1. шахмат pra indd
Download 41.93 Kb. Pdf ko'rish
|
12896 2 C08F5638F773633B1F80E105C7BDECF5860CF427 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ikki yoqlama zarba”
2.5.1. Ikki yoqlama zarba Shaxmat o‘yinida shunday bir yurish borki, unda sipoh bir vaqtning o‘zida raqibning ikki donasiga birvarakayiga hujum qiladi. Bunday yurishga – ikki yoqlama zarba deyiladi (24 a,b - rasmlar): 84 24 a,b - rasm Quyida sizga “ikki yoqlama zarba” mavzusiga doir bo‘lgan misollardan namuna keltiramiz. Taxtada yuzaga kelgan vaziyatga hamda amalga oshirilgan kombinatsiyaga diqqat bilan e’tibor qiling (25 a,b- rasmlar): 25 a,b- rasm 2.5.2. O‘yindagi reja haqida tushuncha Shaxmat taxtasida vujudga keladigan cheksiz o‘zgarishlar, o‘ynovchilar qiladigan yurishlar natijasi bo‘lib, bu yurishlar tasodifiy emas. Har bir yurish qandaydir afzallikka erishishni, ularning yig‘indisi esa g‘alaba qozonishdan iborat bo‘lgan umumiy maqsadni ko‘zlaydi. Umuman rejasiz o‘ynagandan ko‘ra, xato bo‘lsa ham rejali o‘ynagan yaxshi. Ma’lum maqsadlarni ko‘zda tutgan bir necha yurishlar o‘yin rejasini tashkil etadi. Reja oldindan tuziladi va bu – shaxmat strategiyasi deb ataladi. Bu rejani amalga oshirish esa – shaxmat taktikasi hisoblanadi. 85 Strategiya – maqsadga erishish uchun nima qilish kerakligini, qanday vazifalarni hal qilish lozimligini aniqlab beradi. Maqsadni amalga oshirishdagi bosqichlar – taktikadir. Taktika – har bir vazifani taxtada vujudga kelgan muayyan vaziyatlarga qarab hal qiladi, ya’ni o‘ynovchi eng yaxshi yurishlarni tanlab, ularni izchil ravishda amalga oshiradi. 26 a,b - rasmlardagi masalalarda oqlar boshlab g‘alaba qozonadi. Javobni topishga harakat qilib ko‘ring. Izchil davom ettirilgan har bir shaxmat partiyasi strategiya va taktikaning birligidan namunadir. Shaxmatchi o‘yinning ma’lum bir bosqichida vaziyatni tahlil qilish yo‘li bilan strategik reja tuzadi va keyinchalik uni zarur taktik vositalar yordamida amalga oshiradi. Uning analitik qobiliyati qanchalik zo‘r bo‘lsa, rejasi shunchalik ta’sirchan va natija ko‘ngildagidek bo‘ladi. Download 41.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling