1. шахмат pra indd


O‘yinning boshlanish qismi


Download 41.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/57
Sana02.12.2023
Hajmi41.93 Kb.
#1779579
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57
Bog'liq
12896 2 C08F5638F773633B1F80E105C7BDECF5860CF427 (2)

O‘yinning boshlanish qismi 
Shaxmat o‘yinidagi debyut yurishlar asosan 1. e2–e4 va 1. d2–
d4 tarzida uchraydi. Ular ortidan esa yengil sipohlar – otlar va fillar 
tezroq o‘yinga chiqariladi. 
Otlar uchun eng harakatchan xonani to‘g‘ri tanlash ham 
muhim. Bular – f3 va s3 xonalaridir. 
Sipohlarni qulay xonalarga joylashtirishda kechikish 
mag‘lubiyatga yetaklashi mumkin. Maydonda qancha ko‘p sipoh 
bo‘lsa, o‘yin shuncha qiziqarli bo‘ladi. Shuning uchun bir sipoh 
bilan bir necha marta yurmaslik kerak. 
Muhimi shohingiz xavfsizligini ta’minlashni, ya’ni imkon 
qadar tezroq rokirovka qilishni unutmang! 
Keyingi rejalar og‘ir sipohlar – farzin va ruxlarni qulay 
xonalarga joylashtirishdan iborat bo‘ladi. 
Debyutlar odatda, 8–12 yurishni o‘z ichiga oladi. 
Har bir debyutning o‘z nomi bor. Masalan: “Italyancha 
partiya”, “Ispancha partiya”, “Fransuzcha himoya”, “Sitsiliancha 
himoya” ... va hokazo. 
Mahoratli shaxmatchi bo‘lish uchun ko‘proq debyutlarni 
bilish kerak. Lekin, muhimi o‘yin boshidagi asosiy qoidalarga amal 
qilish va qo‘llashdir. Shaxmatchining malakasi oshgan sayin o‘z 
o‘yin uslubiga xos bo‘lgan debyutlarni mukammalroq o‘rganishi 
talab etiladi. 
Bundan tashqari debyutda o‘yinga chiqarilgan sipohlarning 
hujumga tayyorligini hisobga olib, ular yordamida kombinatsiyalar 
va faol yurishlarni amalga oshirish yo‘llarini izlab topish kerak. 
Yuqorida aytib o‘tilgan fikrlarga asoslanib quyidagicha xulosa 
chiqarish mumkin. 
Debyutda asosan uchta qoidaga amal qilish kerak: 
1. 
Markazni egallash. 
2. 
Engil figuralarni o‘yinga chiqarish. 


96 
3. 
Tezroq rokirovka qilish. 
O‘yinning boshlanishi uch qoidaga amal qilingan holda 
boshlansa, taxtada yaxshi vaziyat yuzaga keladi. 

Download 41.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling