1. шахмат pra indd
Download 41.93 Kb. Pdf ko'rish
|
12896 2 C08F5638F773633B1F80E105C7BDECF5860CF427 (2)
2.1.1. Taxtaning bo‘linishi Shaxmat taxtasini shartli ravishda 3 qismga bo‘lish mumkin: A1– A8 – C8– C1 to‘rtburchagidan iborat qismi – farzin qanoti (flangi) deyiladi. F1– F8– H8– H1 to‘rtburchagidan iborat qismi esa – shoh qanoti (flangi) deyiladi. Shaxmat taxtasining F4– E4– D4– C4– C5 – D5 – E5– F5 kvadratidan iborat qismi – katta markaz deyiladi. Shaxmat taxtasining E4 – E5 – D4 – D5 kvadratidan iborat qismi esa – kichik markaz deyiladi (9– rasm): 65 9– rasm 2.1.2. Kataklarning nomlari Shaxmat taxtasi bilan tanishib chiqdik. O‘yin qoidalari va donalarning harakatini o‘rganishdan oldin shaxmat yozuvi, ya’ni alifbosidan foydalanishni bilish zarur. Hatto, taxtaga qaramay turib, kataklar rangini bilish kerak. Taxtaning har bir katagi – vertikal harf va gorizontal raqam bilan ifodalangan. Masalan, e4 xonasidan 2 ta diagonal o‘tkazish mumkin. (b1– h7 va h1– a8). Taxtaning har bir katagini yozuvda ifodalash uchun shu xona joylashgan harf va raqamdan foydalaniladi, ya’ni ularni tutashtirsak, katakning nomi kelib chiqadi. Masalan: v1, s2, d3, e4, f5, ... va hokazo (10- rasm): 66 10– rasm Shaxmatchilarga dastlabki ta’lim berish uslubi Mashg‘ulotga jalb qilingan o‘quvchilarning aksariyati shaxmat nazariyasi haqida ma’lumotga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun dastlab ularga o‘yinning maqsadi, shaxmat alifbesi o‘rgatiladi. Taxta va donalar haqida, ularning qismlarga bo‘linishi, o‘yin qoidalari, rokirovka va uning turlari haqida tushuncha beriladi. Bundan tashqari shaxmatga doir adabiyotlarda uchraydigan qisqa belgilar va shaxmatga doir atamalar haqida tushuntiriladi. Download 41.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling