1. шахмат pra indd
Download 41.93 Kb. Pdf ko'rish
|
12896 2 C08F5638F773633B1F80E105C7BDECF5860CF427 (2)
4.
Ot – 3 ball. 5. Piyoda – 1 ball. Ushbu qiymat birligini hisobga olib, shaxmatchilar donalarning qaysi birini qay holatda boshqasiga almashtirish kerakligini bilib oladilar. Agar taxtadagi mavjud donalarning bir- biriga nisbatan kuchi bo‘yicha bir tomon ikkinchisidan yuqori bo‘lsa, o‘sha tomon donalar ustunligiga erishdi deyiladi. Bunday ustunlik deyarli hamma vaqt yutuqqa zamin bo‘ladi. Ustunlik 2 xil: 83 1. Moddiy ustunlik – donalar soni jihatidan. 2. Vaziyat ustunligi – donalar joylashuvi jihatidan. 2.5. Hujum qilish va himoyalanish Shaxmat o‘yinida hujum qilish va himoyalanish mavjud. Hujum qilish deganda – keyingi yurish bilan raqibning biror-bir donasini urib olish xavfi tushuniladi. Raqib donasini yo‘qotish uchun unga hujum qilish kerak. Hujum bir tomonlama yoki o‘zaro bo‘lishi mumkin. Hujum qilish va himoyalanish hamda donalarni almashtirish paytida ularning bir-biriga nisbatan kuchini hisobga olish zarur. Hujum qilganda shaxmatchi o‘z shohining xavfsizligini ham unutmasligi kerak. Bu narsa shaxmatda juda muhim. Hujum qilinganda himoyada turgan tomon quyidagi usullardan birini qo‘llashi mumkin: 1) hujum qilayotgan sipohni yo‘q qilish (olish); 2) hujum qilingan sipohni himoya qilish; 3) o‘z sipohi bilan raqib sipohiga hujum qilish; 4) o‘z sipohi bilan zarbadan ketish; 5) hujum qilayotgan sipohning yo‘lini to‘sish. Shaxmatchi o‘z tajriba va bilimiga suyanib, himoyalanishning turli imkoniyatlaridan o‘ziga foydali deb bilganini tanlaydi. Himoya – hujum qilingan sipohni olish foydali bo‘lmay qoladigan javob yurishidir. Download 41.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling