1. Shahar va shaharsozlik. Shahar transport tarmog‘ini loyihalash tushunchasi. Tayanch so‘zlar
Download 21.69 Kb.
|
1 Mavzu Kirish. Shaharsozlikda transport tarmog‘i tushunchasi. -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Universal dizayn”
Bekatlar haqida
Beketlar ko‘chaning asosiy elementlaridan biri, sababi ko‘zga birinchi tashlanadi, hamda bu-jamoat transportini kutadigan joy. Bekatga qo‘yiladigan talablar: • Piyodalar uchun ham velosipedda ham oson etib borsa bo‘ladigan bo‘lishi; • Muhim va odam gavjum binolar (bozorlar, savdo markazlari, jamoat binolari, ma’muriy binolar, parklar va hokazo) yaqinida bo‘lishi; • Etarlicha yoritilishi lozim, sababi kechasi uzoqdan ham ko‘rinishi va jamoat transporti kutish mobaynida xotirjamlikni ta’minlash maqsadida; • Orasi 5 daqiqadan uzoq bekatlar o‘rindiqlar bilan jihozlangan bo‘lishi; • Velosiped qo‘yish uchun ham joy ajratilishi; • Reklama shitlari, do‘konchalar va imkon qadar WiFi bilan ta’minlanishi. Orasi 5 daqiqadan kam bekatlarga o‘rindiq va tomyopma qilish zarur emas ammo belgilar bilan bekat borligini bildirish shart. Niderlandiyaning Draxten shahri (44 000 aholiga ega) Lavepleyn chorrahasida 2003-yilgacha hatto velosiped haydovchilari uchun ham alohida svetofor signali bor edi. Ammo 2003-yil yo‘lga halqa, fontan va yashil zona qo‘shilgach harakat xavfsizligi ortib, tirbandlik, nizo va avariyalar soni sezilarli kamaydi. “Universal dizayn” Ko‘chada piyodalar uchun trotuar shakllantirilayotganda ikki asosiy shartga amal qilish darkor: ko‘chada bemalol yurish imkoniyati va ko‘chani bexatar kesib o‘tish imkoniyati.” Univesal dizayn” tushunchasi Latviyada endi ommalashayotgan yo‘nalish. Bu tushuncha Norvegiyada mashhur, hatto siyosiy xujjatlarga ham kiritilgan. Ko‘cha muhitini rejalashtirishda “universal dizayn” prinsiplari: • Tashqi panduslar qiyaligi 8% (1:12) dan oshmasligi; • Pandus ustidagi bo‘sh maydon 2,4 m dan kam bo‘lmasligi; • Pandusning eni 1,20 m dan kam bo‘lmasligi va to‘siq (bordyur) lar bilan ta’minlanishi; • Ikki taraflama harakat uchun pandus eni kamida 1,80 m bo‘lishi; • Agar arava bilan harakatlanish uchun (bir taraflama) mo‘ljallangan pandus bo‘lsa eni 1,30-1,40 m dan kam bo‘lmasligi; • To‘siq (bordyur) balandligi kamida 150 mm; • Pandus boshi va oxirida aylanish uchun diametri kamida 1500 mm bo‘lgan maydon shakllantirish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling