82
13.
(– +) – qoralarda ustunlik
14.
(=) – vaziyat teng
Shaxmat o‘yinini chuqur o‘rgatish va uni tahlil qilish
Shaxmat o‘yinini chuqurroq o‘rganish uchun –
donalarning
bir-biriga nisbatan kuchini, hujum
qilish va himoyalanish
usullarini, o‘yin davomida aniq va to‘g‘ri reja tuzishni bilish kerak.
Donalarning nisbiy kuchi
Shaxmat taxtasidagi kurash – raqiblarning bir-biriga hujum
qilishi va hujumdan himoyalanish tarzida davom etadi. Ana
shunday hujum qilish hamda himoyalanish
paytida donalar
almashtirib turiladi va natijada, ustunlikka erishgan tomon g‘alaba
qiladi. Demak, donalarni almashtirishdan oldin ularning bir-biriga
nisbatan kuchini bilish kerak. Aks holda,
almashtirish yordamida
foyda qilaman deb zarar ko‘rish mumkin.
Ma’lumki, donalar qanchalik harakatchan bo‘lsa, ularning
kuchi ham shunchalik zo‘rayadi.
Lekin shuni aytish kerakki,
donalarning bir-biriga nisbatan kuchi hamma vaqt ham bir xil
bo‘lavermaydi. Shaxmat o‘yinida
donalarning quyidagi qiymat
birligi mavjud:
1.
Farzin – 9 ball.
2.
Rux – 5 ball.
3.
Fil – 3 ball.
Do'stlaringiz bilan baham: