1. шахмат pra indd
Download 41.93 Kb. Pdf ko'rish
|
12896 2 C08F5638F773633B1F80E105C7BDECF5860CF427 (2)
70 Farzin Farzin – shaxmat sipohlari ichida eng kuchlisi. Chunki u harakatchan va epchil dona. Yozuvda qisqacha Fz harfi bilan belgilanadi. Farzin ham shoh singari yurishi va yutishi mumkin. Lekin farq shundaki, shohning harakat doirasi faqat yon qo‘shni kataklar bilan chegaralansa, farzin shu yo‘nalishlar bo‘yicha istalgan kataklarga yura oladi. 8– rasmdagi vaziyatda shohning o‘rniga farzinni qo‘yib ko‘ramiz. Shoh bu xonadan 8 ta katakka yurishi mumkin edi. Farzin esa bir yo‘la 27 ta katakka yurish imkoniyatiga ega (14- rasm). Demak, farzin shohga nisbatan ancha tezkor! U uzoqdagi raqib donalarini ham bemalol yuta oladi. 14- rasm Farzin – vertikal, gorizontal va diagonal bo‘ylab xohlagan katakkacha yura oladi. 71 Rux Rux – faqat vertikal va gorizontal bo‘ylab to‘g‘ri yuruvchi sipohdir. Yozuvda qisqacha R harfi bilan belgilanadi. 15-rasmda ruxning harakatlanish imkoniyatlari ko‘rsatilgan. Bo‘sh taxtaning qaerida turganligidan qat’i nazar, rux 14 ta xonaga yurishi mumkin. Rux farzindan deyarli ikki barobar kuchsiz, chunki u qiya yo‘laklar bo‘ylab (farzin singari) yurish huquqidan mahrum. Biroq ikki rux hamjihatlikda yolg‘iz farzindan kuchliroq hisoblanadi. 15- rasm Fil Fil – diagonal bo‘ylab harakatlanuvchi engil sipoh hisoblanadi. Yozuvda qisqacha F harfi bilan belgilanadi. e5 xonasidagi fil faqat a1–h8 va h2–b8 qiya yo‘laklari bo‘ylab istalgan xonaga yurish huquqiga ega (16- rasm). Raqiblarda o‘yin paytida 2 tadan fil bo‘lib, bulardan biri oq kataklar bo‘ylab, ikkinchisi esa qora kataklar bo‘ylab yuradi. Oq xonalar bo‘yicha yuruvchi fil – oq fil deb ataladi. Qora xonalar bo‘yicha yuruvchi fil esa – qora fil deb ataladi. 72 16- rasm 11- rasmdagi vaziyatda e5 xonasidagi fil faqat qora xonalar bo‘ylab yura oladi. Markazda turgan fil 13 ta xonaga yurish imkoniyatiga ega. Burchakda turgan fil esa faqat 7 ta katakka yura oladi. Yuqorida keltirilgan misollardan shunday xulosa chiqarish mumkin: markaziy xonalarda joylashgan har qanday sipoh – chekka xonalardagi sipohdan kuchliroq. Download 41.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling