1. Shahar va shaharsozlik. Shahar transport tarmog‘ini loyihalash tushunchasi. Tayanch so‘zlar


Download 21.69 Kb.
bet5/7
Sana25.10.2023
Hajmi21.69 Kb.
#1722255
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 Mavzu Kirish. Shaharsozlikda transport tarmog‘i tushunchasi. -fayllar.org

Chiqindi

urnalari. 
To‘g‘ri
loyihalangan chiqindi urnalari shahar
tozaligini
ta’minlab, tozalovchilar
ishini ancha engillashtiradi. CHiqindi
urnalari orasi 200 m dan oshmasligi
kerak.
Odam gavjum joylarga qo‘yilishi
maqsadga muvofiq ammo shuni inobatga olish kerakki u joyni tor ko‘rsatib
qo‘ymasligi kerak. Chiqindi qutilari og‘zi yopiq holda bo‘lgani ma’qul (qush va
boshqa jonzotlar titmasligi uchun). Urnalar odam gavjum joylarda qotib turadigan
va mustahkam bo‘lishi lozim. Lekin shuni ham e’tiborga olish kerakki quti
yonuvchan materialdan bo‘lmasligi darkor (tamaki chiqindisi tashlanganda yonib
ketmasligi uchun).
Hozirgi kunda chiqindi urnalari chiqindilarni turlarga ajratiladigan qilib ham
loyihalanadi. Buning afzalligi sezilarli darajadaligi o‘z isbotini topdi.
YOritish elementlari. 
Yoritish
moslamalari
kechasi
insonlarga
behavotirlikni
ta’minlaydigan asosiy elementdir.
Ular
nafaqat
kechasi
chiroyli
ko‘rinishi, balki kunduzi ham ko‘cha
dizaynini buzmagan holda
ko‘rkam
bo‘lishi kerak. YOritish moslamalarini shunday joylarga qo‘yish kerakki,
ular nafaqat yoritish balki boshqa funksiyalarni ham bajarsin (masalan
svetofor yoki yo‘l belgilarini qo‘yish uchun).
Hozirgi kunda yoritishni keng qo‘llanilayotgan usullaridan biri bu bino



devorlariga chiroqlar o‘rnatish. Bu ko‘proq yorug‘lik bilan ta’minlabgina qolmay


ko‘chada ortiqcha ustunlarni kamaytiradi.
Yoritish rangiga kelsak oq va sariq ranglar odamni tinchlantiradi. Havorangni
mutaxassislar tavsiya etmaydi sababi havotir va qo‘rquv hissini uyg‘otishi mumkin.
Ammo bunday rangli chiroqlar amaliyotda gavjum joylarga qo‘yilgan shaharlar bor,
sababi tajribalar shuni ko‘rsatdiki havorangli chiroqlar qo‘yilgan ko‘chalarda
jinoyatlar soni qariyb 10% ga kamaygan.

Download 21.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling