88
gorizontalda yoki bir vertikalda joylashgan bo‘lib, ularni bir xona
ajratib turgan holat –
qarshi holat (oppozitsiya) deyiladi.
Oppozitsiya 3 xil bo‘ladi :
1)
kichik oppozitsiya – (ikki shoh orasidagi masofa – 1 katak
bo‘ladi);
2)
o‘rta oppozitsiya – (ikki shoh orasidagi masofa – 3 katak
bo‘ladi);
3)
katta oppozitsiya – (ikki shoh orasidagi masofa – 5 katak
bo‘ladi).
Oppozitsiya holati shaxmat o‘yinida katta ahamiyatga ega.
Chunki o‘yin oxirida ustunlik oppozitsiyani
egallagan tomonda
bo‘ladi.
Bir rux bilan mot qilganda – shoh bilan rux birgalikda harakat
qilishi kerak. Raqib shohini taxtaning
chekka xonasiga majburiy
ravishda siqib boriladi va mot qo‘yiladi (29- rasm).
E’tibor qiling, mot bo‘lgan vaziyatda
ikki shoh oppozitsiya
holatida turibdi, bu juda ham muhim.
Bir rux bilan mot qilingan holat:
29- rasm