1. шахмат pra indd


“Yo‘lda urib olish” qoidasi shunday ifoda etiladi


Download 41.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/57
Sana02.12.2023
Hajmi41.93 Kb.
#1779579
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57
Bog'liq
12896 2 C08F5638F773633B1F80E105C7BDECF5860CF427 (2)

“Yo‘lda urib olish” qoidasi shunday ifoda etiladi: agar 
piyoda dastlabki holatidan ikki xonaga yursa va shu bilan raqib 
piyodasi zarbasi ostida bo‘lgan xonani bosib o‘tsa, unda raqibning 
piyodasi yo‘li ochiq piyodani yutib olish huquqiga ega (20- rasm). 
Piyodaning yana bir xususiyati qiziqarli: u oxirgi qatorga yetib 
borsa, (oqlarniki sakkizinchiga, qoralarniki birinchiga) yurish 
chegarasi tugaydi va piyoda – farzinga, ruxga, filga yoki otga 
“aylanadi”. Piyoda o‘rniga yangi shohni qo‘yish mumkin emas. Bu 
shaxmat o‘yini qoidasiga zid (21- rasm): 
 
21- rasm 
 
Oxirgi qatorga yetib borgan piyodani qaysi sipoh deb e’lon 
qilish, 
taxtada 
qaysi 
sipoh 
borligidan 
qat’iy nazar 


77 
o‘ynovchining xohishiga bog‘liq. Shuning uchun taxtada 
nazariy jihatdan 9 tagacha farzin bo‘lishi mumkin. Shuningdek, 
rux, fil va otlarning soni ham cheklanmagan. Oq piyoda o‘rniga 
oq, qora piyoda o‘rniga esa albatta, qora sipoh qo‘yiladi. 
Piyodalar, odatda so‘nggi qatorga yetganda eng kuchli 
sipoh 
– farzinga aylanadi. Lekin shunday vaziyatlar bo‘ladiki, 
farzin o‘rniga boshqa sipoh, masalan: rux, fil yoki otni qo‘yish 
foydaliroq. 
Piyoda sipohlarning barchasidan kuchsiz. Shunday 
bo‘lsada, mashhur fransuz shaxmatchisi Fransua Filidor 
piyodalarga shunday ta’rif bergan: “piyodalar – shaxmatning 
jonidir”. 
Shohni yashirish – rokirovka 
Donalarning harakatlanish qoidalari bilan tanishib 
chiqdik. Lekin shaxmat o‘yinida yana bir o‘ziga xos yurish 
mavjud. Bu katta jang arafasida shohni yashirish, ya’ni 
“rokirovka” qilish qoidasidir. 
Rokirovkada bir yo‘la ikki sipoh – shoh va rux bilan yurish 
imkoniyati beriladi. Rokirovkani tomonlar o‘yinda faqat bir 
martadan qo‘llashlari mumkin. Ma’lumki, shoh o‘yin boshida 
markaziy yo‘lda joylashgan bo‘ladi. Uni qanot (flang)lardan 
biriga, ya’ni xavfsiz joyga olib o‘tish maqsadga muvofiq. 
Rokirovka shu maqsadda qo‘llaniladi. 

Download 41.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling