1. шахмат pra indd


 Eron estalik do‘konida shaxmat


Download 41.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/57
Sana02.12.2023
Hajmi41.93 Kb.
#1779579
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57
Bog'liq
12896 2 C08F5638F773633B1F80E105C7BDECF5860CF427 (2)

 
1.13.2. Eron estalik do‘konida shaxmat 
Shaxmat uzoq vaqtdan beri sport turlaridan biriga aylandi. 
Ammo bu millionlab odamlarni xuddi shunday shaxmat o‘ynashga, 
o‘yindan zavqlanishga to‘sqinlik qilmaydi. Fors do‘konida 
yog‘och, suyak va metall bilan bezatilgan eksklyuziv Eron 
shaxmatini va an'anaviy fors rasmlarini topishingiz mumkin. 
Shaxmat o‘zi erishgan bu sizning xo‘jayiningiz, hamkasbingiz, 
do‘stlaringiz yoki yaqinlaringiz uchun ajoyib sovg‘adir. 
 
 


30 
1.13.3. Birinchi xalqaro shaxmat turniri 
Jahon birinchiligi tarixi xalqaro shaxmat aloqalariga asos 
solingan va ko‘p mamlakatlarning vakillari musobaqalarda 
qatnashgan davrdan boshlanadi. Shu nuqtayi nazardan birinchi 
xalqaro turnir shaxmat tarixida muhim voqea bo‘lib qolgan. 
1851 yil 8 fevralda Londonlik Govard Staunton imzosi bilan 
32 shaxmatchiga taklifnoma yuborildi. Bu turnirda to‘rt 
mamlakatdan 16 shaxmatchi qatnashdi. Turnir hozirgidan butunlay 
boshqacha, murakkab va chalkash tizim bo‘yicha o‘tkazilgan. 
Natijada, 1-o‘rinni Germaniya vakili Adolf Andersen egallagan, 2–
3–4-o‘rinlarni esa Angliya vakillari – Ueyvil, Villiams va 
Stauntonlar bo‘lib olgan. 
Birinchi xalqaro turnir jahonning boshqa mamlakatlarida 
shaxmat taraqqiyotiga zo‘r ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Musobaqalarning 
soni yil sayin ortdi, shaxmat klublari tashkil etildi. 1857 yil 
oktyabrida Nyu-Yorkda Amerika shaxmat Kongressi bo‘lib o‘tdi. 
Kongress bilan bir vaqtda AQSHning birinchi chempionati 
o‘tkazildi. Unda Amerika va Yevropalik 14 ta eng kuchli 
shaxmatchilar, jumladan L.Paulsen, T.Likstengeyn qatnashdi. Bu 
turnir shaxmat tarixida alohida o‘rin tutgan. SHaxmat tarixida o‘ziga 
xos iz qoldirgan Pol Morfining shu musobaqadan keyin shuhrati 
yanada oshdi. 
Pol Morfi 1837 yil 22 iyunda AQSHning Nyu-Orlean 
shahrida tug‘ilgan. U 1850 yilga kelib nomdor shaxmatchi bo‘lib 
yetishadi. 1857 yil o‘tkazilgan AQSH chempionatida Pol Morfi 
birinchi mukofotni qo‘lga kiritadi. SHundan so‘ng Yevropaning 
eng kuchli shaxmatchilari bilan uchrashish va o‘z mahoratini sinab 
ko‘rish harakatiga tushadi. Shu maqsadda 1858 yil iyun oyida 
Angliyaga jo‘naydi. Pol Morfi Yevropada deyarli bir yilcha bo‘lib, 
taniqli shaxmatchilarning hammasi bilan o‘ynaydi va ketma-ket 
g‘alaba qozonadi. 1858 yil dekabrda Morfi Yevropaning eng kuchli 


31 
shaxmatchisi Andersen bilan bahslashadi. 
Bu musobaqa rasmiy bo‘lmasa ham, aslida jahon birinchiligi 
uchun o‘tkazilgan o‘yin edi. Bu matchda 11 partiya o‘ynaldi. 
Shundan 7 tasini Morfi yutgan, 2 partiyada yutqazgan va 2 partiya 
durang bilan yakunlangan. Ajoyib g‘alabalarga erishgan Pol Morfi 
1859 yil iyunda AQSHga qaytib keladi. Pol Morfining iqtidoriga 
qoyil qolgan ishqibozlar zo‘r olqishlar bilan kutib, Nyu-York 
universiteti katta zalida donalari oltin va kumushdan bo‘lgan, badiiy 
bezab yasalgan shaxmat taxtasi hamda shaxmat donalari 
yopishtirilgan oltin soat sovg‘a qilishadi. 
Morfi Nyu-Orleanga qaytgach, yuridik fanlar bilan 
shug‘ullandi. Mamlakatning shimoliy va janubiy qismlari o‘rtasida 
fuqarolar urushi boshlanib ketganligi sababli Morfi 1862 yil 
Gavanaga (Kuba), so‘ng Fransiyaga ketadi va 1864 yil vataniga 
qaytib keladi. Pol Morfi 60-yillarning boshlarida musobaqalarga 
qatnashmay qo‘yadi va 1869 yil shaxmat o‘ynashdan butunlay voz 
kechadi. Pol Morfi shaxmatdan ketgach, 1862 yil Londonda bo‘lib 
o‘tgan jahon shaxmat jamoatchiligining ikkinchi xalqaro turnirida 
Andersen g‘olib bo‘lgan. 
SHaxmat o‘ynamay qo‘ygan Pol Morfi ruhiy kasallikka 
chalinadi va 1884 yil vafot etadi. Uning shaxmatdagi yutuqlari 
tarixdan munosib o‘rin oldi. 
1866 yilda Andersen o‘tgan asr oxirining ajoyib shaxmatchisi 
Vilgelm Steynits bilan bahslashadi. Bu bellashuv rasmiy bo‘lmasa 
ham aslida jahon birinchiligi darajasidagi o‘yin edi. Uchrashuv 8:6 
hisobi bilan yosh Steynits foydasiga hal bo‘ladi. 
O‘tkazilgan 14 partiyaning birortasida ham durang qayd 
etilmaganligi bahslar naqadar keskin va murosasiz kechganligidan 
darak beradi. 
SHaxmat bo‘yicha jahon chempioni degan unvonni rasman 
birinchi bo‘lib Vilgelm Steynits (1886 yil) olgan. Lekin unga qadar 


32 
ham Yevropada tan olingan mohir shaxmatchilar bo‘lgan. Ular 
quyidagi jadvalda keltirilgan. 

Download 41.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling