1. шахмат pra indd
Download 41.93 Kb. Pdf ko'rish
|
12896 2 C08F5638F773633B1F80E105C7BDECF5860CF427 (2)
Ot
Ot – farzin, rux va filga nisbatan boshqacha harakat qiladigan sipoh. U harakatni bir yo‘nalishda boshlab, ikkinchi yo‘nalishda tugatadi. Yozuvda qisqacha O harfi bilan belgilanadi. Shaxmat adabiyotlarida: ot – “ G ” harfi shaklida yuradi, – deyilgan (17- rasm): 73 17- rasm Otning har bir yurishida katakning rangi almashadi. Ya’ni, oq xonada turgan ot keyingi yurishda albatta qora xonaga yuradi. Markazda turgan ot – 8 ta xonaga yura oladi. Burchakda turgan ot esa faqatgina 2 ta xonaga yurishi mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, markazdagi ot ko‘p xonalarni o‘z nazoratiga oladi. Otning yana bir xususiyati – o‘zining va raqibining 74 donalari ustidan bemalol sakrab o‘ta olishidir. Shaxmatda boshqa hech bir dona bunday imkoniyatga ega emas. Yengil sipohlar turkumiga kiruvchi ot va fil – kuch jihatdan deyarli teng. Piyoda Piyoda – shaxmat qo‘shinidagi jangovar askarlardir. O‘yinda tomonlarda 8 tadan jami 16 ta piyoda ishtirok etadi (7- rasm). Ularning boshlang‘ich holati xuddi safda turgan askarlarga o‘xshaydi. Piyodalarni yozuvda ifodalashda faqat turgan xonalarini ko‘rsatish kifoya. Piyodalarning yurishi o‘ziga xos: u faqat oldinga yuradi (vertikal bo‘ylab). Piyodalar faqat bir xona siljiy oladi. Boshlang‘ich vaziyatda esa ikki xona oldinga yurishi ham mumkin. Bunday imkoniyat piyodaga faqat bir marta, o‘zining boshlang‘ich vaziyatida beriladi (18- rasm): 75 18- rasm Piyodalar raqib donalarini yutib olishi, shohga “kisht” berishi mumkin. Piyodalarni o‘ylab, ehtiyotkorlik bilan yurish lozim, chunki ular orqaga yurmaydi va orqadagi donani urib ololmaydi. U qarshisida turgan donani emas, balki qo‘shni vertikaldagi donani qiya (diagonal) shaklda urib olish huquqiga ega (19- rasm): 19- rasm Piyodalarning yana bir xususiyati – yo‘lda urib olish qoidasidir. Donalarni urib olish qoidasiga ko‘ra, hamma hollardagidek “yo‘lda urib olish” majburiy emas. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling