, ansambl, bino va 
inshootlar, transport oqimlari, transport tarmog‘ini loyihalash. 
Shahar - bu bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p turli korxona va zavodlar
majmuasidan iborat. Har kuni shahar minglab tonna xom ashyo va oziq-ovqatlar
iste’mol qiladi, minglab tonna sanoat va boshqa chiqindilarni chiqaradi. Shahar -
bu qudratli muhandislik xo‘jaligi. Bu yuzlab km suv o‘tkazgich quvurlari, elektr
quvvati bilan ta’minlash, o‘choqxonalar, oqava suvlarini tozalash inshootlari.
Shahar - bu moddiy va ma’naviy madaniyat durdonalari yaratilib kelingan
taraqqiyot namunasidir.
Boshqacha qilib aytganda “Shahar”
tushunchasi
bizning
hayotimiz,
hamda o‘rab turgan dunyoning
hamma tomonlarini o‘zlarida aks
ettiruvchi juda ko‘p belgilarni o‘z
ichiga olishi kerak. SHu bilan bir
qatorda hozirgi
zamon shaharining biror-bir voqeligi o‘z-o‘zicha mavjud emas, balki butun boshqa
narsalar bilan ajralmaydigan bir butunlikni tashkil etadi. SHahar o‘zining ko‘p
qirrali bo‘lishiga qaramay, oldimizda butun bir hayotiy organizm sifatida namoyon
bo‘ladi. SHahar organizmi qanday tuzilganligini va unda arxitekturaga nima
tegishli ekanligini tushunish lozim.
Dunyoda ko‘plab katta-kichik shaharlar mavjud. Shunga monand shahar
haqidagi tushunchalar ham turlichadir. Masalan, Qo‘qon shahri atrofidagi
qishloqlar uchun u katta shahar, poytaxt esa eng katta shahar hisoblanadi. Lekin
jahondagi Parij, London, Tokio oldida Toshkent kichik shahar hisoblanadi.
“Sotsiologlarning fikricha, shaharlik maqomini olguncha kishilarning bir necha



avlodi shaharda yashab turishi va uning turmush-tarzini singdirishi kerak ekan”


1
.
Shahar deganda nimani tushunish lozim, degan savol bilan maxsus shug‘ullangan
amerikalik tadqiqotchi R.Somplinson shaharlarni aniqlashdagi 15 ta belgini taklif
etgan.
Ularning asosiylari quyidagilar: shahar-aholi zich joylashuvi bilan farqlanadi,
shaharning asosiy vazifasi-mahsulot tarqatish, shahar-aloqa yo‘llar markazi,
shahar-iste’mol markazi va boshqalar
2
. Bugungi kunda davlatlarda shaharlarga
maqom berish ikki xil yo‘l bilan, birinchisi aholi soni, ikkinchisi aholining bandligi
hisobga olingan tarzda qonuniy yo‘l bilan beriladi. Quyida dunyoda shahar
maqomini berish tartibi bo‘yicha davlatlar ko‘rsatilgan (1.1- jadval).



Download 21.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling