Ko‘cha muhitini yaratish prinsiplari
Taniqli amerikalik urbanist Vilyam Xolli Vayt “odamlarni
qiziqtirmaydigan joy,
muhit yaratish qiyin, masala shundaki bu qanchalik
tez-tez sodir bo‘ladi” degan.
Ko‘cha muhitini yaratish prinsiplari quyidagilar:
• Jamiyat o‘zi mutaxassis;
•
Dizayn emas,muhit yaratish;
• Kuzatish va amal qilish;
• Uyg‘unlashtirish;
• Mablag‘ kiritish,sarflash emas;
• Jarayon hech qachon tugamasligini yodda tutish.
Suv elementlari
Suv
ko‘chada
eng
muhim
tinchlantiruvchi element.
Favvora va
dekorativ
hovuzlarsiz
ko‘cha
jonsizdir. Ayniqsa suv elementlari
yozning jazirama issiq kunlarida
juda foydali. Tabiiy
suv manbalariga ega shaharlar uchun favvoralar ayni muddaodir. Suv
resursidan unumli foydalangan
holda nafaqat favvora, balki boshqa
funksiyalarni (masalan o‘rindiq yoki musiqiy kompozitsiya)
bajaruvchi
ajoyib loyiha yaratish mumkin.
Yana bir muhim suv elementi bu-ichimlik suvi bilan loyihalanadigan
kichik yoki mini favvoralar. Ularning funksiyasi sezilarli bo‘lib, u nafaqat
ko‘chada aholini toza ichimlik suvi bilan qo‘l etarli joyda ta’minlaydi, balki
shahar mehmonlari va turistlarni ham o‘ylagan holda, chanqoqni bosish
imkoniyatini beradi.
Ko‘cha muhiti va dizaynini ko‘kalamzorlashtirish muhim. Bu borada
Latviya ancha rivojlangan. Ko‘kalamzorlashtirish ishlarida shahar aholisini
o‘zi ham muhim rol o‘ynaydi. Ular ko‘p qavatli uy balkonlarida ham o‘z
tomorqalarini shakllantirishgan. Hatto shahar aholisi o‘rtasida eng chiroyli
bog‘, eng chiroyli tomorqa tanlovlari o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: