67
1.
Daftaringizga shaxmat taxtasini chizib, vertikal bo‘yicha
harflarni va gorizontal bo‘yicha raqamlarni yozing.
2.
Shaxmat taxtasi yordamisiz xayolda “d” vertikali va 5-
gorizontaldagi kataklarni og‘zaki ayting va yozing.
3.
a1–h8 va h1–a8 qiya kataklari bo‘yicha xuddi shu tariqa
xonalarning nomlarini og‘zaki ayting va yozing.
4.
Shaxmat taxtasidagi eng qisqa va eng uzun qiya kataklarni
toping, ularning sonini aniqlab, daftaringizga yozing.
2.2. Shaxmat donalari
Shaxmat taxtasida
hamisha oq donalar pastda,
qora donalar
yuqorida joylashgan bo‘ladi (12- rasm):
12- rasm
Shaxmat o‘yinida har bir tomonda 8 tadan sipoh va 8
tadan
piyoda, jami 16 ta dona bo‘ladi. O‘yinda 32 ta dona ishtirok etadi.
Sipohlarning 5 ta turi mavjud: 1 tadan shoh va 1 tadan farzin, 2 tadan
rux, 2 tadan fil va 2 tadan ot bo‘ladi.
Oq donalar 1 va 2
gorizontalda, qora donalar esa 7 va 8
gorizontalda terilishi shaxmat adabiyotlarida ifodalash uchun asos
68
qilib olingan.
Amalda o‘ynovchining
chap tomonidagi burchak qora, o‘ng
tomonidagi burchak esa oq rangda bo‘lishi shart.
Oq
farzin oq katakda, qora farzin
qora katakda terilishini
unutmang.
Izoh: Farzin o‘z rangidagi katakda turadi.
Shaxmat donalari 2 qismga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: